Ekabsons Aleksandra Valer`evnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XX-XXI asrlar zamonaviy rus dramaturgiyasida zamon va makon” 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tillari va adabiyoti (filologiya fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fil465.
Ilmiy rahbar: Kamilova Saodat Ergashevna, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Petruxina Natal`ya Mixaylovna, filologiya fanlari doktori; Ermolin Evgeniy Anatol`evich, filologiya fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy rus dramaturgiyasi asarlarining o‘ziga xos xususiyatlarini "zamon" va "makon" shakliy-mazmuniy kategoriyalari aspektida ifodalanishini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX-XXI asrlar chegarasidagi dramaturgiya taraqqiyotining giperrealizm, yangicha iqror dramaturgiyasi (qahramon monologi va muallif izohi), avangard drama, verbatim-teatr (xotira makoni), remeyk-teatr (ichki va tashqi makonning o‘zaro qarama-qarshiligi) singari tendensiyalarning tasnifi ishlab chiqilgan;
dramaturgiyada makon va zamon birligi nazariyasi rivojlanishining dialogik munosabatlarida konseptual xronotop (tasvir va asar syujeti), perseptual xronotop (anglatish funksiyasi), oneyrik xronotop (tafakkur oqimi) kabi bosqichlari tasniflangan;
makon va zamon birligida borliqni anglash tushunchalari orqali XX-XXI asrlar chegarasidagi dramaturgiyadagi tragediya, melodrama, komediya kabi janriy transformatsiyalari dalillangan;
XX-XXI asrlar chegarasidagi zamonaviy dramaturgiya o‘ziga xos, murakkab hodisa ekanligi, hozirgi adabiy jarayonning an’anaviy va avangard yo‘nalishlari kabi xususiyatlari bilan bog‘liqligi asoslangan;
XX-XXI asrlar chegarasi zamonaviy dramaturgiyasi murakkab, ko‘p tarkibli, zamonaviy adabiy jarayon rivojlanishining o‘ziga xosliklari bilan shartlangan hodisa ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Dissertatsiyada ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosa, tavsiya va ishlanmalar buyicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
O‘zbekiston milliy teleradiokanali "Madaniy-ma’rifiy, badiiy eshittirishlar" DUK efirida quyidagi mavzular bo‘yicha ko‘rsatuvlar siklini tayyorlash va o‘tkazishda foydalanildi: "XX asr oxiri – XXI asr boshidagi dramaturgiya rivojlanishining asosiy tamoyillari (18.05.2019)"; "Zamonaviy adabiy tanqidda makon va zamonning nazariy jihatlari" (29.06.2019), "Yangi drama: Evgeniy Palexovning pesalari" (06.06.2019 y.) ( O‘zMTRK "O‘zbekiston" teleradiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy, badiiy teleeshittirishlar” muharririyatining 2019 yil 21 iyundagi O‘z/R-S-137 - son ma’lumotnomasi). Dissertatsiyaning ilmiy natijalaridan foydalanish televizion va radioeshittirishlar mazmunini yangi ma’lumotlar bilan boyitishga va tinglovchilarda madaniy bag‘rikenglik hissini tarbiyalashga imkon bergan;
bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv kurslarida 45.03.01 "Filologiya" akademik S.P. Korolev nomidagi Samara davlat milliy tadqiqot universiteti va NG KAF RFBRning "A. Tolstoyning "Qiynoq ustida yurish" trilogiyasi: Samara dovoni" nomli fundamental loyihasida Ivan Viripaevning «Kislorod» asaridagi badiiy makon, XX-XXI asrlar chegarasida “Yangi drama” poetikasida lokal-temporal kontinuumning qayta tiklanishi tamoyillaridan foydalanilgan (Akademik S. P. Korolev nomidagi Samara davlat milliy tadqiqot universitetining 2019 yil 21 iyundagi 1567/7 - son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyaning asosiy xulosalari bakalavriyat yo‘nalishi va magistratura mutaxasisliklari uchun zamonaviy dramaturgiya muammolari bo‘yicha ma’ruza matnlarining mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
dissertatsiya natijalaridan "O‘zbekiston" teleradiokanalining o‘zbek dramasi namoyondalari faoliyatiga bag‘ishlangan "Adabiy jarayon" hamda "Sahna va ekran" dasturlarining ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan ("O‘zbekiston" Milliy teleradiokanali 2020 yil 20 yanvardagi 04-25-234-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiyotshunoslikning ustivor yo‘nalishlariga muvofiq dastur yuqori professional darajada tayyorlangan va tinglovchilarda O‘zbekistondagi adabiy jarayon haqida g‘oyalarni shakllantirishga xizmat qilgan;
ilmiy ish natijalari Belorusiya davlat universiteti filologiya fakul`tetining o‘quv jarayoniga kiritilgan (2019 yil 14 yanvardagi BSU-0920-54/4 - son ma’lumotnomasi). Natijada, zamonaviy rus dramaturgiyasining rivojlanish tendensiyasi, zamonaviy dramaturgiyada janr o‘zgarishi, dramatik matnni tahlil qilish tizimi sifatida intuitiv yadro haqidagi ilmiy xulosalarga muvofiq Belorusiya davlat universitetining filologiya fakul`tetida "Zamonaviy dramaturgiya" maxsus kursi mazmuni takomillashtirilgan va boyitilgan;
tadqiqotning hozirgi adabiy jarayonda drama turining o‘ziga xosliklari yuzasidan chiqarilgan ilmiy xulosalar Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti jurnalistika fakul`teti o‘quv jarayoniga kiritilgan (MDUning 2019 yil 30 yanvardagi 215 - son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy adabiy jarayonda dramatik janrning o‘ziga xos xususiyatlarini va yangi turdagi zamonaviy qahramon obrazini aniqlashga erishilgan.