Parpiev Dilshod Botirovichning

doktorlik dissertatsiya himoyasihaqidae’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbekiston Respublikasi neft`-gaz  tarmog‘i korxonalarining  xalqaro marketing strategiyasini takomillashtirish», 08.00.11–Marketing (iqtisodiyot fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /iqtisodiyot fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.I137.

Ilmiy maslahatchi: Xodiev Bahodir Yunusovich, iqtisodiyotfanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-Moliya akademiyasi, 14.07.2016.I.31.01.

Rasmiy opponentlar: Yuldashev Ravshan Zokirovich, iqtisodiyot fanlari doktori; Boltabaev Maxmudjon Rustamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nurimbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotningmaqsadi: milliy neft` va gaz tarmog‘ikorxonalarining xalqaro marketing strategiyasini takomillashtirish yuzasidan ilmiy-uslubiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotningilmiyyangiligi:

jahon uglevodorod bozoridagi tendensiyalarni o‘rganish asosida neft`-gaz mahsulotlariga bo‘lgan talab va taklif muvozanatini ta’minlash bo‘yicha xalqaro marketing prinsiplarini joriy etish mexanizmi ishlab chiqilgan;

vertikal integratsiyaga asoslangan milliy neft`-gaz tizimidagi o‘ziga xos shart-sharoitlarni hisobga oluvchi xalqaro marketing strategiyasini shakllantirishning metodologik jihatlari asoslangan;

neft`-gaz tarmog‘i korxonalari raqobatbardoshligini oshirishning xalqaro marketing strategiyalarini ishlab chiqishda qo‘llaniladigan evristik va ekspert baholash usullari takomillashtirilgan;

xalqaro raqobat ustunligini ta’minlashning milliy neft`-gaz bozori, uglevodorod resurslarini qazib olish va qayta ishlash sohasidagi vazifalari,  marketing strategiyalari hamda faoliyat yo‘nalishlarini qamrab oluvchi tizimli konsepsiyasi ishlab chiqilgan;

milliy neft`-gaz tarmog‘i korxonalarida hududlar, tovarlar va ularni tashishni diversifikatsiyalash va fokuslashtirish, xorijiy mablag‘larni turli shaklda jalb qilish, konsorsium va kooperatsiyalarni tashkil etish asosida xalqaro marketing strategiyalarini amalga oshirish tizimi taklif etilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

jahon uglevodorod bozoridagi tendensiyalarni o‘rganish asosida neft`-gaz mahsulotlariga bo‘lgan talab va taklif muvozanatini ta’minlash bo‘yicha xalqaro marketing prinsiplarini joriy etish mexanizmi amaliyotga qo‘llanildi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft`-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot tahlil departamentining 2016 yil 11 noyabrdagi 06/1-353-son ma’lumotnomasi), jumladan:

«O‘zbekneftgaz» MXK  faoliyatini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash borasidagi yagona texnikaviy siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish hamda xalqaro bozordagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qildi;

vertikal integratsiyaga asoslangan milliy neft`-gaz tizimida xalqaro marketing strategiyasini shakllantirishning metodologik jihatlarini soha faoliyatiga  joriy etilishi jahon neft`-gaz mahsulotlari bozoridagi vaziyatni baholashga, tashqi iqtisodiy, savdo va ilmiy-texnikaviy aloqalarni rivojlantirishga hamda yanada ko‘proq xorijiy sarmoyalar jalb etishga imkon berdi;

neft`-gaz  tarmog‘i korxonalari raqobatbardoshligini oshirishning xalqaro marketing strategiyalarini ishlab chiqishda qo‘llaniladigan evristik va ekspert baholash usullarini amaliyotga joriy etilishi  mamlakatimiz yoqilg‘i-energetika resurslariga bo‘lgan ichki va tashqi talabni ta’minlash sohasida marketing siyosatini asoslashga imkon yaratdi.

Xalqaro raqobat ustunligini ta’minlashning milliy neft`-gaz bozori, uglevodorod resurslarini qazib olish va qayta ishlash sohasidagi vazifalari,  marketing strategiyalari hamda faoliyat yo‘nalishlarini qamrab oluvchi tizimli konsepsiyasidan «O‘zbekneftgaz»  MXKning   o‘rta va uzoq muddatli faoliyat Dasturini tayyorlashda uslubiy vosita sifatida foydalanildi («O‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasining 2016 yil 11 noyabrdagi 9-1/29-78-son ma’lumotnoma). Buning natijasida prognoz davri bo‘lgan 2020 yil uchun tavsiya etilayotgan xalqaro marketing strategiyalarini amaliyotga tatbiq etish  minimal narxlar sharoitida barqaror samaradorlik darajasini 5–7 foizdan kam bo‘lmagan sur’atda saqlashga erishish bilan bir qatorda, qo‘shimcha ravishda «O‘zbekneftgaz» MXK faoliyatida 668,9 mln. so‘m hajmda sof foyda olish imkonini beradi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish