Ismoilova Nurjaxon Zuxuriddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarda stressga barqarorlikni oshirishning psixologik determinantlari”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/P178.
Ilmiy rahbar: Nishanova Zamira Taskaraevna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedgogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, falsafa fanlari doktori, dotsent; To‘ychieva Saodat Meliqo‘zievna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda stressga barqarorlikni oshirishning psixologik determinantlarini empirik jihatdan tadqiq etish hamda uning uslubiy ta’minotini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda kuzatiladigan stressga barqarorlikning yosh va pedagogik jihatdan namoyon bo‘lish xususiyatlarining psixologik negizlariga, xususan, “yuqori”, “o‘rta”, “past” darajada stressga baqarorlik namoyon bo‘lishining o‘quv faoliyati bilan bog‘liq jihatlariga, informatsion stressni qabul qilish komponentlariga, shaxslararo munosabatlardagi kognitiv va affektiv ustanovkalariga, muloqotchanlik ko‘nikmalariga, o‘quv faoliyatiga nisbatan barqaror munosabatning paydo bo‘lishida ichki va tashqi determinantlarning ta’siriga bog‘liq ekanligi ilmiy jihatdan sharhlab berilgan;
talabalarda stressga barqarorlik va uning past yoki yuqori darajada namoyon bo‘lishiga ta’sir etuvchi determinantlar, xususan, o‘ziga adekvat yoki noadekvat baho berish, o‘ziga ishonishning ortishi yoki pastligi, frustratsion to‘siqlarni engib o‘tishning darajasi, frustratsion tolerantlikning yuqori va past darajasi orasida o‘zaro musbat korrelyasion aloqalar empirik natijalar asosida aniqlangan;
stressga barqarorlik namoyon bo‘lishiga ta’sir etuvchi koping xulq strategiyasining faol va passiv usullarini, xususan, “muammoni hal etish”, “ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni izlash”, “muammodan qochish” usullarini qo‘llashning mahalliy psixologik xususiyatlari, avvalo, yuzaga kelgan stress vaziyati bilan bog‘liq muammoni hal etishda kattalar o‘z farzandlarining muammolarini hal etishga o‘rgatib qo‘yganligi, stressga barqarorligi sust bo‘lgan talabalarda stress vaziyatlarda o‘zi harakat qilmasdan, boshqalarning yordamiga tayanishi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni izlashi, koping strategiyaning passiv usuli bo‘lgan muammodan qochish xulqiga murojaat qilishi bilan bog‘liqligi asoslangan;
talaba shaxsining kognitiv, affektiv, konativ, fiziologik sohalariga kompleks ta’sir etish orqali uning stressga barqarorligini oshirish imkoniyatini beruvchi korreksion dasturiy ta’minot takomillashtirilib, samaradorlik imkoniyatlari ilk bora o‘zining empirik tasdig‘ini topgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Talabalarda stressga barqarorlikni oshirishning psixologik determinantlarini o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
talabalarda kuzatiladigan stressga barqarorlikning yosh va pedagogik jihatdan namoyon bo‘lish xususiyatlarining psixologik negizlariga, xususan, “yuqori”, “o‘rta”, “past” darajada stressga baqarorlik namoyon bo‘lishining o‘quv faoliyati bilan bog‘liq jihatlariga, informatsion stressni qabul qilish komponentlariga, shaxslararo munosabatlardagi kognitiv va affektiv ustanovkalariga, muloqotchanlik ko‘nikmalariga, o‘quv faoliyatiga nisbatan barqaror munosabatning paydo bo‘lishida ichki va tashqi determinantlarning ta’siriga bog‘liqligi borasidagi ilmiy jihatdan sharhlab berilgan taklifi “Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 1-son buyrug‘iga asosan “Umumiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 5 fevraldagi P-M-1a-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida ta’lim sohasi uchun tayyorlanadigan psixologlarning kasbiy ahamiyatli tayanch kompetensiyalarini shakllantirish hamda stressga barqarorlik bo‘yicha kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish sohasida sifat jihatdan o‘sishga erishilgan;
talabalarda stressga barqarorlik va uning past yoki yuqori darajada namoyon bo‘lishiga ta’sir etuvchi determinantlar, xususan, o‘ziga adekvat yoki noadekvat baho berish, o‘ziga ishonishning ortishi yoki pastligi, frustratsion to‘siqlarni engib o‘tishning darajasi, frustratsion tolerantlikning yuqori va past darajasi orasida o‘zaro musbat korrelyasion aloqalar empirik natijalar asosida aniqlanganligi haqidagi taklifi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi “Psixologiya” o‘quv markazining 1-son buyrug‘iga asosan “Psixogigiena” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 5 fevraldagi P-M-1a-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotda qo‘llanilishi natijasida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda stressga barqarorlik bo‘yicha ilmiy-metodik ta’minotning boyitilishiga erishilgan;
stressga barqarorlik namoyon bo‘lishiga ta’sir etuvchi koping xulq strategiyasining faol va passiv usullarini, xususan, “muammoni hal etish”, “ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni izlash”, “muammodan qochish” usullarini qo‘llashning mahalliy psixologik xususiyatlari, avvalo, yuzaga kelgan stress vaziyati bilan bog‘liq muammoni hal etishda kattalar o‘z farzandlarining muammolarini hal etishga o‘rgatib qo‘yganligi, stressga barqarorligi sust bo‘lgan talabalarda stress vaziyatlarda o‘zi harakat qilmasdan, boshqalarning yordamiga tayanishi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni izlashi, koping strategiyaning passiv usuli bo‘lgan muammodan qochish xulqiga murojaat qilishi bilan bog‘liq taklifdan Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi “Psixologiya” o‘quv markazining 1 - son buyrug‘iga asosan “Konsul`tativ psixologiya. Psixokorreksiya” modulidan o‘quv metodik majmua ishlab chiqishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 5 fevraldagi P-M-1a-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida stressga barqarorlikning namoyon bo‘lishini prognoz qilish imkoniyatlari kengaytirilgan va bo‘lg‘usi amaliy psixologlarning kelgusidagi amaliy faoliyatini samarali tashkil etish imkoniyatlarining oshirilishiga erishilgan;
talaba shaxsining kognitiv, affektiv, konativ, fiziologik sohalariga kompleks ta’sir etish orqali uning stressga barqarorligini oshirish imkoniyatini beruvchi korreksion dasturiy ta’minot takomillashtirilib, samaradorlik imkoniyatlari ilk bora o‘zining empirik tasdig‘ini topganligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1023-sonli buyrug‘iga asosan 5110900 - “Pedagogika va psixologiya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Psixologik trening asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 noyabrdagi 1023-sonli buyrug‘i, 1023-068 raqamli guvohnoma). Ushbu taklifning qo‘llanilishi natijasida bo‘lajak psixolog-talabalarning stressga barqarorligini oshirish bo‘yicha nazariy bilimlari takomillashtirilib, amaliy-kasbiy tayyorgarligini sifat jihatdan oshirish imkoniyati yaratilgan.