Atajanova Gulbaxar Yusupovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Milliy auditoriyalarda rus tilini o‘rgatishda innovatsion texnologiyalarni  qo‘llash va uni takomillashtirish», 13.00.02 – «Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi» (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Ped1182.
Ilmiy rahbari: Karlibaeva Gulmira Ermekbaevna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq  davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlar:  Raximov Baxtiyor Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori; Tilegenov Askarbay Tolegenovich, pedagogika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim. 
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy auditoriyada rus tilini o‘qitishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash va uni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy auditoriya talabalarining o‘qituvchi kasbiy faoliyati samaradorligi va maqbulligini ta’minlashning pedagogik-psixologik xususiyatlari (kognitiv, kreativ) produktiv faoliyatni tashkil etishning integrativlik tamoyilini kasbiy kompetensiyalar tizimiga induktiv joriy etish asosida aniqlashtirilgan;  
milliy auditoriya talabalarining bo‘lajak kasbiy faoliyati samaradorligini (yorqin ifodalangan reduksiya, rivojlangan flektivlik, murakkab orfografiya, qat’iy orfografik va punktuatsion me’yorlarga muvofiq kelmaydigan til hodisalari) ta’minlovchi kasbga yo‘naltirilgan holda o‘qitish tamoyillari asosida takomillashtirilgan; 
milliy auditoriyalardagi rus tili o‘qituvchining metodik kompetentliligi (axborot, kommunikativ, kasbiy) rivojlantirish omillarini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
milliy auditoriyalarda o‘zaro hamkorlik muhitini shakllantirishga yo‘naltirilgan interfaol metodlar (WebQuest, intellekt-karta, turist va gid) o‘quv jarayonidagi motivatsion faoliyat shakllarining integratsiyalashuviga ko‘ra takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Milliy auditoriyada rus tilini o‘rgatishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash va uni takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
milliy auditoriya talabalarining o‘qituvchi kasbiy faoliyati samaradorligi va maqbulligini ta’minlashning pedagogik-psixologik xususiyatlari produktiv faoliyatni tashkil etishning integrativlik tamoyilini kasbiy kompetensiyalar tizimiga induktiv joriy etish asosida aniqlashtirishga doir takliflardan pedagogika ta’lim sohasi Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 iyundagi 89-03-2096-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar ta’limda rus tili fani mazmuni kasbiy kompetensiyalar tizimiga asoslangan holda ishlab chiqishga xizmat qilgan;
milliy auditoriya talabalarining bo‘lajak kasbiy faoliyati samaradorligini ta’minlovchi kasbga yo‘naltirilgan holda o‘qitish tamoyillari asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan PZ-20170930309 raqamli «Qoraqalpoq fol`klori tilining adabiy til rivojiga ta’siri masalasi» va I1-XT-0-17222 raqamli «Qoraqalpoq milliy mentalitetining o‘quvchi yoshlarga singdirishda xalq pedagogikasi imkoniyatlaridan foydalanish» mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 iyundagi 89-03-2096-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy auditoriyada rus tilini o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan  foydalanish va ularni o‘quv jarayoniga qo‘llay bilish malakasini rivojlantirishga erishilgan;
milliy auditoriyada rus tilini o‘qitishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash va uni takomillashtirish didaktik ta’minotini (masofaviy ta’lim kontenti, kognitiv topshiriqlar, o‘quv loyihalari) takomillashtirish, talabalarning individual ta’lim traektoriyasini belgilashga xizmat qiluvchi mustaqil-ijodiy faoliyat jarayonlarini tadqiqotchilikka doir kompetensiyalarga muvofiq tizimlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan F1-FA-0-13229 raqamli «Hozirgi zamon qoraqalpoq adabiy tilida funksional so‘z yasalish» (2012-2016 yy.) loyihasi natijalarini amaliyotga tadbiq etishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 iyundagi 89-03-2096-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy auditoriya talabalarining rus tilini o‘zlashtirishida ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan o‘qitish samaradorligini oshirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish