Rashidov Yusuf Karimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘z-o‘zini tartibga soluvchi faol elementlardan foydalanish orqali quyoshli issiqlik ta’minoti tizimlarining samaradorligi va ishonchliligini oshirish», 05.09.03 –Issiqlik ta’minoti. Ventilyasiya, kondisionerlash. Gaz ta’minoti va yoritish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/T91.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, DSc.26/30.12.2019.T.11.01.
Rasmiy opponentlar: Uzoqov G‘ulom Norboevich,texnika fanlari doktori, professor; Boboev Sobirjon Muradullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Abbasov Yorkin Sadikovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘z-o‘zini tartibga soluvchi faol elementlardan foydalanish asosida samaradorligi va ishonchliligi yuqori bo‘lgan quyosh energiyasida ishlovchi oddiy issiqlik ta’minoti tizimlarini yaratish va loyihalashning nazariy va eksperimental asoslarini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘z-o‘zini tartibga soluvchi faol elementlardan foydalanish asosida quyoshli issiqlik ta’minoti tizimlarida sodir bo‘ladigan o‘z-o‘zini tartibga soluvchi issiqlik va gidrodinamik jarayonlarning samaradorligi va ishonchliligini oshirishning muqobil usuli ishlab chiqilgan;
geliotizimlarida o‘zi-o‘zini boshqarish effektlari paydo bo‘lishini hisobga olgan holda o‘z-o‘zini tartibga soluvchi faol elementlarni yaratishning ilmiy va muhandislik asoslari ishlab chiqilgan;
muvozanatsiz issiqlik va gidrodinamik jarayonlarni hisobga olgan holda faol elementlarda sodir bo‘ladigan bistabillik va bifurkasiya shartlari aniqlangan;
Venturi quvuri shaklidagi o‘z-o‘zini tartibga soluvchi faol elementga ega bo‘lgan o‘z-o‘zini drenaj qiladigan geliokonturining gidrodinamik qonuniyatlari aniqlangan;
perforatsiya qilingan suv taqsimlash va suv qabul qilish kollektorlari uchun Arximed kuchlarining xarakatini hisobga olgan holda o‘z-o‘zini tartibga soluvchi faol elementlarning fizikaviy-matematik modeli ishlab chiqilgan;
o‘z-o‘zini tartibga soluvchi termosifonli geliokontur faol elementining geometrik o‘lchamini quyosh radiatsiyasi, tashqi muhit harorati, quyosh kollektorining turiga bog‘liqligini ifodalovchi fizikaviy-matematik modeli ishlab chiqilgan;
o‘z-o‘zini tartibga soluvchi faol elementlar va ular asosida quyosh issiqlik ta’minoti tizimlarini muhandislik hisoblash usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘z-o‘zini tartibga soluvchi faol elementlardanfoydalanish asosidagi quyoshli issiqlik ta’minoti tizimlarning samaradorligi va ishonchliligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan o‘z-o‘zini drenaj qiluvchi gelioqurilmalar, stratifikatsiyali akkumulyatorlar va termosifon geliokonturlarning faol elementlarini loyihalash uchun me’yoriy hujjatlarga o‘zgartirishlar va tavsiyalar kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2020 yil 27 iyuldagi 09-06/5892-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston iqlimiy sharoitida samaradorligi 30% gacha oshirilgan oddiy va 20% gacha arzonlashtirilgan gelioqurilmalarni loyihalash uchun normativ bazasini yaratishga erishilgan;
quyoshenergiyasida ishlovchi issiq suv ta’minoti qurilmalariuchun yangi energiya tejamkorechimlarni loyihalash bo‘yicha Qo‘llanma yaratilgan (KMK2.04.16-2018 uchun)(O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2020 yil 27 iyuldagi 09-06/5892-son ma’lumotnomasi). Natijada, amalda bajariladigan loyihalarning energiya samaradorligini 30% gacha oshirishni ta’minlashga imkonini bergan;
quyosh qurilmasi bilan jihozlangan bir xonadonli 6 xonali turar-joy binosi; geliodush; issiq suv tayyorlaydigan geliogeneratorlar, issiq suv tayyorlaydiganmodul`turdagi avtonomquyosh qurilmalarning tajribaviy loyihalari ishlab chiqilgan va qurilgan (“ToshuyjoyLITI”AJning 2019 yil 23 oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, quyosh kollektorlariningumumiy maydoni 26 ming kv.m bo‘lgan 1,5 mingdan ortiq modullarni qurishga erishilgan;
issiq suv tayyorlaydigan geliogenerator, geliodushlar hamda "Shaxsiy turar-joybinolari uchun mavsumiy quyoshli issiq suv ta’minoti tizimlarning texnik echimlari"ningnamunaviy loyihalari ishlab chiqilgan (“ToshuyjoyLITI”AJning 2019 yil 23 oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, namunaviy loyihalarni amaliyotga joriy etishga imkonini bergan.