Abduganieva Djamilya Rustamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Til OTMlar talabalarini ketma-ket tarjimaga o‘rgatishning lingvodidaktik xususiyatlari”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped243. 
Ilmiy rahbar:  Qulmamatov Do‘smamat Sattarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01. 
Rasmiy opponentlar: To‘xtasinov Ilxom Madaminovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Nazarova Madina Ataxanovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi til OTM talabalarini ketma-ket tarjimaga o‘rgatishning lingvodidaktik xususiyatlarini aniqlash hamda ona tilidan ingliz tiliga va ingliz tilidan ona tiliga ketma-ket tarjimani o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sinxron va ketma-ket tarjimaning umumiy, farqli (tasnif, vaqt intervali, jihozlanish, tarjimonlik faoliyati, xatti-harakat, kommunikatsiya) va o‘xshash (shakl, o‘zlashtirish, taqqoslash, real kommunikatsiya, ko‘nikmalar umumiyligi) xususiyatlari tarjima sifatini baholash darajalari (mikro, mezo va makro darajalari) orqali aniqlangan;
ketma-ket tarjimaga o‘qitishning o‘ziga xos lingvodidaktik xususiyatlari (pragmatik, leksik-semantik, kommunikativ, psixofiziologik, sotsio-madaniy, texnik) talabalarning psixofiziologik ma’lumotlarini (nutqning balandligi va aniqligi, stressli vaziyatlarga bardoshligi, asosiy iboralarni operativ xotirada saqlash va boshqalar) rivojlantirish orqali aniqlangan;
nutq ko‘nikmalarining lingvistik, psixologik va texnik qiyinchiliklari vaziyatli omillar bo‘yicha ketma-ket (boshlang‘ich, kalitli, o‘tish, sintez, yakuniy) tarjimaning bosqichlari orqali aniqlangan;
ona tilidan ingliz tiliga va ingliz tilidan ona tiliga ikki tomonlama ketma-ket tarjimani o‘qitish metodikasi maqsadli maxsus matnlarni tanlash va vaziyatli tahlil metodi asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Til OTM talabalarini ketma-ket tarjimaga o‘rgatishning lingvodidaktik xususiyatlari yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflari asosida:
sinxron va ketma-ket tarjimaning umumiy, farqli va o‘xshash xususiyatlari bo‘yicha ilmiy yangiliklardan “Olimpiya Shon-shuhrat muzeyi” gid-tarjimonlari uchun ketma-ket tarjima bo‘yicha trening maxsus materiallarini tayyorlashda foydalanilgan (Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 6 iyuldagi 02-07-08-1926-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarjimonlar uchun ketma-ket tarjima mazmunidagi trening mashg‘ulotlari ishlanmasi ishlab chiqilib, mikro, mezo va makro darajada tarjima sifatini yanada aniq baholash va ketma-ket tarjimaning sifatini oshirish imkoniyati yaratilgan; 
talabalarning psixofiziologik ma’lumotlarini rivojlantirish orqali aniqlangan ketma-ket tarjimaga o‘qitishning o‘ziga xos lingvodidaktik xususiyatlaridan A-1-209 raqamli “Madaniyatlararo va kommunikativ yondashuv nigohida magistratura mutaxassisligi (ingliz tili) bo‘yicha nazariy fanlardan ingliz tilida darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratish va o‘zbekcha-inglizcha-ruscha lingvistik terminlar lug‘atini tuzish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 18 noyabrdagi 89-03-4459-son ma’lumotnomasi). Natijada, ketma-ket tarjima jarayonining bosqichlari takomillashuvi asosida tarjima sifatini oshirish va uni baholash imkoniyatlari kengaytirilgan;
ketma-ket tarjimaning bosqichlari orqali aniqlangan nutq ko‘nikmalarining lingvistik, psixologik va texnik qiyinchiliklari vaziyatli omillarga oid materiallar 6.1.Tarjima qilish va o‘qitishning zamonaviy tendensiyalari modulini takomillashtirishda foydalanilgan (Chet tillarni o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazining 2020 yil 8 iyundagi 10-05/65-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogik kadrlarning malakasini oshirish kurslari mashg‘ulotlari mazmunan boyitilgan;
maqsadli maxsus matnlarni tanlash va vaziyatli tahlil metodi asosida takomillashtirilgan ona tilidan ingliz tiliga va ingliz tilidan ona tiliga ikki tomonlama ketma-ket tarjimani o‘qitish metodikasi bo‘yicha takliflardan Turizm bo‘yicha davlat qo‘mitasi tizimidagi gid-tarjimonlar va ekskursovodlar kasbiy faoliyatini metodik ta’minlash materiallarini tayyorlashda foydalanildi (Turizm bo‘yicha davlat qo‘mitasining 2019 yil 11 oktyabrdagi 02-22/7465-son ma’lumotnomasi). Natijada, gid-tarjimonlarni ketma-ket tarjimaga o‘qitishning metodik ta’minoti boyitilgan hamda gid-tarjimonlar va ekskursovodlar kasbiy faoliyati natijadorligini oshirish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish