Allanova Azizaxon Avazxonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish uchun javobgarlik: jinoyat-huquqiy va kriminologik muammolar», 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Yu287.
Ilmiy rahbar: Salaev Nodirbek Saparbaevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Kabulov Rustam, yuridik fanlar doktori, professor; Maxkamov Otabek Muxtarovich, yuridik fanlar doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy texnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish jinoyati tarkibini kompleks tahlil qilish, mazkur jinoyatning ob’ektiv va sub’ektiv belgilari mazmun-mohiyatini tushunishga nisbatan to‘g‘ri ilmiy yondashuvni ishlab chiqish, unga doir jinoyat-huquqiy normalarni qo‘llanishi bo‘yicha normativ-huquqiy baza, tergov va sud amaliyotini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzganligi uchun jinoiy javobgarlikni dekriminalizatsiya qilish zarurligi asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzganligi sababli O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqarib yuborilgan chet el fuqarosini O‘zbekiston Respublikasiga kirishi bir yildan uch yilgacha cheklanishi zarurligi asoslangan;
ehtiyotsizlik oqibatida, noilojlikdan yoki o‘z erkiga bog‘liq bo‘lmagan tarzda O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasini kesib o‘tish tartibini buzganlik jinoyat tarkibini tashkil etmasligi asoslangan;
faqatgina xorijiy mamlakatlarga chiqishi maxsus kelishuvni talab qiladigan mansabdor shaxslargina Jinoyat kodeksi 223-moddasi 2-qismi «g» bandida nazarda tutilgan jinoyatning sub’ekti bo‘lishi lozimligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirishning jinoyat-huquqiy jihatlariga doir masalalarni tadqiq etishning ilmiy natijalari asosida:
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 224-moddasini qonundan chiqarish bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzish jinoyatini dekriminalizatsiya qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Qonunchilik va sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2020 yil 15 iyundagi 5/4-15-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha bo‘lish qoidalarini buzganligi uchun javobgarligini liberallashtirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzganligi sababli O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqarib yuborilgan chet el fuqarosini O‘zbekiston Respublikasiga kirishi bir yildan uch yilgacha cheklanishi zarurligi haqidagi taklifdan Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 21 noyabrdagi 408-son Qarori bilan tasdiqlangan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarining yangi tahririni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2020 yil 14 iyuldagi 12/20-9-son ma’lumotnomasi). Ushbu qoidalarning yangi tahriri Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 oktyabrdagi 845-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi qoidalariga qat`iy rioya qilishiga xizmat qilgan;
ehtiyotsizlik oqibatida, noilojlikdan yoki o‘z erkiga bog‘liq bo‘lmagan tarzda O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasini kesib o‘tish tartibini buzganlik jinoyat tarkibini tashkil etmasligi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016 yil 29 iyuldagi 13-sonli qarorini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011 yil 25 noyabrdagi 9-sonli «O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasini kesib o‘tish tartibini buzishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida»gi qarorining 2 va 10-bandlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2020 yil 5 iyundagi №PL 25-20-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif yuqoridagi vaziyatda shaxsning O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasini kesib o‘tishi jinoyat emasligi va javobgarlikka tortilmasligiga xizmat qilgan;
faqatgina xorijiy mamlakatlarga chiqishi maxsus kelishuvni talab qiladigan mansabdor shaxslargina Jinoyat kodeksi 223-moddasi 2-qismi «g» bandida nazarda tutilgan jinoyatning sub’ekti bo‘lishi lozimligi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining «O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasini kesib o‘tish tartibini buzishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida»gi qarorining 2 va 10-bandlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2020 yil 5 iyundagi №PL 25-20-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif sud amaliyotini yaxshilashga va JK 223-moddasi 2-qismi «g» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxsga jazo tayinlash, qonunda uning maxsus sub’ekt sifatida belgilanishiga xizmat qilgan.