Mavlonov Jonibek Ashurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Rudani maydalash jarayonining elektr energiya samaradorligini oshirish (Navoiy kon-metallurgiya misolida)”, 05.05.01 – Energetika tizimlari va majmualari(texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1148.
Ilmiy rahbar: Ishnazarov Oybek Xayrullaevich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/10.12.2019.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Xoshimov Foziljon Abidovich texnika fanlari doktori, professor; Aripov Nazirjon Mukaramovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi rudani maydalash jarayonining elektr energiya samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shar tegirmonidagi elektr energiya sarfiishlab chiqarish va texnologik omillariga, jumladan tegirmon barabaning himoya qatlamini emirilishi, tegirmonni sharlar bilan to‘ldirilish darajasi va tegirmonning aylanish tezligi rostlanishini inobatga olgan holda aniqlangan;
shar tegirmonielektr yuritmasiningrostlanishini inobatga olgan holda matematik modeli ishlab chiqilgan va uning energiya tejaydigan ish rejimi aniqlangan;
shar tegirmonining rostlash usuli barabanning himoya qatlamini emirilishini inobatga olgan holda takomillashtirilgan;
Langranj usuli asosida shar tegirmonining ishlash rejimini optimal boshqarish algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Shar tegirmonlarida energiyani tejaydigan rejimlari va uning unumdorligiga ta’sir etish darajasi, tegirmon ish rejimini barqaror holatini optimallashtirishda olingan ilmiy natijalar asosida:
rudani maydalash texnologik jarayoninig matematik modeli va shar tegirmonining elektr energiyani tejaydigan ish rejimi 1-Gidrometallurgiya zavodida joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2020 yil 16 martdagi 02-07-04/3344-son ma’lumotnomasi). Natijada shar tegirmonidagi elektr energiya sarfini 6% gacha tejash imkoni yaratilgan;
tegirmonlarni sharlar bilan to‘ldirilishining energiya sarfiga ta’sirining xisoblash usuli, sharli tegirmonlarning optimal ishlash rejimlarini ta’minlaydigan boqarish algoritimi 1-Gidrometallurgiya zavodida joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2020 yil 16 martdagi 02-07-04/3344-son ma’lumotnomasi). Natijada, yiliga 275200 kVt∙soatgacha elektr energiya iste’molini kamaytirish imkonini bergan;
shar tegirmonining sinxron motorini chastotali rostlash usuli 1-Gidrometallurgiya zavodida joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2020 yil 16 martdagi 02-07-04/3344-son ma’lumotnomasi). Natijada, sinxron motorlardagi isroflarni 5% gacha kamaytirish imkoni yaratilgan.