Hotamov Komil Rabbimovichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bilvosita soliqlar hisobi, tahlili va auditini takomillashtirish» 08.00.07–«Moliya. Buxgalteriya hisobi» (iqtisodiyot fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /LA № 0000187/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.I74.

Ilmiy maslahatchi: Qurbanov Ziyat Niyazovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, Toshkent Irrigatsiya va melioratsiya instituti va Toshkent Moliya instituti, 1.07.2016.I.31.01.

Rasmiy opponentlar: Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Hasanov Bahodir Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Karimov Ne’matulla Fatxullaevich iqtisodiyot fanlari doktori.

Yetakchitashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotningmaqsadi: bilvosita soliqlar hisobi, tahlili va auditi metodologiyasini takomillashtirish borasida ilmiy-uslubiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

xalqaro yo‘nalishda tashishlar bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlarga nol` darajali stavkani qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘ining ortiqcha summasini qaytarish uchun asos bo‘luvchi qo‘shimcha hujjatlar tarkibi va ro‘yxatini soliq qonunchiligiga kiritish taklif qilingan;

mahsulotlar eksportini tasdiqlash, qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha nol` darajali stavkani qo‘llash, soliq solinadigan bazaga tuzatish kiritish va uning natijalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish taklifi ishlab chiqilgan;

qo‘shilgan qiymat solig‘iga ixtiyoriylik asosida o‘tish afzalligini hisoblash tartibi ishlab chiqilgan;

bilvosita soliqlar tahlilini tashkil etishda hisob-axborot manbalarini to‘plash va undan tahlil o‘tkazishda foydalanish tizimi yaratilgan;

bilvosita soliqlar auditida aniqlangan kamomad va mol-mulkning hisobdan chiqarilishi auditini o‘tkazish tartibi bo‘yicha takliflar asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Bilvosita soliqlar hisobi, tahlili va auditini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:

xalqaro yo‘nalishda tashishlar bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlarga nol` darajali stavkani qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘ining ortiqcha summasini qaytarish uchun asos bo‘luvchi qo‘shimcha hujjatlar tarkibi va ro‘yxati soliq qonunchiligiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2016 yil 19 oktyabrdagi 16/7-23250-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif bugungi kunda amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining  «Soliq to‘lovchilarga nol` darajali stavkani qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘ining ortiqcha summasini bankdagi hisob varag‘iga qaytarish tartibi to‘g‘risida»gi nizomda o‘z aksini topgan. Natijada soliq to‘lovchilarda hisob-kitob engillashdi, davlat soliq xizmati organlariga xalqaro yo‘nalishda tashishlar bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini nol` darajali stavkasini qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan ortiqcha summasini qaytarish tartiblari osonlashdi va taklifni qo‘llash samaradorligining yillik ko‘rsatkichi  o‘rtacha 2,2 mlrd so‘mni tashkil etdi;

bilvosita soliqlar hisobi, tahlili va auditini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar va amaliy tavsiyalar «O‘zqurilishmateriallari» AK tomonidan amaliyotga tatbiq etilgan («O‘zqurilishmateriallari» AKning 2016 yil 2 iyundagi  07-1/5-85-son ma’lumotnomasi), jumladan:

mahsulotlar eksportini tasdiqlash, qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha nol` darajali stavkani qo‘llash, soliq solinadigan bazaga tuzatish kiritish va uning natijalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish joriy qilingan. Mazkur taklifning «O‘zqurilishmateriallari» AK tizimidagi korxonalarda bilvosita soliqlar hisobini tashkil etish jarayoniga tatbig‘i natijasida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha byudjet bilan hisob kitoblardagi noaniqlik bartaraf etilib, taklif qilingan buxgalteriya provodkalarini tizim korxonalari tomonidan qo‘llanilishi natijasida byudjetga (2016 yil birinchi chorak uchun hisob-kitob) 22 mln so‘m ortiqcha to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i mavjudligi aniqlandi hamda ortiqcha soliq summasi boshqa soliq turlaridan qarzdorlikni qoplashga yo‘naltirildi;

avtomatlashtirilgan soliq auditini o‘tkazish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif asosida buxgalteriya hisobi avtomatlashtirilgan dasturiga kiritilishi hamda har bir schyot-faktura to‘ldirilganda avtomatik ravishda QQSning soliq solinadigan bazasi shakllantirib borilishi, qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha schyot-fakturalarni shakllantirish hamda qo‘shilgan qiymat va aksiz soliqlari hisobotini tuzish vaqti oldingi oylarga qaraganda 5 kunga qisqarishiga olib keldi;

qo‘shilgan qiymat solig‘iga ixtiyoriylik asosida o‘tish tartibini takomillashtirish taklifining tizim korxonalariga tatbig‘i natijasida qo‘shilgan qiymat solig‘iga ixtiyoriylik asosida o‘tgan 7 ta korxonaning mazkur tizimga o‘tishi ularning moliyaviy natijasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmayotganligi aniqlandi hamda ixtiyoriylik asosida QQS to‘lashdan voz kechildi. Buning natijasida mazkur korxonalar tomonidan byudjetga to‘lanadigan 106 mln so‘m mablag‘ tejab qolindi;

qo‘shilgan qiymat solig‘ini ixtiyoriylik asosda to‘lash afzalligi va kamchiliklarini hisoblash formulasini amaliyotda qo‘llash asosida tizimdagi 5 ta korxonaga ixtiyoriylik asosida qo‘shilgan qiymat solig‘iga o‘tgan. Buning natijasida 80 mln so‘m atrofida mablag‘ korxonalar ixtiyorida qoldirildi.

mahsulotlar eksportini tasdiqlash, aksiz va qo‘shilgan qiymat soliqlari soliq solinadigan bazasiga tuzatish kiritish, mol-mulk moliyaviy ijaraga berilishini soliq hisobi schyotlar tizimi orqali aks ettirish taklifi berilgan (O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi 2016 yil 28 iyundagi №68 dalolatnoma). Taklifning amaliyotda qo‘llanilishi natijasida bilvosita soliqlar bo‘yicha byudjet bilan hisob-kitoblardagi noaniqlik bartaraf etilib, taklif qilingan buxgalteriya provodkalarni korxonalar tomonidan qo‘llanilishi natijasida hisob-kitoblardagi chalkashlik va xatoliklarni oldi olinadi, buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish hamda soliq hisobotlarini shakllantirishga ketadigan vaqt tejalishiga olib keladi.

inventarizatsiya natijasida aniqlangan kamomad va mol-mulkning hisobdan chiqarilishi auditini takomillashtirish bo‘yicha taklif berilgan (O‘zbekiston auditorlar palatasining 2016 yil 16 iyundagi №83/03 dalolatnoma). Mazkur taklifning soliq qonunchiligida o‘z aksini topishi auditorlar tomonidan aniqlangan kamomad va mol-mulkni hisobdan chiqarish to‘g‘risida asosli auditorlik xulosalari shakllantirilishini ta’minlaydi.

Bilvosita soliqlar hisobi va soliq qonunchiligini takomillashtirishga oid takliflar qonunchilikni takomillashtirish maqsadida qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2016 yil 7 yanvardagi №220/441 dalolatnoma).

Yangiliklarga obuna bo‘lish