Turdibaev Abduvali Abdujalolovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Texnik chigitdan paxta moyi olishning energiya samarador elektrotexnologiyasi», 05.05.07 – Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T1836.
Ilmiy  rahbar: [Radjabov Abduraxman], texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institututi, DSc.03/30.12.2019.T.10.01.
Rasmiy opponentlar: Yusubaliev Ashirboy, texnika fanlari doktori, professor; Toirov Olimjon Zurovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo texnologiyalari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi chigitga elektrofizik ta’sir etish orqali paxta moyini olishning energiya samarador elektrotexnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnik chigitdan paxta moyi olishda chigit mag‘zining yanchilmasiga elektr impulsli ishlov berish asosida moy chiqish miqdorini ko‘paytiradigan energiya samarador elektrotexnologiya ishlab chiqilgan;
moy olinadigan chigit yanchilmasiga elektr impul`sli ishlov berish orqali moy chiqish miqdorini oshiradigan elektrotexnologik jarayonning rejimlari aniqlangan va optimal parametrlari asoslangan;
paxta chigitidan moy ishlab chiqaradigan texnologik liniya uchun elektr impul`sli ishlov berish uskunasi ishlab chiqilgan;
elektr impul`sli ishlov berish usulida qurilmaning kondensator sig‘imi va impul`slar soniga bog‘liq holda chigit hujayralari va to‘qimalarining shikastlanish darajasi aniqlangan;
chigit yanchilmasidan olinadigan moy miqdorini oshirish uchun presslash jarayonida yanchilmaga elektr impul`sli ishlov beradigan qurilma parametrlari va moy chiqish miqdori orasidagi bog‘liqliklar hamda moy olish texnologik jarayonining energiya samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Texnik chigitdan paxta moyi olishning energiya samarador elektrotexnologiyasi bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
texnik chigitdan paxta moyi olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (“Texnik chigitdan paxta moyi olish usuli”, №IAP 06223-2020 y.). Natijada, chigit mag‘zining yanchilmasiga elektr impulsli ishlov berib, moy olish miqdorini oshirish va elektr energiyasi sarfini kamaytirish imkonini beradigan texnologiya va uskunani ishlab chiqish imkoni yaratilgan; 
chigit mag‘zining yanchilmasiga elektr impulsli ishlov berib, moy olish texnologiyasi “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasiga qarashli “Toshkent yog‘-moy” AJ moy ekstraksiya zavodida joriy etilgan (“O‘zyog‘moysanoat” uyushmasining 2020 yil 6 iyuldagi OZ/3-755-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnik chigitdan paxta moyi olishda mavjud texnologiyaga nisbatan presslash jarayonida olinadigan moy miqdorini 4,5-5% ga oshirish imkonini bergan;
paxta chigitidan moy ishlab chiqaradigan texnologik liniya uchun elektr impul`sli ishlov berish uskunasi “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasiga qarashli “Toshkent yog‘-moy” AJ moy ekstraksiya zavodida joriy etilgan (“O‘zyog‘moysanoat” uyushmasining 2020 yil 6 iyuldagi OZ/3-755-son ma’lumotnomasi). Natijada, chigitdan moy olish jarayonida elektr energiyasi sarfini 35% ga kamaytirish imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish