Maxmudov Salimjon Olimjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuqori yuklama sharoitida dasturiy konfiguratsiyalanadigan tarmoqlarda geterogen trafik oqimlarini taqsimlash modeli va algoritmlari», 05.04.01 – Telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalari. Axborotlarni taqsimlash(texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T465.
Ilmiy rahbar: Nishanbaev Tuygun, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar:Xamdamov Utkir Raxmatillaevich,texnika fanlar doktori, dotsent; Raximov Baxtiyorjon Ne’matovich,texnika fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “O‘zbektelekom” AK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi dasturiy konfiguratsiyalanadigan tarmoqlarda boshqarish pog‘onasi (kontroller)da tashqi trafik oqimlarini yuqori yuklama sharoitida qayta ishlash va uzatish jarayonlarini boshqarish samaradorligini oshiradigan usul, model va algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dasturiy konfiguratsiyalanadigan tarmoqlarda tashqi trafik axborot oqimlarini taqsimlash jarayonlarining modeli ishlab chiqilgan;
dasturiy konfiguratsiyalanadigan tarmoqlarda Q (geterogen) turdagi tashqi trafik oqimlarini yuqori yuklama sharoitida ko‘p oqimli marshrutlash usuli yaratilgan;
ko‘p oqimli marshrutlashning graf tuzilmasi asosida dasturiy konfiguratsiyalanadigan tarmoqlarda eng qisqa yo‘lini topish algoritmi ishlab chiqilgan;
axborot oqimlarini taqsimlash va marshrut yo‘llarini dasturiy konfiguratsiyalanadigan tarmoqlarda qidirib topish algoritmi hamda dasturiy ta’minoti ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Yuqori yuklama sharoitida dasturiy konfiguratsiyalanadigan tarmoqlarda geterogen trafik oqimlarini taqsimlash modeli va algoritmlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
dasturiy konfiguratsiyalanadigan tarmoqlarda tashqi trafik axborot oqimlarini taqsimlash jarayonlarining modeli Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tasarrufidagi korxonalarda, xususan “O‘zbektelekom AK” “Telekommunikatsiya transport tarmog‘i” filialiga joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020 yil 3 iyundagi 33-8/2958-son ma’lumotnomasi). Ilmiy-tadqiqot natijasida tarmoq ichida ma’lumot uzatish tezligi 8–12% oshgan, bu yuqori yuklama sharoitida yo‘qotishlarsiz ishlash imkonini yaratgan;
dasturiy konfiguratsiyalanadigan tarmoqlarda Q (geterogen) turdagi tashqi trafik oqimlarini yuqori yuklama sharoitida ko‘p oqimli marshrutlash usuli hamda ko‘p oqimli marshrutlashning graf tuzilmasi asosida dasturiy konfiguratsiyalanadigan tarmoqlarda eng qisqa yo‘lini topish algoritmi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tasarrufidagi korxonalarda, xususan «O‘zbektelekom» AK Samarqand filialiga joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020 yil 3 iyundagi 33-8/2958-son ma’lumotnomasi). Ilmiy-tadqiqot natijasida axborot jo‘natuvchi va qabul qiluvchi o‘rtasida bir nechta marshrutlar tashkil qilinishi tarmoqning o‘tkazish qobiliyatidan 1.2 marta unumli foydalanish imkoniyatini yaratgan;
axborot oqimlarini taqsimlash va marshrut yo‘llarini dasturiy konfiguratsiyalanadigan tarmoqlarda qidirib topish algoritmi hamda dasturiy ta’minoti Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tasarrufidagi korxonalarda, xususan «New Line Solutions» MChJda joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020 yil 3 iyundagi 33-8/2958-son ma’lumotnomasi). Ilmiy-tadqiqot natijasida tarmoqdagi aloqa kanallaridan biri to‘satdan ishlamay qolganida ma’lumot uzatish yo‘lining operativ boshqa marshrutga o‘tkazilishi hisobiga tashqi trafik oqimlarini uzatilmasdan “turib” qolish vaqti 1.2–1.5 marta kamayishiga hamda yo‘qotish va kechikishlarga juda sezilarli bo‘lgan trafik oqimlarini uzatish jarayonlarining ishonchliligini 10–14% oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish