Kamilova Nodira Gayratovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xulqi og‘ishgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari resotsializatsiyasining psixologik xususiyatlari”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Psi12.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedgogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Safaev Nuriddin Salixovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Axmedova Soraxon Tolibjonovna, yuridik fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy.
II. Tadqiqotning maqsadi xulqi og‘ishgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan muassasalar tarbiyalanuvchilarini resotsializatsiyalash jarayonini fenomen sifatida tadqiq etish va psixologik-pedagogik modelini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maxsus muassasalar tarbiyalanuvchilarini resotsializatsiyalashning dastlabki bosqichida ijtimoiy moslashuv va ijtimoiy kompetentlikning (kognitiv, emotsional, axloqiy) rivojlanmaganligi ularning deviant xulq-atvori va huquqbuzarlik sodir etishiga olib keluvchi sabab ekani asoslangan;
voyaga etmaganlar xulqining og‘ishganlik darajasiga baho berish va qayta moslashuvningindividualtiklash texnologiyasini tanlash,xulqiy buzilishlarning psixologik profilaktikasini ishlab chiqish imkonini beruvchi mezonlar (kognitiv, shaxsiy-emotsional, axloqiy) asoslab berilgan;
xulqi og‘ishgan o‘smir va o‘spirinlarning disotsializatsiyasining (qadriyatli-mazmunli, shaxsiy-emotsional va axloqiy) omillari shaxs moslashuv mexanizmlarini shakllantirish va resotsializatsiyasining asosini tashkil etishi isbotlangan;
voyaga etmaganlar ressotsializatsiyalash dasturi samaradorligining asosi sifatida ekzistensial gumanistik strategiyaga asoslangan paradigmal yondashuvni amaliyotga tatbiq etish zarurligi asoslab berilgan;
fenomen sifatida resotsializatsiya jarayoni va uning tarkibiy elementlari (bosqich va mexanizmlari) “huquqbuzarliklar profilaktikasi”ning asosi ekanligi asoslangan;
resotsializatsiyaning har bir bosqichida tarbiyalanuvchilar moslashuvida sifat o‘zgarishlar mexanizmlari (hayotiy-mazmuniy orientatsiya, qadriyatli orientatsiyalar, emotsional intellekt, konstruktiv “Men-konsepsiya”, frustratsion tolerantlik, nazoratning internal lokusi) bilan bog‘liqlikda ro‘y beradigan ijobiy o‘zgarishlar yoshlar o‘rtasida disotsializatsiya ko‘rinishlarining qisqarishiga xizmat qilishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Deviant ahloqli bolalar uchun ixtisoslashtirilgan muassasalar tarbiyalanuvchilari resotsializatsiyasining pedagogik-psixologik xususiyatlarini o‘rganish asosida:
maxsus muassasalarda tarbiyalanuvchilar resotsializatsiyasining dastlabki bosqichida ijtimoiy moslashuvi va ijtimoiy kompetentlikning (kognitiv,emotsional, axloqiy)rivojlanmaganligi ularning tartibbuzarlik va deviant xulq-atvoriga olib keluvchi sabablari bilan bog‘liq takliflar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv Markazining 2020 yil 20 iyunidagi 01/157-sonli buyrug‘i bilan “Ijtimoiy himoyaga muhtoj va huquqiy jihatdan xatarli guruhga kiradigan bolalarning psixologik reabilitatsiyasini, jumladan, birlamchi va ikkilamchi profilaktika faoliyatini takomillashtirish” metodikasiga kiritilgan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv Markazining 2020 yil 20 iyunidagi 01/157-son ma’lumotnomasi). Bu o‘z navbatida voyaga etmagan huquqbuzarlarning dezadaptatsiya darajasini aniqlash va ichki psixologik resurslarga tayanib, tarbiyalanuvchini resotsializatsiyalash va moslashtirishning individual texnologiyasini ishlab chiqish, shuningdek, yoshlar xulqidagi buzilishlarni psixologik profilaktikalash imkonini beradigan (kognitiv, shaxsiy-hissiy, xulqqa oid) mezonlar tizimini ishlab chiqishga asos bo‘ldi. Ushbu mezonlarning inobatga olinishi va RBIMM ishlanmasiga kiritilishi reabilitatsiya markazi va uning filiallariga murojaat qilgan voyaga etmagan huquqbuzarlar bilan korreksion faoliyatni manzilli (kognitiv, shaxsiy-emotsional, motivatsion-axloqiy sohalarni zaiflashganiga ko‘ra) amalga oshirish orqali resotsializatsiya sifatini ta’minlagan;
voyaga etmaganlar xulqining og‘ishganlik darajasiga baho berish va qayta moslashuvning individual tiklash texnologiyasini tanlash, xulqiy buzilishlarning psixologik profilaktikasini ishlab chiqish imkonini beruvchi (kognitiv, shaxsiy-emotsional, axloqiy) mezonlar asosida yaratilga resotsializatsiya moduli O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2018 yil 12 iyulidagi 01-16/249-sonbuyrug‘iga asosan huquqbuzarlikni profilaktika qilish bo‘yicha inspektorlarning amaliy faoliyati jarayoniga joriy qilingan va O‘zbekiston Respublikasining 2010 yil 29 sentyabridagi “Voyaga etmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunning ilmiy-uslubiy asosini tashkil etgan. Xususan, ushbu Qonunning (13, 14, 20, 21, 22, 23, 24-moddalari) me’yorlariga muvofiq qonunbuzarlikni profilaktika qilishning asosiy vazifalari sifatida amaliyotga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2018 yil 12 iyuldagi 01-16/249-sonli ma’lumotnomasi). Shu bilan bir qatorda ishlab chiqilgan va sinovdan o‘tkazilgan dastur PZ-20170928676 raqamli «O‘zbekiston uyushmagan yoshlarida mafkuraviy immunitetni shakllantirishning ilmiy-amaliy asoslarini takomillashtirish» (2018-2020 yy.) nomli amaliy loyiha doirasida tayyorlangan “O‘zbekiston uyushmagan yoshlarida ma’naviy ongni shakllantirish” nomli uslubiy qo‘llanmaga kiritilgan. Mazkur dasturning joriy etilishi natijasida ichki ishlar profilaktika inspektorlari tomonidan birlamchi va ikkilamchi huquqbuzarlik profilaktikasining samaradorligini oshirish va huquqbuzarlik statistikasini qisqartirishga erishilgan;
xulqi og‘ishgan o‘smir va o‘spirinlarning disotsializatsiyasining (qadriyatli-mazmunli, shaxsiy-emotsional va axloqiy) omillari shaxs moslashuv mexanizmlarini shakllantirish va resotsializatsiyasining asosini tashkil etishi bilan bog‘liq takliflar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug‘i bilan nashrga tavsiya etilgan “Xulqi og‘ishgan bolalar psixologiyasi” nomli darsligining “Deviant axloq intervensiyasi” bobi mazmuniga singdirilgan va Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv Markazining 2020 yil 20 iyunidagi 01/157-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy himoyaga muhtoj va huquqiy jihatdan xatarli guruhga kiradigan bolalarning ijtimoiy moslashmaganligi va xulqi og‘ishish darajasini differensial psixodiagnostika va psixokorreksiya qilish” metodikasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 25 avgustdagi 418-son buyrug‘iga asosan berilgan 1023-068-raqamli guvohnoma va Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv Markazining 2020 yil 20 iyunidagi 01/157-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi voyaga etmaganlarda ijtimoiy moslashishdagi qiyinchiliklarni erta diagnostika qilish va differensial yondashuvni ta’minlab, huquqbuzarlikning erta profilaktikasini samarali yo‘lga qo‘yish imkonini bergan. Shu bilan birga darslikdagi materiallar “Deviantologiya asoslari” fani bo‘yicha Davlat ta’lim standarti va malaka talablari mazmuniga singdirilgan. Mazkur darslikning qo‘llanilishi natijasida bo‘lajak amaliyotchi psixologlarda birlamchi va ikkilamchi prevensiyani amalga oshirish ko‘nikmalari shakllanishining ilmiy amaliy asoslari yaratilgan;
voyaga etmaganlar ressotsializatsiya dasturini samaradorligining asosi sifatida ekzistensial gumanistik strategiyaga asoslangan paradigmal yondashuvni amaliyotga tatbiq qilinayotgan ma’lumotlar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv Markazining 2020 yil 20 iyunidagi 01/157-son buyrug‘i bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj va huquqiy jihatdan xatarli guruhga kiradigan bolalar bilan reabilitatsiya faoliyatiningyangi yo‘nalishlarini belgilashda (qadriyatli-mazmunli, shaxsiy-emotsional va axloqiy komponentlarga asoslangan holda) va muassasa pedagog-tarbiyachi xodimlarida tarbiyalanuvchilar bilan ishlash kompetensiyasini shakllantirish metodikasiga kiritilgan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv Markazining 2020 yil 20 iyunidagi 01/157-son ma’lumotnomasi). Shu bilan birga, “Ijtimoiy himoyaga muhtoj va huquqiy jihatdan xatarli guruhga kiradigan bolalar bilan reabilitatsiya faoliyatini yangi yo‘nalishlari”ga oid materiallar asosida “Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya” darsligi ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 27 martdagi 274-son buyrug‘i, 274-295 raqamli guvohnoma). Natijada, ta’lim sohasi uchun tayyorlanadigan psixologlarning kasbiy ahamiyatli tayanch kompetensiyalarni shakllantirish hamda kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish sohasida sifat jihatdan o‘sishga erishildi. Mazkur takliflar respublikaning 4 ta xulqi og‘ishgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi amaliyotida qo‘llanib,uslubiy ta’minotning takomillashtirilishi, tarbiyalanuvchilarda residiv huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qilgan;
fenomen sifatida resotsializatsiya jarayoni va uning tarkibiy elementlari (bosqich va mexanizmlari) “huquqbuzarliklar profilaktikasi”ning asosi ekanligigaoid takliflar “Xulqi og‘ishgan bolalar psixologiyasi” darslik(Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 fevraldagi 51-son buyrug‘i 1496 raqamli guvohnoma) mazmuniga kiritilgan. Mazkur o‘quv qo‘llanmani qo‘llash natijasida ta’lim sohasi uchun tayyorlanadigan psixologlarning kasbiy ahamiyatli tayanch kompetensiyalarni shakllantirish hamda kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish sohasida sifat jihatdan o‘sishga erishildi. Mazkur ilmiy yangilik Markazning 2020 yil 1 iyundagi 6-sonli buyrug‘i bilan “Ijtimoiy himoyaga muhtoj va huquqiy jihatdan xatarli guruhga kiradigan bolalar bilan reabilitatsiya faoliyatining yangi yo‘nalishlarini belgilash (qadriyatli-mazmunli, shaxsiy-emotsional va axloqiy komponentlarga asoslangan holda)” va muassasa pedagog-tarbiyachi xodimlarida tarbiyalanuvchilar bilan ishlash kompetensiyasini shakllantirish metodikasiga kiritildi;
resotsializatsiyaning har bir bosqichida tarbiyalanuvchilar moslashuvida sifat o‘zgarishlar mexanizmlari (hayotiy-mazmuniy orientatsiya, qadriyatli orientatsiyalar, emotsional intellekt, konstruktiv “Men-konsepsiya”, frustratsion tolerantlik, nazoratning internal lokusi) bilan bog‘liqlikda ro‘y beradigan ijobiy o‘zgarishlar yoshlar o‘rtasida desotsializatsiya ko‘rinishlarining qisqarishiga xizmat qilishi bilan bog‘liq holda ijobiy o‘zgarishlarga oid takliflar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv Markazining 2020 yil 20 iyundagi 01/157-sonli buyrug‘i bilan “Ijtimoiy himoyaga muhtoj va huquqiy jihatdan xatarli guruhga kiradigan bolalarning psixologik reabilitatsiyasini, jumladan, birlamchi va ikkilamchi profilaktika faoliyatini takomillashtirish” metodikasiga kiritilgan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv Markazining 2020 yil 20 iyundagi 01/157-sonma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy ma’lumotlarning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida ekzistensial gumanistik paradigma nuqtai nazaridan tarbiyalanuvchilarni moslashtirish va resotsializatsiyalash sistemogenezining (bosqichlari, mazmuni va mexanizmlari), «huquqbuzarliklar profilaktikasi» tizimli tushunchasini shakllantirish usullari, shuningdek, tarbiyalanuvchilarni moslashtirish va resotsializatsiyalashga ta’sir ko‘rsatadigan psixologik va pedagogik shart-sharoitlar xarakteri haqida shakllantirilgan ilmiy tasavvurlar, resotsializatsiyaning har bir bosqichida tarbiyalanuvchilarda ijtimoiy moslashuvga oid bilim va malakalarni amaliyotchi psixologlarning huquqbuzarlik psixoprofilaktikasiga oid kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirishga erishilgan.