Allaberganova Gulchehra Masharipovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Radiatsion ifloslangan ishlab chiqarish omillari va ularning ekotizimga texnogen ta’siri kattaliklarini baholash», 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/K253.
Ilmiy rahbar: Turobjonov Sadritdin Maxammadinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.K/T.04.02.
Rasmiy opponentlar: Kulmatov Rashid Anorovich, kimyo fanlari doktori, professor; Salixanova Dilnoza Saidakbarovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: radiatsion ifloslangan ishlab chiqarish faktorlari va ularning ekotizimga texnogen ta’siri kattaliklarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ob’ektlarning radiatsion ifloslanishi darajasini belgilovchi kimyoviy elementlar radionuklidlarining- 40K, 238U, 234U, 232Th, 226Ra va 222Rn miqdorlari ifloslangan tuproqlarda, sanoat oqava suvlarida va er osti suvlarida aniqlangan;
238U, 235U,234U, 232Th va 226Ra – radionuklidlari bilan ifloslangan uranni er ostida tanlab eritish maydonlari tuproqlarining solishtirma effektiv faolligini o‘rnatilgan miqdorgacha (1200 Bk/kg) tozalash asosida qo‘shimcha uran oluvchi rekul`tivatsiyaning yangi uslubi ishlab chiqilgan;
suvlarning iste’molga yaroqliligini baholashda - ishtirok darajasini belgilovchi solishtirma al`fa-faollikning 234U izotopi miqdoriga beta-faollikning 40Kizotopi miqdoriga bog‘liqligi aniqlangan;
er osti suvlarining izotop tarkibini α-spektrometrik tahlil usuli asosida 234U/238Uizotoplari orasidagi radiofaol muvozanat koeffisientining-Krm(53,41 mkg/g) buzilishianiqlangan;
er osti suvlarida 222Rn radionuklidining ichimlik suvlari sifatini baholovchi degazatsiya vaqti aniqlangan;
ob’ektlarning radiatsion ifloslanish darajasini ko‘rsatuvchi ekspozision doza o‘rtacha qiymatining aholi, aholining ma’lum qismi va ishchi-xodimlar uchun yillik effektiv dozaga bog‘liqlik grafigi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Radiatsion ifloslangan ishlab chiqarish omillari va ularning ekotizimga texnogen ta’siri kattaliklarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
radiofaol elementlar radionuklidlari - 40K, 238U, 235U, 234U, 232Th va 226Ra kattaliklarini baholash va ularni kapital kamxarj rekul`tivatsiya qilish usuli Navoiy kon-metallurgiya kombinati DKda amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinati DKning 2020 yil 24 fevraldagi 02-06-07/2389-son ma’lumotnomasi). Natijada, kapital kamxarj usulda ma’lum miqdorda metall olish va radiatsion ifloslangan tuproqlarni radionuklidlardan tozalash imkonini bergan;
tabiiy, er osti va sanoat oqava suvlaridagi solishtirma ∑α va ∑β-faolliklarini aniqlash metodikasi Navoiy kon-metallurgiya kombinati DKda amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinati DKning 2019 yil 19 noyabrdagi 02-06-04/14659-son ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy, er osti va sanoat oqava suvlarini dastlabki baholash asosida, uran ishlab chiqarishning shu suvlar holatlariga texnogen ta’siri kattaligini baholash imkoniyatini bergan;
er osti suvlari namunalarining izotop tarkibini234U, 235U, 238U α-spektrometrik tahlil qilish usuli Navoiy kon-metallurgiya kombinati DKda amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinati DKning 2019 yil 19 noyabrdagi 02-06-04/14659-son ma’lumotnomasi). Natijada, uran izotoplari orasidagi radioaktiv muvozanatning buzilish koeffisienti va tabiiy suvlarning solishtirma faolligi oshish sabablarini topish imkonini bergan.