Dadamirzaev Muzaffar Xabibullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sabzavotli sous-pasta yarimfabrikatlari tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1894.
Ilmiy rahbar: Ataxanov Shuxratjon Nuriddinovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraximov Saidakbar Abduraxmonovich, texnika fanlari doktori, professor; Axrarov Umid Bakirovich, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sabzavot xomashyolari asosida funksional vazifani bajaruvchi yangi turdagi sous-pasta yarimfabrikatlari resepturasi va tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
funksional va parhezbop sous-pasta yarimfabrikatlari olishning tomatli, glyutensiz va oshqovoqli 3 turdagi resepti ishlab chiqilgan hamda uzluksiz, mexanizatsiyalashgan texnologik tizimning maqbul parametrlari aniqlangan;
bug‘doy, guruch va no‘xot unlariga termik ishlov berish natijasida ulardagi kraxmalning strukturasi qisman o‘zgarishi isbotlanib, uning namlik yutish va bo‘kish qobiliyatining pasayishi aniqlangan;
sabzavotli sous-pasta yarimfabrikatlarining organoleptik, fizik-kimyoviy, mikrobiologik va strukturaviy-mexanik xossalari aniqlangan;
sabzavotli sous-pasta yarimfabrikatlarini ishlab chiqarishda qo‘llanilgan quyultiruvchi ingredientlarni tayyor mahsulotning reologik xossalariga ta’siri aniqlangan;
sabzavot xomashyolari asosida funksional vazifani bajaruvchi yangi turdagi sous-pasta yarimfabrikatlari tayyorlashning takomillashtirilgan texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sabzavotli sous-pasta yarimfabrikatlari tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Cabzavot sous-pasta yarimfabrikatlari» ishlab chiqarishga texnik shart (Ts 16165217-01:2019) va texnologik yo‘riqnoma (TY 16165217-01:2019) «O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlangan. Natijada, funksional sous-pasta yarimfabrikatlar ishlab chiqarish imkonini bergan;
sabzavotli sous-pasta yarimfabrikatlari tayyorlash texnologiyasi «Namangan sharbati» AJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zbekoziqovqatxolding» XK AJning 2020 yil 18 martidagi AA/05-2-444-son ma’lumotnomasi). Natijada, oziqaviy va biologik qimmatini saqlab qoluvchi sous-pasta yarimfabrikatlar assortimentini oshirish imkonini bergan;
sous-pasta yarimfabrikatlari tayyorlash texnologiyasi Uchqo‘rg‘on tumanidagi «Muhammadali Hamkor Biznes» OAJ va Namangan shahridagi «Turkiston» tantanalar majmuasida ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zbekoziqovqatxolding» XK AJning 2020 yil 18 martidagi AA/05-2-444-son ma’lumotnomasi). Natijada, an’anaviy texnologiyaga nisbatan ishlab chiqarish samaradorligini 16% ga, turdosh tashkilotlar va iste’mol bozoriga etkazib berishni 25% ga oshirish imkonini bergan.