Muqimova Davlatxon Karimovnaning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shudgorlangan erlarga izma-iz ishlov berishda qo‘llaniladigan kombinatsiyalashgan mashinaning diskli g‘altakmolalari parametrlarini asoslash», 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T216.
Ilmiy rahbar: To‘xtaqo‘ziev Abdusalim, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/13.05.2020.T.112.01.
Rasmiy opponentlar: Mansurov Muxtorjon Toxirjonovich, texnika fanlari doktori; Xushvaqtov Botir Voxidovich, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: «BMKB-Agromash» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yangi shudgorlangan erlarga izma-iz ishlov beradigan kombinatsiyalashgan mashina diskli g‘altakmolalarining agrotexnika talablari darajasidagi ish sifatini kam energiya sarflagan holda ta’minlaydigan parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kombinatsiyalashgan mashina diskli g‘altakmolalarining ramada joylashish sxemasi ishlab chiqilgan va ularning texnologik ish jarayoni asoslangan;
diskli g‘altakmolalarning parametrlarini aniqlash imkonini beradigan analitik ifodalar olingan va tuproqning fizik-mexanik xossalari hamda agregat harakat tezligini hisobga olgan holda ularning o‘zgarish chegaralari aniqlangan;
diskli g‘altakmolalarga beriladigan tik yuklanish ularni tuproqqa belgilangan chuqurlikka botishi ta’minlanishi va agregatning harakat tezligi hisobga olingan holda aniqlangan;
eksperimental tadqiqotlar asosida diskli g‘altakmolalar ish sifati va tortishga qarshiligini ularning parametrlari va ish tezligiga bog‘liq ravishda o‘zgarish qonuniyatlarini ifodalovchi empirik formulalar va regressiya tenglamalari olingan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Respublikamiz tuproq-iqlim sharoitida shudgorlangan erlarni ekishga tayyorlashda qo‘llaniladigan kombinatsiyalashgan mashina diskli g‘altakmolalarining parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
asoslangan parametrlarga ega bo‘lgan diskli g‘altakmolalar bilan jihozlangan kombinatsiyalashgan mashina tomonidan erlarga ekishdan oldin ishlov berish texnologik jarayoni bajarilishining sifat ko‘rsatkichlarini baholashga doir dastlabki talablar va uning konstruksiyasini loyihalash uchun texnik topshiriq ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 21 maydagi 02/023-1463-son ma’lumotnomasi). Natijada, shudgorlangan dala yuzasida mayin va talab darajasida zichlangan tuproq qatlamini hosil qilish imkonini beradigan kombinatsiyalashgan mashina yaratilgan;
shudgorlangan erlarni ekishga tayyorlash uchun ishlab chiqilgan diskli g‘altakmolalar bilan jihozlangan kombinatsiyalashgan mashinaning tajriba nusxasi Andijon viloyati Asaka tumani hamda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 21 maydagi 02/023-1463-son ma’lumotnomasi). Natijada, shudgorlangan erlarni ekishga tayyorlashda mehnat sarfini 34,4 foizga va har bir gektar ishlov berilgan maydonga sarflanadigan ekspluatatsion xarajatlarni 38,0 foizga kamaygan; 
ishlab chiqilgan diskli g‘atakmolalar bilan jihozlangan kombinatsiyalashgan mashinaning sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (texnikaviy shartlar va chizmalar) «BMKB-Agromash» AJda loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 21 maydagi 02/023-1463-son ma’lumotnomasi). Natijada, asoslangan parametrlarga ega bo‘lgan diskli g‘altakmolalar bilan jihozlangan kombinatsiyalashgan mashinani ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish