Xasanov Caydinabi Caydivalievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Toshkent viloyati sharoitidagi issiqxonalarda o‘stirilayotgan Solanum Lycopersicum L. va Sucumis Sativus ekinlarida kasallik qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ turlarining bioekologik xususiyatlari va ularga qarshi kurash choralari”, 06.01.09 – O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/Qx167.
Ilmiy maslahatchi: Sulaymonov Botirjon Abdushukirovich, biologiya fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/30.12.2019.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Toreniyazov Elmurat Sheriniyazovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Ramazanova Saviya Sulaymonovna, biologiya fanlari doktori, professor; Mannanov Rustam Nigmatovich, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Sabzavotchilik-polizchilik va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent viloyati sharoitidagi issiqxonalarda etishtirilyotgan pomidor (Solanum Lycopersicum L.) va bodring (Sucumis Sativus) ekinlarida eng ko‘p uchraydigan zamburug‘ turlari qo‘zg‘atadigan kasalliklar va ular keltiradigan zararlarini aniqlash, ularga qarshi samarali kimyoviy va biologik kurash choralarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor Tashkent viloyatining barcha issiqxonalarning zamburug‘ turlaridan zararlanganlik darajasi monitoring qilinib aniqlangan;
Toshkent viloyatining fermer xo‘jaliklaridagi issiqxonalarda etishtirilayotgan pomidor (Solanum Lycopersicum L.) va bodring (Sucumis Sativus) ekinlarining zararlangan organlaridan yig‘ilgan gerbariy namunalaridan zamburug‘ turlari ajratilgan va ularning sof namunalari (kulturalar) tayyorlangan;
Toshkent viloyati sharoitidagi issiqxonalarda uchraydigan pomidor (Solanum Lycopersicum L.) va bodring (Sucumis Sativus) ekinlarida kasallik qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ turlari aniqlangan;
issiqxona sharoitida pomidor va bodring ekinlarida uchraydigan fitopatogen xususiyatlarga ega bo‘lgan 4 ta sinf, 8 ta tartib, 12 ta oila 25 ta turkum va 30 ta tur, 3 ta formaga mansub zamburug‘ turlari ajratilgan;
pomidorda 16 ta tur, bodringda 15 ta tur, ham pomidor, ham bodring ekinlarida 5 ta zamburug‘ turlari uchrashi aniqlangan;
Deuteromycetes sinfidan 15 ta tur, 2 ta forma, Zygomycetes sinfidan 4 ta, Ascomycetes sinfidan 3 ta tur, 1 ta forma va Oomycetes sinfidan 3 ta zamburug‘ turi eng ko‘p tarqalgan turlar sifatida ajratilgan;
issiqxona tuproq chuqurliklari qatlamlaridan 21 ta, issiqxona havosi tarkibida 22 ta zamburug‘ turlari aniqlangan, ularning rivojlanish va tarqalish qonuniyatlari asoslangan;
Toshkent viloyatining issiqxonalari sharoitida pomidor va bodring ekinlarining asosiy kasalliklari aniqlangan va ularga qarshi samarali kurash choralari ishlab chiqilgan;
Toshkent viloyatining issiqxonalari sharoitida pomidor va bodring ekinlarining asosiy kasalliklariga qarshi qo‘llanilgan fungisidlarning biologik va iqtisodiy samaradorligi aniqlangan;
pomidor va bodring navlarining asosiy kasalliklarga tolerantligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent viloyati sharoitidagi issiqxonalarda o‘stirilayotgan Solanum Lycopersicum L. va Sucumis Sativus ekinlarida kasallik qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ turlarining bio ekologik xususiyatlari va ularga qarshi kurash choralari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida: 
pomidor va bodring o‘simliklarining fitoftoroz, un shudring, soxta un shudring, turli xil dog‘lanishlar va chirish kasalliklariga qarshi kurashda Previkur SL 722 s.e.k. 1,5 l/ga, Ridomil Gold MS 68% s.e.g. 2,5 kg/ga, Maksim 2,5% sus.k., Vitavaks 200 75% n.kuk. fungisidlari Toshkent viloyatining Qibray, Yuqori Chirchiq, O‘rta Chirchiq, Quyi Chirchiq, Zangiota, Bekobod, Bo‘ka, Oxangaron, Parkent, Piskent tumanlaridagi issiqxonalarda, jami 10 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 24 avgustdagi 02/025–2619–son ma’lumotnomasi). Natijada qo‘shimcha hosildorlik gektariga 80,0 s/ga va 84,0 s/ga ni, rentabellik esa mos ravishda 898,0 % va 854,0 % tashkil etgan;
bodring o‘simligining issiqxonalardagi fuzarioz va ildiz chirish kasalliklariga qarshi Maksim 2,5 % sus.k. va Vitavaks 200 75% n.kuk. fungisidlari bilan ishlov berilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 24 avgustdagi 02/025–2619–son ma’lumotnomasi). Natijada qo‘shimcha hosildorlik gektariga 56,0 s/ga va 46,0 s/ga ni va rentabellik esa mos ravishda 266,0% va 323,0% ni tashkil etgan;
pomidorning fitoftoroz va dog‘lanish kasalliklariga qarshi Previkur SL 722 s.e.k. 1,5 l/ga va Ridomil Gold MS 68% s.e.g. 2,5 kg/ga sarf me’yorida fungisidlar joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 24 avgustdagi 02/025–2619–son ma’lumotnomasi). Natijada xosildorlik 364,4 va 372,4 s/ga, iqtisodiy samaradorlik gektariga 28580,0 va 29830,0 ming so‘mni tashkil etgan.;
bodringning fuzarioz va ildiz chirish kasalliklariga qarshi Maksim 2,5 % sus.k. va Vitavaks 200 75% n.kuk. fungisidlar joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 24 avgustdagi 02/025–2619–son ma’lumotnomasi). Natijada xosildorlik 286.0 va 276.0 s/ga, iqtisodiy samaradorlik gektariga 21420,0 va 17570,0 ming so‘mni tashkil etgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish