Qosimov Karimjonning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jalik texnikalari detallari resursini oshirishning texnologiya va vositalarini takomillashtirish”, 05.07.02–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini ishlatish, tiklash va ta’mirlash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/T314.
Ilmiy maslahatchi:Xudoyberdiev Tolibjon Solievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSs.03/30.12.2019.T.10.01.
Rasmiy opponentlar: Nuriev Karim Katibovich, texnika fanlari doktori, professor; Abralov Mahmud Abralovich, texnika fanlari doktori, professor; Rustamov Rahmatali Murodovich, texnika fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jaligi texnikalari eyilgan detallarining ishchi yuzalariga kukunsimon kompozision materiallarni kontakt payvandlab qoplab, ularning resursini oshirishning texnologiya va vositalarini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
eyilgan detallarning ishchi yuzalariga kukunsimon kompozision materiallar asosida kontakt payvandlab qoplash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
eyilgan detallarning ishchi yuzalarini payvandlab qoplash uchun kukunsimon kompozision material tarkibi payvand qatlam qalinligini boshqarishni hisobga olgan holda asoslangan;
qishloq xo‘jaligi texnikalarining aylanuvchi detallari yuzasini qattiq qotishmali kukunsimon kompozision materiallar asosida payvandlab tiklash usuli ishlab chiqilgan;
detallari yuzasini kontakt payvandlab tiklashda rolik-elektrod ishchi yuzasining eni shakllantirilgan kukunsimon kompozision materialdan olingan lentaning kengligiga bog‘liq holda aniqlangan;
qishloq xo‘jaligi texnikalari detallarining resursini orttiruvchi kukunsimon kompozision materiallardan olingan payvand qatlamning geterogen strukturasi asoslangan;
qishloq xo‘jaligi texnikalari eyilgan detallari resursini mashinaning ta’mirlashlararo resursiga bog‘liq holda ortishini aniqlash uslubi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq xo‘jaligi texnikalari detallari resursini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
kukunsimon kompozision materiallarni eyilgan detallarning ishchi yuzalariga kontakt payvandlab qoplash texnologiyasi Andijon viloyatining Andijon tuman MTP va “Oq-yor XXΙ” MChJda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 10fevraldagi 02/023-433-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligi texnikalarini ta’mirlashda, ularning tez eyilib ishdan chiqqan detallarini tiklash va resursini oshirish imkoniyati yaratilgan;
qishloq xo‘jalik texnikalarining eyilgan detallarini kontakt payvandlab tiklash texnologiyasi Andijon viloyatining Paxtaobod va Izboskan tumanlari MTPlarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 10fevraldagi 02/023-433-son ma’lumotnomasi). Natijada, tiklangan detallarning tannarxini yangi ehtiyot qismga nisbatan 20-60 foizga kamaytirish, tiklangan detallarning resursini 2-3 marta orttirish imkoniyati yaratilgan;
shakllantirilgan kukunsimon kompozision materiallarni kontakt payvandlab qoplash usuliga ixtiroga mualliflik guvohnomasi olingan («Kukunsimon materiallarni elektr-kontakt payvandlab qoplash usuli»,M.G. №1459859–1988 y.). Natijada, bu valsimon eyilgan detallarning ishchi yuzalarini shakllantirilgan kukunsimon kompozision materiallar bilan kontakt payvandlab tiklash texnologiyasini yaratish imkonini bergan; 
payvandlab qoplash materialining tarkibiga ixtiroga mualliflik guvoxnomasi olingan («Payvandlab qoplash materialining tarkibi»,M.G. №1584276–1990 y.). Natijada, bu ishqalanish juftidagi payvandlab qoplangan detalning resursini 6 martagacha orttirish, payvandlab qoplash materialining sarfini 3-4 martagacha kamaytirish imkonini bergan; 
eyilgan detallarning ishchi yuzalariga kukunsimon kompozision materiallarni kontakt payvandlab qoplash texnologiyasi “BMKB-Agromash” AJda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 10fevraldagi 02/023-433-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jalik texnikalari konstruksiyasini yaratishda ishqalanish sharoitida ishlaydigan detallarini resursi oshirilgan holda loyihalash va ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish