Narbaeva Xurshida Saparbaevnaning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Polifunksional xususiyatlarga ega sho‘rga chidamli g‘o‘za rizobakteriyalari va ular asosida kompleks ta’sir etuvchi biopreparat», 03.00.04–Mikrobiologiya va virusologiya (biologiya fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /Guvohnoma, LA №0002644/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.V87.
Ilmiy maslahatchi: Djumaniyazova Gul`nara Ismailovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mikrobiologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti va Mikrobiologiya instituti, 14.07.2016.V.01.03.
Rasmiy opponentlar: Nazarov Renat Saidovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Axmedova Zaxro Raxmatovna, biologiya fanlari doktori, professor; Mambetullaeva Svetlana Mirzamuratovna, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sho‘rlangan tuproqlarda g‘o‘za etishtirish uchun yangisho‘rga chidamli polifunksional xususiyatlarga ega g‘o‘za rizobakteriyalari asosidakompleks ta’sir etuvchi yangi biopreparat yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sho‘rlangan tuproqlardan g‘o‘za rizosferasidan yangi sho‘rga chidamli rizobakteriya shtammlari ajratilgan va natijada 4 ta faol shtammlar kislota hosil qilish faolliklari bo‘yicha skrining qilingan;
ilk bor 4 ta yangi sho‘rga chidamli g‘o‘za rizobakteriya shtammlarining polifunksional xususiyatlari: yuqori konsentratsiyali xloridli (NaCl, MgCl2) va sul`fatli (Na2SO4, MgSO4) toksik tuzlarga chidamliligi, qiyin o‘zlashtiriladigan mineral (kal`siy (III) fosfat) va organik (fitin) fosfatlarni parchalash, turg‘un xlororganik pestisidlarni (GXSG, PXB) destruksiya qilish, g‘o‘za fitopatogenlariga qarshi antagonistik faolligi, o‘sishni jadallashtirish va ildiz hosil qilish faolliklari aniqlangan. Rizobakteriyalarning tur mansubligi – Bacillus subtilis BS-80, Bacillus licheniformis BL-83, Paenibacillus polymyxa PP-113, Paenibacillus amylolyticus PA-118 aniqlangan;
ilk bor 4 ta sho‘rga chidamli g‘o‘za rizobakteriya shtammlari asosida kompleks ta’sir etuvchi RIZOKOM-1 biopreparati yaratilgan;
ilk bor laboratoriya sharoitida polifunksional xususiyatga ega rizobakteriyalarni o‘stirish sharoiti optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Kompleks ta’sir etuvchi RIZOKOM-1 biopreparatini yaratish va joriy qilish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
Polifunksional xususiyatlarga ega bakteriyalar shtammi uchun O‘zbekiston Respublikasining Intellektul mulk agentligi tomonidan ixtiro patenti (2013 y., №IAP 04712) olingan. Natijada yaratilgan yangi oziqa muhiti sanoat sharoitida biopreparatni olish imkonini beradi;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida Sirdaryo viloyatining Mirzaobod rayoni «Suvchi Mirob dalasi» fermer xo‘jaligining sho‘rlangan tuproqlarida g‘o‘za o‘simligida 2014–2015 yillarda kompleks ta’sir etuvchi RIZOKOM-1 biopreparati joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2016 yil 15 oktyabrdagi 02/20-3326-son ma’lumotnomasi). RIZOKOM-1 biopreparatini qo‘llash natijasida sho‘rlangan tuproqlarning unumdorligi va paxta hosildorligi oshgan hamda qo‘shimcha 12–14,6 s/ga hosil olishga va rentabellik darajasini 25–28% ga oshishiga imkon bergan.