Ochilova Gulnoza Odilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yoshlardagi tadbirkorlik motivatsiyasiga oilaviy biznes ta’sirining gender xususiyatlari”, 19.00.05–Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/R161.
Ilmiy rahbar: Karimova Vasila Mamanosirovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Samarov Rustam Sadriddinovich, falsafa fanlari doktori, professor; Farfieva Komola Atxamdjanovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yoshlardagi tadbirkorlik motivatsiyasiga oilaviy biznes ta’sirini gender ustanovkalar bilan bog‘liqligini tadqiq etish asosida ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘spirinlik yoshidagi shaxslarda tadbirkorlik faoliyatiga nisbatan shakllanadigan ustanovkalarning mazmuni, kuchi va darajasi unga ta’sir qiladigan ijtimoiy muhitga, eng avvalo, oila muhitining sog‘lomligiga, undagi shaxslararo munosabatlar mazmuni bilan tadbirkorlik yo‘nalishining uyg‘unligiga, ota-onaning ibrat namunasi, avlodlararo kasb va hunarning vorislilik tendensiyalari asosida shakllangan motivatsiyalarga, oilaviy biznesning faoliyat turi sifatidagi samaradorligi va har bir oila a’zosining manfaatdorlik darajasiga bog‘liqligi ilmiy jihatdan sharhlab berilgan;
tadbirkorlikni tanlagan yoshlardagi motivatsion jihatlarning barqarorligi hamda ularning shaxs sifatlari hamda xulq motivlarida aks etishi natijasida namoyon bo‘ladigan shaxslilik fazilatlari (maqsad yo‘lida sobitlik, ko‘makni qabul qilish, obro‘lilarni tan olish, empatiya, affiliatsiya, g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga moyillik kabilar) ilk o‘spirinlarda tadbirkorlikni tanlashiga bog‘liqligi empirik natijalar asosida aniqlangan;
farzandlarning tadbirkorlikka moyilligi va ishbilarmonlik motivatsiyasining yo‘nalishlari ota-onadagi umumiy ijtimoiy ustanovkalardan tashqari ulardagi gender ustanovkalarga ham bog‘liqligi yigit va qizlar tadbirkorlik xulqida o‘ziga xos shaxslilik sifatlarida namoyon bo‘lishi, ya’ni, yigitlarda muvaffaqiyatga erishish, g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, agressiya, avtonomiya kabi sifatlarda, qizlarda esa onaga taqlid tufayli affilyasiya, tartib intizomni afzal ko‘rish, ustunlikka intilish, namoyishkoronalik, jozibalilik kabilarning yaqqolroq namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq ekanligi tasdiqlangan;
oilaviy biznes to‘g‘risidagi tasavvurlar va tadbirkorlik faoliyati motivatsiyasining yoshlardagi shaxslilik fazilatlaridan tashqari uning o‘ziga va gender ustanovkalariga mos adekvat munosabati xarakteridan kelib chiqishi ilk marotaba o‘z empirik tasdig‘ini topgan, shunga mos tarzda amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yoshlardagi tadbirkorlik motivatsiyasiga oilaviy biznes ta’sirining gender xususiyatlarini o‘rganish yuzasidan olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
o‘spirinlik yoshidagi shaxslarda tadbirkorlik faoliyatiga nisbatan shakllanadigan ustanovkalarning mazmuni, kuchi va darajasi unga ta’sir qiladigan ijtimoiy muhitga, eng avvalo, oila muhitining sog‘lomligiga, undagi shaxslararo munosabatlar mazmuni bilan tadbirkorlik yo‘nalishining uyg‘unligiga, ota-onaning ibrat namunasi, avlodlararo kasb va hunarning vorislilik tendensiyalari asosida shakllangan motivatsiyalarga, oilaviy biznesning faoliyat turi sifatidagi samaradorligi va har bir oila a’zosining manfaatdorlik darajasiga bog‘liqligini asoslovchi taklif va tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 1-sonli buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Oila psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 5 fevraldagi P-M-1b-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarning bo‘yicha kasbiy tayyorgarlik darajasi sifat jihatdan takomillashtirilgan va o‘quv jarayonlarini samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
tadbirkorlikni tanlagan yoshlardagi motivatsion jihatlarning barqarorligi hamda ularning shaxs sifatlari hamda xulq motivlarida aks etishi natijasida namoyon bo‘ladigan shaxslilik fazilatlari (maqsad yo‘lida sobitlik, ko‘makni qabul qilish, obro‘lilarni tan olish, empatiya, affiliatsiya, g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga moyillik kabilar) ilk o‘spirinlarda tadbirkorlikni tanlashiga bog‘liq ekanligini asoslovchi takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 1-sonli buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Umumiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 5 fevraldagi P-M-1b-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning qo‘llanilishi natijasida bo‘lg‘usi psixologlarning oilaviy tadbirkorlik bo‘yicha kelgusidagi amaliy faoliyatini samarali tashkil etish imkoniyatlarini oshirishga xizmat qilgan;
oilada farzandlarning tadbirkorlikka moyilligi va ishbilarmonlik motivatsiyasining yo‘nalishlari ota-onadagi umumiy ijtimoiy ustanovkalardan tashqari ulardagi gender ustanovkalarga ham bog‘liqligi yigit va qizlar tadbirkorlik xulqida o‘ziga xos shaxslilik sifatlarida namoyon bo‘lishi, ya’ni, yigitlarda muvaffaqiyatga erishish, g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, agressiya, avtonomiya kabi sifatlarda, qizlarda esa onaga taqlid tufayli affilyasiya, tartib intizomni afzal ko‘rish, ustunlikka intilish, namoyishkoronalik, jozibalilik kabilarning yaqqolroq namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq ekanligiga doir takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 1-sonli buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Boshqaruv va marketing psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 5 fevraldagi P-M-1b-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida bo‘lg‘usi psixologlarning tadbirkorlik motivatsiyasi bo‘yicha pozitiv ijtimoiy-iqtisodiy qarashlari samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
oilaviy biznes to‘g‘risidagi tasavvurlar va tadbirkorlik faoliyati motivatsiyasining yoshlardagi shaxslilik fazilatlaridan tashqari uning o‘ziga va gender ustanovkalariga mos adekvat munosabati xarakteridan kelib chiqishi yuzasidan empirik tasdiqlangan va shunga mos tarzda ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 oktyabrdagi 892-sonli buyrug‘iga asosan 5230100 – iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), 5111000 - Kasb ta’limi (iqtisodiyot), 5230200 - menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), 5230400 - marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Pedagogika. Psixologiya” nomli o‘quv qo‘llanmadagi mavzular mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 oktyabrdagi 892-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 892-209-raqamli guvohnoma). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida bo‘lajak psixologlarning kasbiy tayyorgarligini sifat jihatdan takomillashtirish imkoniyati yaratilgan va o‘quv uslubiy ta’minoti ma’lumotlar bazasini takomillashtirishga xizmat qilgan.