Axmedov Akbarali Sultonmurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklari aktivlarini sek`yuritizatsiyalash amaliyotini rivojlantirish yo‘llari», 08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Iqt154.
Ilmiy rahbar: Karimov Narboy Ganievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Iminov Odiljon Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nosirov Egamqul Ismoilovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «Asaka» aksiyadorlik tijorat banki.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklari aktivlarini sek`yuritizatsiyalash amaliyotini joriy etish va rivojlantirishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aktivlarni sek`yuritizatsiyalash doirasida bank-originator, qarz oluvchi va investorlar o‘rtasidagi qarz munosabatlarini o‘z ichiga olgan “Bank aktivlarini balansli sek`yuritizatsiyalash bitimi sxemasi” ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston bank tizimida aktivlarni sek`yuritizatsiyalash doirasida emissiya qilingan moliyaviy derivativlar kredit riskini boshqa shaxsga o‘tkazish imkonini beruvchi vositalar ekanligi asoslangan;
bank aktivlarini sek`yuritizatsiyalash jarayonida yagona maqsadli yo‘nalishga ega bo‘lgan sub’ektlar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘zida namoyon etuvchi, sek`yuritizatsiyalash jarayonining tuzilmaviy mexanizmi ishlab chiqilgan;
xalqaro tajribalarga asoslangan holda moliya-bank tizimini yanada barqaror rivojlantirish uchun moliyaviy innovatsiyalardan foydalanish maqsadida samarali vosita sifatida qo‘llaniluvchi derivativlar guruhi emissiyasi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tijorat banklari aktivlarini sek`yuritizatsiyalash amaliyotini rivojlantirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qarz oluvchilarga kreditlar berish, kreditlar bo‘yicha kelgusi tushumlar bilan ta’minlangan qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va joylashtirish, investorlar tomonidan qabul qilingan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish, qarz oluvchi tomonidan kredit bo‘yicha hisoblangan foizlar va asosiy qarzlarning bir qismini to‘lash, kupon daromadlari bo‘yicha to‘lash va qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymatini qisman qoplash, bank bankrot bo‘lgan hollarda kreditlar bo‘yicha talab huquqlarini investorga berish jarayonini o‘z ichiga olgan bitimini shakllantirish sxemasi «Turonbank» aksiyadorlik tijorat banki amaliyotiga joriy etilgan («Turonbank» aksiyadorlik tijorat bankining 2019 yil 4 noyabrdagi 11/03-451-son ma’lumotnomasi). Natijada, emitent bankrot bo‘lgan vaqtda aktivlarga nisbatan obligatsiya egasining birinchi navbatdagi talablarini kafolatlashning uslubiy asoslarini ishlab chiqish imkoniyati yuzaga kelgan;
aktivlarni sek`yuritizatsiyalash doirasida emissiya qilinadigan moliyaviy derivativlar asosida kredit riskini boshqa shaxsga o‘tkazishning zamonaviy moliyaviy mexanizmini tatbiq etish va kredit riskini jilovlash uslubiyotining tipologiyasi bo‘yicha taklif «Turonbank» aksiyadorlik tijorat banki amaliyotiga joriy etilgan («Turonbank» aksiyadorlik tijorat bankining 2019 yil 4 noyabrdagi 11/03-451-son ma’lumotnomasi). Natijada, kredit derivativlari va bank aktivlarini sek`yuritizatsiyalashning o‘zaro o‘xshash xususiyatlarini o‘rganish asosida, bank nazorati bo‘yicha Bazel` qo‘mitasi taklif etgan boshqarish vositalari tipologiyasini chuqurroq izohlash imkoniyatini bergan;
bank aktivlarini sek`yuritizatsiyalash jarayonida yagona maqsadli yo‘nalishga ega bo‘lgan sub’ektlar o‘rtasidagi munosabatlarni sek`yuritizatsiyalash jarayonining tuzilmaviy mexanizmi asosida tashkil etish taklif «Turonbank» aksiyadorlik tijorat banki amaliyotiga joriy etilgan («Turonbank» aksiyadorlik tijorat bankining 2019 yil 4 noyabrdagi 11/03-451-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu bank aktivlarini sek`yuritizatsiyalash bilan bog‘liq umumiy maqsadga ega kompleks ishtirokchilar guruhi asosida sek`yuritizatsiya amaliyotini yo‘lga qo‘yish imkoniyatini bergan;
mamlakatimizda xalqaro tajribalarga asoslangan holda moliya-bank tizimini yanada barqaror rivojlantirish uchun moliyaviy innovatsiyalardan foydalanish, ularga doir axborot shaffofligini ta’minlash va uni tartibga solishning samarali mexanizmini shakllantirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2019 yil 30 dekabrdagi 1761/03-28-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu respublikadagi davlat ishtirokidagi tijorat banklari faoliyatining samaradorligi va axborot shaffofligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va joriy etish imkonini bergan.