Narimanov Bekzod Abduvalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlarining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish», 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Yu403.
Ilmiy rahbar: Musaev Bekzod Tursunboevich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02. 
Rasmiy opponentlar: Muxamedov O‘tkirbek Xazratqulovich, yuridik fanlar doktori, professor; Asadov Shavkat Gaybullaevich, yuridik fanlar doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq munosabatlarning huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nodavlat notijorat tashkilotlari va davlat organlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni elektron platforma asosida elektronlashtirish zarurligi asoslangan;
jismoniy tarbiya va sport sohasiga ixtisoslashgan nodavlat notijorat tashkilotlariga o‘n yoshga to‘lgan shaxslar ixtiyoriy a’zo bo‘lishi mumkinligi asoslab berilgan;
nodavlat notijorat tashkilotlarining hududiy filiallarini ro‘yxatga olish bo‘yicha amaldagi tartibini bekor qilish zarurligi asoslangan;
nodavlat notijorat tashkilotlar ramzini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida vakolatli organ tomonidan ramzning tavsifiga oid hujjatni talab qilish amaliyotini bekor qilish lozimligi asoslab berilgan;
nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokchilarining a’zolik badallari sportga ixtisoslashgan davlat ta’lim muassasalari huzuridagi NNTlarning moliyalashtirish manbalari hisoblanishi zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlarining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish mavzusidagi tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar acocida: 
nodavlat notijorat tashkilotlari va davlat organlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni elektron platforma asosida elektronlashtirish zarurligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi kodeks loyihasining 10-moddasini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2020 yil 24 iyundagi 9/4-3/5-3018-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi NNTga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq jarayonlarni elektronlashuviga xizmat qilgan;
jismoniy tarbiya va sport sohasiga ixtisoslashgan nodavlat notijorat tashkilotlariga o‘n yoshga to‘lgan shaxslar ixtiyoriy a’zo bo‘lishi mumkinligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 16 iyuldagi “Davlat ta’lim muassasalari huzurida sport klublarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 
542-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat ta’lim muassasalari huzuridagi sport klublari to‘g‘risida” nizomning 17-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 17 avgustdagi 
02-07-08-2179-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi sport klubi shaklidagi NNTlarga a’zolik yoshini belgilashga xizmat qilgan;
NNTlarning hududiy filiallarini ro‘yxatga olishning amaldagi tartibini bekor qilishga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi kodeks loyihasining 18-moddasini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2020 yil 24 iyundagi 9/4-3/5-3018-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi NNTlarning hududiy bo‘linmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdek ortiqcha harakatlarning oldini olishga xizmat qiladi;
NNTlari ramzini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ramzning tavsifini taqdim qilish tartibini bekor qilish zarurligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi kodeks loyihasining 62-moddasini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2020 yil 24 iyundagi 9/4-3/5-3018-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi NNTlari ramzlarini ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq jarayonlarni soddalashtirishga xizmat qilgan;
ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari hamda talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lari va sport klublariga a’zolik badallari davlat ta’lim muassasalari huzurida tashkil etiladigan sport klublarining moliyalashtirish manbalari bo‘lishi zarurligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 16 iyuldagi “Davlat ta’lim muassasalari huzurida sport klublarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 542-son qarori 5-bandini, mazkur qaror bilan tasdiqlangan “Davlat ta’lim muassasalari huzuridagi sport klublari to‘g‘risida” nizomning 7-bandini, 10-bandi, 20-bandini, 25-27-bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 17 avgustdagi 02-07-08-2179-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi NNT shaklidagi sport klublarining moliyalashtirish manbalarini aniqlashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish