Ahadov Ma’murjon Sharipovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kimyo ta’limida modulli tizimni va elektron darslik yaratish metodikasini takomillashtirish», 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped947.
Ilmiy rahbar: Ixtiyarova Gulnora Akmalovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.02.05.
Rasmiy opponentlar: Narzqul Shodiev, pedagogika fanlari doktori, professor; Dilbar Shayzakova, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kimyo ta’limida modulli tizimni va elektron darslik yaratish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak kimyo fani o‘qituvchilarining kasbiy-sohaviy kompetensiyalari tuzilmasi (maxsus, metodik, axborot-kommunikativ, prognostik) motivatsion, kognitiv, faoliyatga doir komponentlarining kredit-modulli o‘qitish jarayonini tashkil etishning individual ta’lim traektoriyasi bilan vertikal integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
virtual-ta’lim muhiti sharoitida anorganik kimyo fanini o‘qitishning tarkibiy asoslari (maqsad va vazifalari, mazmuni) innovatsion elektron darslikni ishlab chiqishga qo‘yiladigan ergonomik (qulayligi, tushunishning osonligi, vizualligi) talablarning intensiv qayta aloqaga kirishuvini bevosita hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
«Anorganik kimyo» fanini o‘qitish jarayonida innovatsion elektron resurslar bazasidan foydalanishga doir integrativ modelning amaliy komponenti talabalarning reproduktiv, evristik, produktiv bilish faoliyati turlari ichki (mnemonik) va tashqi (o‘quv harakatlari) namoyon bo‘lishining kreativlik darajasi barqarorligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak kimyo fani o‘qituvchilarining innovatsion didaktik tayyorgarligining metodik aspektlari (tashkiliy, maqsadga yo‘naltirilgan, mantiqiy-tuzilmali, diagnostik-natijaviy) elektron ta’lim muhitining Moodle (asinxron) tizimiga asoslangan interfaol ta’limni tashkil etishning vizual integrativligini real sharoitlarda namoyish qilish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kimyo ta’limida modulli tizimni va elektron darslik yaratish metodikasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak kimyo fani o‘qituvchilarining kasbiy-sohaviy kompetensiyalari tuzilmasini aniqlashtirish, motivatsion, kognitiv, faoliyatga doir komponentlarning kredit-modulli o‘qitish jarayonini tashkil etishning individual ta’lim traektoriyasi bilan vertikal integratsiyasini ta’minlashga doir takliflardan 5110300 – kimyo o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishining Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 29 yanvardagi 89-03-366-son hamda 2020 yil 9 iyuldagi 89-03-2495-son ma’lumotnomalari). Natijada, kimyo ta’limida modulli o‘qitish texnologiyasini qo‘llash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
virtual-ta’lim muhiti sharoitida anorganik kimyo fanini o‘qitishning tarkibiy asoslarini aniqlashtirish, innovatsion elektron darslikni ishlab chiqishga qo‘yiladigan ergonomik talablarning intensiv qayta aloqaga kirishuvini bevosita hisobga olish, «Anorganik kimyo» fanini o‘qitish jarayonida innovatsion elektron resurslar bazasidan foydalanishga doir integrativ modelning amaliy komponentini takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun «Kimyoni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar» nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 892-son buyrug‘i, 892-020 raqamli guvohnomasi). Natijada, kimyo ta’limida elektron darsliklardan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan;
bo‘lajak kimyo fani o‘qituvchilarining innovatsion didaktik tayyorgarligining metodik aspektlari, elektron ta’lim muhitining Moodle tizimiga asoslangan interfaol ta’limni tashkil etishning vizual integrativligini real sharoitlarda namoyish qilish orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan oliy ta’lim tizimiga kredit-modul` tizimini joriy etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 29 yanvardagi 89-03-366-son, 2020 yil 9 iyuldagi 89-03-2495-son hamda 2020 yil 4 noyabrdagi 89-03-4396-son ma’lumotnomalari). Natijada, tadqiqot natijalaribo‘lajak kimyo fani o‘qituvchilarining innovatsion kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan.