Zaynitdinova Lyudmila Ibraximovnaning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «G‘arbiy O‘zbekiston konlarining kam miqdordagi sul`fid ma’danlariga fil`tratsion ishlov berishning mikrobiologik texnologiyalari», 03.00.04–Mikrobiologiya va virusologiya (biologiya fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /biologiya fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 14.07.2016/B2016.3.V35.
Ilmiy maslahatchi: Aripov Taxir Fatixovich, biologiya fanlari doktori, professor, O‘zR Fanlar akademiyasi akademigi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mikrobiologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti va Mikrobiologiya instituti, 14.07.2016.V.01.03.
Rasmiy opponentlar: Mavloniy Mashxura Egamovna, biologiya fanlari doktori, professor, O‘zR Fanlar akademiyasi akademigi; Davranov Kaxramon Davranovich, biologiya fanlari doktori, professor; Axunov Ali Axunovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘simlik va hayvonot olami genofondi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tarkibida oltin bo‘lgan xomashyo uyum sharoitda suyuqlikda eritib ajratib olishda mikroorganizmlar rivojlanishini aniqlash hamda Acidithiobacillus ferrooxidans bakteriyasini jadallashtirish jarayoni uchun qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori uran konsentratsiyasiga chidamli mahalliy bakteriya shtammlari olingan hamda hujayralarning IK-spetrlari asosida uran ionlari ta’sirida hujayra moddalari tarkibining o‘zgarishlari aniqlangan;
ilk bor Kokpatas koni ma’danlar uyumida suyuqlikda eritib ajratib olish jarayonida mikroblar xilma-xilligi, termofil arxeylar ko‘rsatilgan, ushbu ma’danning anshlifida sul`fidlarning mikrobiologik parchalanish jarayoni aniqlangan;
ilk bor suvda eruvchan polimerlar bakterial namlantirilgan eritmalarda qo‘llanilganda, ma’danga mikroorganizmlarning birikishi oshdi va shunga ko‘ra oltin ajralishi isbotlangan;
Kokpatas konida oltinsul`fidli ma’dan uyumini qayta ishlashga yaroqligi, shuningdek Qizilqum uran ma’dani bakterial suyuqlikda eritib ajratib olish uchun uranli geologik joylashishi aniqlangan;
ilk bor foydalanishdan chetga chiqarilgan (yaroqsiz) skvajenalarni bakterial eritma asosida bir martali nasos bilan qayta ishlash imkoniyati ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Geokimyoviy faol, adaptatsiyalangan, turg‘un temir oksidlovchi atsidofil A.ferrooxidans K-1 assotsiatsiyasi Navoiy kon metallurgiya kombinatida amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2016 yil 28 oktyabrdagi 02-03-04/11672-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijada sul`fidli ma’danlarga mikroorganizmlarni qo‘llanilishi sul`fat kislotasining ishlatilishini kamaytirish va metall ajratib olish foizining oshish imkonini bergan.
GMZ-3 (Uchquduq) bazasidagi Kokpatas konida sul`fidli ma’danlarni biooksidlanishi bo‘yicha olib borilgan yarim sanoat tajribalari oltinni ajratib olish dastlabki 27,7% dan 53,76% gacha oshishiga xizmat qildi. Shu bilan birga, ekspluatatsiyadan chiqarilgan Ketmonchi sanoat hududi quduqlarida ajratib olingan assotsiatsiya keng masshtabli qo‘llanilganda qoldiq uran miqdorini ajratib olish va mikroorganizmlarning tabiiy sharoitlarda o‘stirish parametrlarini aniqlashga imkon berdi. Ketmonchi konidagi qayta ishlangan hududida «pushpul» birlashtirilgan uzluksiz rejimda o‘tkazilgan sanoat tajribasi sinovlari varianti natijalariga ko‘ra bakteriyalar metallni olib chiqishini oshirgani ko‘rsatilgan.