Kadirov Ilxom Abdullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Seolit jinsli to‘ldiruvchili kompleks-modifikatsiyalangan betonlar», 05.09.05–Qurilish materiallari va buyumlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T1875.
Ilmiy rahbar: Adilxodjaev Anvar Ishanovich,texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, DSc.26/30.12.2019.T.11.01.
Rasmiy opponentlar: Xasanov Baxriddin Baratovich,texnika fanlari doktori, professor; Gaziev Uchkun Abdullaevich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mexanik faollashtirilgan seolit tog‘ jinsi va samarali superplastifikatorlarni kompleks qo‘llash yo‘li bilan M400 portlandsementi asosida ekspluatatsion xossalari yaxshilangan yuqori mustahkam beton olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
seolit tog‘ jinsini yuqori faolligini hisobga olgan holda yuqori mutahkam betonlarni olish uchun mineral qo‘shimcha sifatida qo‘llash imkoniyati asoslangan;
sement betonlarining texnologik va ekspluatatsion xossalariga seolit tog‘ jinsi va superplastifikatorning modifikatsiyalash ta’siri qonuniyatlari aniqlangan;
seolit tog‘ jinsi va superplastifikator bilan modifikatsiyalangan sement toshi strukturasining shakllanish mexanizmi aniqlangan;
kompleks modifikatsiyalangan sement toshida strukturaning yaxshilanishi va g‘ovaklilikni kamayishi hisobiga fizik-mexanik xossalarini sezilarli o‘sishiga olib kelgani aniqlangan;
beton mustahkamligini uning tashkil etuvchilari va texnologik omillariga bog‘liqligini ifodalovchi matematik modellar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Seolit jinsli mikroto‘ldirgichli kompleks modifikatsiyalangan betonlarni yaratish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
supelplastifikator va seolit tog‘ jinsidan foydalanib kompleks-modifikatsiyalangan betonlarning optimal tarkiblari “GEO BETON TRUST” MChJ korxonasida joriy qilingan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning2020yil 4sentyabrdagi01/2945-20-sonma’lumotnomasi). Natijada, sement sarfini 1,3 baravar kamaytirish, mustahkamlikni 8-12 % ga, sovuqbardoshlikni 1,1-1,6 barobar, suv o‘tkazmaslikni esa bir markaga oshirish imkonini bergan;
kompleks qo‘shimchali betonlarning tarkibi va xossalarini optimallashtirish dasturi “Programma optimizatsii sostava tyajelogo betona s kompleksnoy dobavkoy” “GEO BETON TRUST” MChJ korxonasida betonlarning optimal tarkiblarini loyihalashda joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning2020yil 4sentyabrdagi01/2945-20-sonma’lumotnomasi). Natijada,V27,5; V30 va V50 sinfli betonlarning optimal tarkiblarini aniqlash vaqti, material va mehnat sarflarini 20%ga kamaytirish imkoniyaratilgan;
kompleks qo‘shimchali beton qorishmalarini tayyorlash uchun texnologik yo‘riqnoma “Texnologicheskaya instruksiyapo proizvodstvu stoek jelezobetonnix predvaritel`no napryajennix vozdushnix liniy elektroperedachi stendovogo bezopalubochnogo formovaniya iz betona s mineral`nim napolnitelem i superplastifikatorom dlinoy do 11,0m (TI-20182894-12:2020) “GEO BETON TRUST” MChJ korxonasida joriy qilingan («O‘zbekistontemiryo‘llari» AJning2020yil4sentyabrdagi01/2945-20-sonma’lumotnomasi). Natijada, 447 mln. so‘mlik iqtisodiy samara olish imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish