Kazakov Ergash Axmadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Magistral kanallarda suv oqimini boshqarishning gidravlik usullarini takomillashtirish (Katta Namangan kanali misolida)”, 05.09.07 – Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T1488.
Ilmiy rahbar: Maxmudov Ilxomjon Ernazarovich,texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami:Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti,DSs.03/30.12.2019.T.10.02.
Rasmiy opponentlar:Eshev Sobir Samatovich, texnika fanlari doktori, professor;Hikmatov Fazliddin Hikmatovich,geografiya fanlari doktori,professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariyvaamaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi gidrotexnika inshootlari, nasos stansiyalari va gidroelektr stansiyalarning ishlash rejimini o‘zgarishi bilan bog‘liq holda magistral kanallarda vujudga keladigan suv oqimining beqaror harakati parametrlarini hisoblash va boshqarishning gidravlik usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sen-Venan tenglamalari asosida Uchqo‘rg‘on GES ish rejimi ta’sirida Katta Namangan kanalida vujudga keladiganbeqaror suv oqimi harakatining gidravlik modeli takomillashtirilgan;
Katta Namangan kanalidagi to‘suvchi inshootlarning zatvorlari holatini mantiqiy boshqaruv qonuniyatini hamda kanaldagi suv sarfi va sathining o‘zgarishini ifodalovchi gidravlik model` boshqaruv nazariyasi usullari yordamida takomillashtirilgan;
ixtiyoriy vaqt momentida, suv to‘suvchi inshoot zatvori holatini o‘zgarishi hamda Katta Namangan kanalida suv sathining tebranishi o‘rtasidagi bog‘liqlikning gidravlik modeli ishlab chiqilgan;
suv to‘suvchi inshoot zatvori holatini boshqarish orqali Katta Namangan kanalining ixtiyoriy qirqimida suv sathini rostlashning gidravlik modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Magistral kanallarda suv oqimini boshqarishning gidravlik usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Uchqo‘rg‘on GES ish rejimi ta’sirida Katta Namangan kanalida suv sathi va sarfini keskin o‘zgarishini ifodalovchi gidravlik usullari Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Katta Namangan kanali boshqarmasiga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 23 dekabrdagi 02/25-4864-son ma’lumotnomasi). Natijada, kanallarda suv sathi va sarfini o‘zgarishini baholash va boshqarish imkoniyati yaratilgan;
GAT texnologiyalari asosida tuzilgan Katta Namangan kanalining suv xo‘jaligi balansi Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Katta Namangan kanali boshqarmasiga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 23 dekabrdagi 02/25-4864-son ma’lumotnomasi). Natijada, kanaldagi gidrotexnika inshootlar, nasos stansiyalarining umumiy ish holatini baholash va vaqt qatorida bashoratlash imkoniyati yaratilgan;
Uchqo‘rg‘on GES ish rejimi ta’sirida Katta Namangan kanali uzunasi bo‘yicha suv sathini keskin o‘zgarishini ifodalovchi gidravlik usul hamda kanalning istalgan qirqimida suv sarfi va chuqurligini aniqlashning takomillashtirilgan gidravlik usullari Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi faoliyati dispetcherlik xizmatiga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 23 dekabrdagi 02/25-4864-son ma’lumotnomasi). Natijada, kanalining ixtiyoriy qirqimida suv sathini rostlash orqali kanaldan suv ko‘taruvchi nasos agregatlarini barqaror ishlashini ta’minlash imkoniyati yaratilgan;
asosiy suv olish inshooti ish rejimining buzilishi natijasida Katta Namangan kanalida yuzaga keladigan beqaror suv harakatini boshqarishning gidravlik usullari va kompyuter dasturlari Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Katta Namangan kanali boshqarmasiga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 23 dekabrdagi 02/25-4864-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv resurslarini samarali boshqarish va kanallarda manbadan olinadigan suvga nisbatan 5-6% suv iqtisod qilish imkoniyati yaratilgan.