Xayitov Javoxir Baxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turli sport turlari bilan shug‘ullanuvchi yosh sportchilarning ovqatlanish statusini gigienik baholash (shaxmat, shashka)», 14.00.07–Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2. PhD/Tib886.
Ilmiy rahbar: Shayxova Guli Islamovna, tibbiyot fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/29.12. 2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Roza Tolanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Iskandarova Shaxnoza To‘lqinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Gigiena va jamoat salomatligi shimoliy-g‘arbiy ilmiy markazi» (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli sport turlari bilan shug‘ullanuvchi yosh sportchilarning ovqatlanish statusini gigienik baholash (shaxmat, shashka), taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxmat va shashka bilan shug‘ullanuvchi yosh sportchilarning ko‘rsatkichlar bo‘yicha ovqatlanish holatining o‘ziga xos tomonlari ilk marta aniqlandi: kasallikning asosiy sinfi va nozologik shakli, ovqatlanish tizimi va oziqaviy moddalar va quvvat bilan ta’minlanganlikka ajratish bilan bolalar salomatligi holati baholandi, gigienik tavsiyalar ishlab chiqilgan;
birinchi marta shaxmat va shashka bilan shug‘ullanuvchi yosh sportchilar uchun yangi oziq-ovqat mahsuloti «Mungoltin» biotabiiy mosh nishchalarining Texnik shartlari va Texnologik yo‘riqnomasi ishlab chiqildi, organoleptik, fizik-kimyoviy va biologik xususiyatlari aniqlangan;
oziq-ovqat mahsuloti «Mungoltin» biotabiiy mosh nishchalarining tibbiy-biologik xavfsizligi toksikologik jihatdan baholangan;
shaxmat va shashka bilan shug‘ullanadigan yosh sportchilar uchun o‘zbek milliy taomlari va oziq-ovqat maxsuloti «Mungoltin» biotabiiy mosh nishchalari asosida (7 kunlik) taomnoma taqsimoti ilk marta ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turli sport turlari bilan shug‘ullanuvchi yosh sportchilarning ovqatlanish statusini gigienik baholash (shaxmat, shashka) bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
«Shaxmat va shashka sport turi bilan shug‘ullanuvchi bolalarda uchraydigan kasalliklar va ularni tekshirish usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligi 2020 yil 9 sentyabrgi 8n-d/124-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma salomatlik darajasini oshirish, jismoniy va aqliy mehnatga layoqatlilik va sog‘lomlashtirish tadbirlarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, yosh sportchilarning salomatlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini bergan;
«Shaxmat va shashka bilan shug‘ullanuvchi yosh sportchilarning ovqatlanishi bo‘yicha uslubiy tavsiyanomalar» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 sentyabrgi 8n-d/124-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma shaxmat va shashka bilan shug‘ullanadigan yosh sportchilarning ratsional ovqatlanish asosida garmonik rivojlanishlari, ratsion tarkibining muvofiqlashishi, ovqatlanishlarini optimallashtirish imkonini bergan;
Yangi oziq-ovqat mahsuloti «Mungoltin» biotabiiy mosh nishchalarini ishlab chiqarish bo‘yicha Texnik shartlar va Texnologik yo‘riqnomalar (Sog‘liqni saqlash vazirligi va «O‘zstandart» agentligi tasdiqlagan Tsh- 6425280147-01:2015) tasdiqlandi. Mazkur Texnologik yo‘riqnomani ishlab chiqish organik, tabiiy, quvvatlantiruvchi va oqsilli ichimlik garmonik rivojlanish, ovqat hazm qilish tizimi faoliyatini yaxshilash, salomatlikni va immunitetni mustahkamlashga yordam bergan.
Turli sport turlari bilan shug‘ullanuvchi yosh sportchilarning ovqatlanish statusini gigienik baholash (shaxmat, shashka) bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash tizimi, jumladan, sanitariya-epidemiologik osayishtaligi agentligida va Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi amaliyotig joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi 2020 yil 30 oktyabrgi 8n-z/283-son ma’lumotnomasi) amaliyoti joriy qilingan. Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi sportning shaxmat va shashka turlari bilan shug‘ullanadigan yosh sportchilarning sifatli ovqatlanishini tashkil etish, salomat holatini mustahkamlash, aqliy va jismoniy rivojlanish holatlarini yaxshilash uchun tizimli profilaktika va sog‘lomlashtirish tadbirlarini amalga oshirishga imkon bergan.