Bozorov Ruslan Xamdamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklari moliyaviy barqarorligini ta’minlashni takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt948.
Ilmiy rahbar: Bekmurodov Adxam Sharipovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Omonov Akrom Abdinazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Eshov Mansur Pulatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Aksiyadorlik tijorat «Aloqabank».
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklari moliyaviy barqarorligini ta’minlashni takomillashtirishga oid ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bank aktivlari sifatini oshirish, muammoli kreditlarni samarali boshqarish, bankning samarasiz xarajatlarini kamaytirish orqali bank aktivlari rentabelligi (ROA) ko‘rsatkichini oshirish asosida tijorat banklari aktivlari optimal tarkibini shakllantirish imkoniyatlari asoslangan;
davlat ulushi mavjud bo‘lgan tijorat banklari moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida ular resurs mablag‘larini mustaqil ravishda jalb etishi maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan;
tijorat banklari kreditlari bo‘yicha yaratilgan ehtimoliy yo‘qotishlar zaxirasi miqdorining bank o‘rtacha aktivlariga nisbati, bank rentabellik ko‘rsatkichlari hamda sof foizli marja me’yoriy talablarini bajarishi ularning moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga xizmat qilishi asoslab berilgan;
tijorat banklari tomonidan investisiya loyihalarini moliyalashtirish, ularning texnik-iqtisodiy asosnomasini tahlil qilish, sof joriy qiymat (NPV)ni aniqlash, kredit bo‘yicha bank foiz stavkasining yuqori chegarasini ko‘rsatadigan foydaning ichki me’yori (IRR)ni hisoblash usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tijorat banklari moliyaviy barqarorligini ta’minlashni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
tijorat banklari aktivlari sifatini oshirish, muammoli kreditlarni samarali boshqarish, bankning samarasiz xarajatlarini kamaytirish bilan bog‘liq takliflar “O‘zbekiston sanoat-qurilish banki” ATB Kengashining 2018 yil 24 yanvardagi 4/2018-sonli qarorida inobatga olingan (“O‘zbekiston sanoat-qurilish banki” ATBning 2020 yil 19 fevraldagi 01-07/1082-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida 2018 yilga nisbatan bank aktivlari rentabelligi darajasi 0,3 foizli punktga, bank sof foydasi miqdori esa 85,7 mlrd.so‘mga oshgan;
tijorat banklari aksionerlik kapitalini bank aktivlari umumiy summasiga nisbatini Bazel` tavsiyalaridan kam bo‘lmagan miqdoriga erishish, banklar kapitallashuv darajasini uning aktivlari o‘sish miqdoridan kam bo‘lmagan darajada oshirib borish orqali bank kapitali rentabellik ko‘rsatkichini oshirish taklifi “O‘zbekiston sanoat-qurilish banki” ATB Kengashining 2018 yil 24 yanvardagi 4/2018-sonli qarorida inobatga olingan (“O‘zbekiston sanoat-qurilish banki” ATBning 2020 yil 19 fevraldagi 01-07/1082-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zsanoatqurilishbank” kapitali rentabelligi ko‘rsatkichi (ROE) 2018 yilga nisbatan 0,7 punktga, bank kapitali hajmini 424,9 mlrd. so‘mga oshgan;
tijorat banklari tomonidan investisiya loyihalarini moliyalashtirish, ularning texnik-iqtisodiy asosnomasini tahlil qilish, bir necha bosqichda moliyalashtirishni talab etadigan loyiha bo‘yicha sof joriy qiymat (NPV)ni aniqlashni takomillashtirilgan hisoblash usulini joriy etish taklifi “Turonbank” ATB Kengashining 2017 yil 21 dekabridagi K-150-sonli qarori bilan 2018 yil uchun ishlab chiqilgan “Investisiya siyosati”ga kiritilgan (“Turonbank” ATBning 2020 yil 13 fevraldagi 11/02-79-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bank aktivlari tarkibida investisiyalar hajmi oldingi yilga nisbatan 1,2 barobarga oshib, 2018 yil 1 oktyabr` holatiga 40,3 mlrd. so‘mni tashkil etgan;
olinayotgan kredit bo‘yicha bank foiz stavkasining yuqori chegarasini ko‘rsatadigan foydaning ichki me’yori (IRR)ni aniqlashni takomillashtirilgan hisoblash usulini joriy etish taklifi “Turonbank” ATB tomonidan “Turonbank” ATB Kengashining 2017 yil 21 dekabridagi K-150-sonli qarori bilan 2018 yil uchun ishlab chiqilgan “Investisiya siyosati”ga kiritilgan (“Turonbank” ATBning 2020 yil 13 fevraldagi 11/02-79-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida investisiyalardan olingan foyda va dividendlar oldingi yilga nisbatan 13,5 barobarga oshib, 2018 yil 1 oktyabr` holatiga 6,1 mlrd. so‘mni tashkil etgan.