Ergashev Erkin Iroqovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Moliyaviy ta’minotni barqarorlashtirish asosida bog‘dorchilik va uzumchilik tarmog‘ini rivojlantirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasiva kredit va 08.00.04 – qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.DSc/Iqt54.
Ilmiyrahbar: Mexmonov Sultonali Umaralievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Nazarova Fotimaxon Xakimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Egamberdiev Farmonqul Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Elmirzaev Samariddin Eshquvvatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi moliyaviy ta’minotni barqarorlashtirish asosida bog‘dorchilik va uzumchilik tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavciyalap ishlab chiqishdan ibopat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bog‘dorchilik va uzumchilik tarmoqlarini tizimli rivojlanishida tarmoq xo‘jaliklari va ularga xizmat ko‘rsatuvchi sub’ektlarni tarkiban o‘z ichiga oluvchi qishloq xo‘jaligi kooperativlarini moliyalashtirishni kafillik hamda ulushli pay usuli ishlab chiqilgan;
bog‘dorchilik va uzumchilik mahsulotlarini eksport hajmini oshirish hamda meva va uzum etishtiruvchi xo‘jaliklar faoliyatini moliyalash tizimida subsidiyalash metodini joriy etish muhimligi asoslangan;
intensiv bog‘ va tokzorlar tashkil etish loyihalarini kreditlashga asosiy qarz mablag‘lariga nisbatan imtiyozli davr belgilash usulini kiritish asosida moliyalashtirish takomillashtirilgan;
hududlardagi mavjud rentabellik darajasi past erlardan samarali foydalanishda kam suv iste’mol sarfiga ega serhosil va yuqori daromad keltiruvchi ko‘chat navlarini joylashtirish va mahsulot etishtirish orqali xo‘jalikning moliyaviy barqarorligi va samaradorligini ta’minlash asoslangan;
iqtisodiy - matematik apparatdan foydalanish asosida meva va uzum mahsulotlari etishtirish bo‘yicha trend tenglamalarini aniqlash orqali daromadlar hajmi strategik prognoz ko‘rsatkichlari majmuasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublikamiz qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining moliyaviy ta’minotini barqarorlashtirish asosida bog‘dorchilik va uzumchilik tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy-amaliy natijalar asosida:
bog‘dorchilik va uzumchilik tarmoqlarining tizimli rivojlanishida tarmoq xo‘jaliklari va ularga xizmat ko‘rsatuvchi sub’ektlarni tarkiban o‘z ichiga oluvchi qishloq xo‘jaligi kooperativlarini tashkil etishni moliyalashtirishga kafillik amaliyoti hamda ulushli pay usulini joriy etish bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 dekabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4549-son Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 3 iyundagi №02/022-2-1586-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif asosida bog‘dorchilik va uzumchilik tarmoqlarining rivojlanishida tijorat banklari tomonidan kreditlashda kafillik amaliyoti joriy etilgan; 
bog‘dorchilik va uzumchilik mahsulotlarining eksport hajmini oshirish hamda meva va uzum etishtiruvchi xo‘jaliklar faoliyatini moliyalash tizimida subsidiyalash usulini joriy etish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 maydagi “Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sug‘urta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4337-son Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 3 iyundagi №02/022-2-1586-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan samarali foydalanish natijasida Samarqand viloyatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 13,6 foizga ortgan;
intensiv bog‘ va tokzorlar tashkil etish loyihalarini kreditlashga asosiy qarz mablag‘lariga nisbatan imtiyozli davr belgilash usulini kiritish asosida moliyalashtirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 dekabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4549-son Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 3 iyundagi №02/022-2-1586-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi intensiv bog‘ va tokzorlar tashkil etish loyihalarini moliyalashtirishda ishtirok etadigan tijorat banklariga kreditlar ajratishda muddatli imtiyozli davr belgilashga xizmat qilgan;
hududlardagi mavjud rentabellik darajasi past erlardan samarali foydalanishda kam suv iste’mol sarfiga ega serhosil va yuqori daromad keltiruvchi ko‘chat navlarini joylashtirish va mahsulot etishtirish orqali xo‘jalikning moliyaviy barqarorligini ta’minlash bo‘yicha taklif Samarqand tumanidagi fermer xo‘jaliklarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 3 iyundagi №02/022-2-1586-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishinatijasida “A’zam Azamat” fermer xo‘jaligida ekilgan mevadan har bir gektar lalmi erdan o‘rtacha 15,7 mln.so‘m daromad olishga erishilgan;
iqtisodiy - matematik apparatdan foydalanish asosida meva va uzum mahsulotlari etishtirish va hosildorligi bo‘yicha trend tenglamalarini aniqlash orqali strategik prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilganligi bo‘yicha taklif Qishloq xo‘jaligi vazirligida prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 3 iyundagi №02/022-2-1586-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Respublikada 2020-2030 yillarda asosiy turdagi meva va uzum mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini va hosildorligini aniqlash bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarni ishlab chiqishga zamin yaratgan, hamda meva va uzum mahsulotlari etishtirishni va hosildorligini chiziqli tenglama, ko‘p hadli tenglama, ko‘rsatkichli tenglamalar ko‘rinishida aniqlash, o‘rtacha mutloq xatolik eng kichik qiymatini baholash orqali optimal tenglamani aniqlash va u orqali strategik prognoz ko‘rsatkichlari qiymatini topish imkoniyatini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish