Utebaev Tajibay Tileumuratovichning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qoraqalpog‘istonda XX asr ikkinchi yarmi – XXI asr boshida ta’lim-tarbiyaviy fikrlarning rivojlanishi», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi va tarixi. Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: LA № 0000584.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.Ped35.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti, 14.07.2016.Ped/R.04.01 raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy maslahatchi: Aleuov Userbay, pedagogika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori; Raxmonqulova Nargiz Xodjiakbarovna, pedagogika fanlari doktori; Raximov Baxtiyor Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘istonda XX asr ikkinchi yarmi va XXI asr boshidagi ta’lim-tarbiyaviy fikrlarning rivojining ustuvor yo‘nalishlarini aniqlashtirish hamda ilg‘or pedagogik tajribalarni uzluksiz ta’lim tizimiga joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asrning ikkinchi yarmi va XXI asr boshida Qoraqalpog‘istonda ta’lim-tarbiyaviy fikrlar rivojining tarixiy taraqqiyot hamda madaniy hayot bilan bog‘liq etnik, milliy mentalitet va ma’rifatparvarlikka doir ijtimoiy-pedagogik xususiyatlari ochib berilgan;
Qoraqalpog‘istondagi XX asr oxiri va XXI asr boshidagi uzluksiz ta’lim tizimida olib borilgan islohotlarni baholashning umumdidaktik mezonining intellektual, amaliy yo‘naltirilganlik, sifat va raqobatbardoshlikni ta’minlash hamda xususiy-metodik mezonining aniq maqsadga yo‘naltirilganlik va refleksiyaga doir ko‘rsatkichlari aniqlashtirilgan;
mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘istonda ta’lim sohasini rivojlantirishning antropologik, aksiologik va akmeologik komponentlarini ta’lim-tarbiyaviy fikrlar taraqqiyotining ilg‘or tajribalariga asoslangan holda takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan;
Qoraqalpog‘istondagi XX asr ikkinchi yarmi XXI asr boshidagi ta’lim-tarbiyaviy fikrlarning milliy xususiyatlari, pedagogik g‘oyalar integratsiyasining shaxs va jamiyat rivojiga ta’sirini asoslashga doir tashkiliy-tuzilmali model` ishlab chiqilgan;
pedagogik voqelikni tizimli prognozlash asosida Qoraqalpog‘istonda ta’lim-tarbiyaviy fikrlar rivojlanishining istiqboldagi yo‘nalishlarini aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Qoraqalpog‘istonda XX asr ikkinchi yarmi XXI asr boshida ta’lim-tarbiyaviy fikrlar rivojlanishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar:
XX asrning ikkinchi yarmida va XXI asr boshida Qoraqalpog‘istonda ta’lim-tarbiyaviy fikrlar rivojining tarixiy taraqqiyot hamda madaniy hayot bilan bog‘liq etnik, milliy mentalitet va ma’rifatparvarlikka doir ijtimoiy-pedagogik xususiyatlari hamda islohotlarni baholashning umumdidaktik mezonining intellektual, amaliy yo‘naltirilganlik, sifat va raqobatbardoshlikni ta’minlash hamda xususiy-metodik mezonining aniq maqsadga yo‘naltirilganlik va refleksiyaga doir ko‘rsatkichlari oliy ta’lim tizimining pedagogika ta’lim sohasiga doir Davlat ta’lim standarti va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining malaka talablari («O‘zstandart» agentligining 2015 yil 23 fevralda 308-sonli qarori bilan tasdiqlanib, 36.1998-son raqam bilan Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) mazmuniga singdirilgan. Natijada talabalarning XX asrning ikkinchi yarmida va XXI asr boshida Qoraqalpog‘istonda ta’lim-tarbiyaviy fikrlar rivojini tizimli va uzviylik asosida o‘rganishlari, qiyosiy tahlil etish va xulosa chiqarish malakalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan istiqlol yillarida Qoraqalpog‘istonda ta’lim sohasini rivojlantirishning antropologik, aksiologik va akmeologik komponentlarini ta’lim-tarbiyaviy fikrlar taraqqiyotining ilg‘or tajribalariga asoslangan holda takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2010 yil 9 apreldagi «Uzluksiz ta’lim tizimini mazmunan modernizatsiyalash va ta’lim-tarbiya samaradorligini yangi sifat darajasiga ko‘tarish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida»gi 01-09/2-04/241-son Qarorining 4-, 5-, 6-bandlarida o‘z aksini topgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2016 yil 30 sentyabrdagi 03-04/9-09/675-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘istonda ta’lim sohasini davlat va nodavlat, xalqaro tashkilotlar hamkorligi va ta’lim dasturlari asosida rivojlantirish samaradorligi ortgan.
Qoraqalpog‘istondagi XX asr ikkinchi yarmi XXI asr boshidagi ta’lim-tarbiyaviy fikrlar rivojining milliy xususiyatlari, pedagogik g‘oyalar integratsiyasining shaxs va jamiyat rivojiga ta’sirini asoslashga doir tashkiliy-tuzilmali model hamda pedagogik voqelikni tizimli prognozlash asosida Qoraqalpog‘istonda ta’lim-tarbiyaviy fikrlar rivojlanishining istiqboldagi yo‘nalishlarini aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalar O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining ilmiy-texnik dasturlari bo‘yicha olib borilayotgan I1-XT-0-17222: «Qoraqalpoq milliymentalitetini o‘quvchi-yoshlarga singdirishda xalq pedagogikasi imkoniyatlaridan foydalanish» mavzusidagi amaliy loyihasi doirasida ta’lim amaliyotiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2016 yil 23 sentyabrdagi 297-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchi-yoshlarga milliy mentalitetni singdirishda xalq pedagogikasi va zamonaviy ta’lim-tarbiyaviy fikrlarni uyg‘unlashtirish imkoniyatini yaratgan.