Yunusxodjaeva Xamida Ganisherovnaning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Gidrolizlangan paxta lignini asosida enterosorbentlarni ishlab chiqish va ularning farmako-texnologik xossalarini aniqlash», 15.00.01–Dori texnologiyasi va farmatsevtika ishlarini tashkil etish (farmatsevtika fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /Guvohnoma, LA 0006063/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 28.04.2016/B2016.2.Far33.
Ilmiy maslahatchi: Ismailova Moxinur Gafurovna, farmatsevtika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, 14.07.2016.Far.21.01.
Rasmiy opponentlar: Maxatov Bauirjan Kaljanovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Cadikov Turgun, texnika fanlari doktori; Sagdullaev Baxodir Taxirovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta chigit qobig‘ining gidrolizlangan lignini asosida tibbiyot amaliyotida qo‘llashga mo‘ljallangan sorbent olishning samarali texnologiyasi va uning dori shakllarining optimal tarkibi, texnologiyasi hamda standartlash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor paxta chigit qobig‘ining gidrolizlangan ligninidan «Zerotoks» tibbiy sorbentini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan, uning adsorbsion, fizik-kimyoviy va farmakologik xususiyatlari aniqlangan;
sorbentlar samaradorligi ularning rivojlangan g‘ovakli tuzilishi va sorbentning yuzasida joylashgan funksional guruhlar tomonidan bajariladigan xemosorbsiya jarayonlari hisobiga amalga oshishi isbotlangan;
sashe-paketlardagi «Zerotoks Neo» enterosorbent kukunini olishni optimal texnologiyasi ishlab chiqilgan va fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari aniqlangan;
tajribani matematik modellashtirish usuli yordamida hamda substansiyaning texnologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda «Zerotoks Neo» tabletkalarini muqobil tarkibi va olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
tabletkalar tarkibiga laktuloza (sintetik disaxarid) komponentini qo‘shish yo‘li bilan nojo‘ya ta’sirlari cheklangan «Zerotoks-L» tabletkalarni ilmiy asoslangan tarkibi tanlangan va olishni samarali texnologiyasi ishlab chiqilgan;
ilk bor «Zerotoks Neo» enterosorbentning kapsula dori shakli texnologiyasi va standartlash usullari iishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Gidrolizlangan ligninli sorbent va uning dori shakllari hamda sifat nazorati va standartlash usullarini ishlab chiqish asosida:
tibbiyotda qo‘llashga mo‘ljallangan sorbentni olish usuligaO‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentliginingixtiroga patenti (01.01.2014 y., №IAP 04946) olingan. Ilmiy tadqiqot natijasida olingan ligninli enterosorbent organizmning intoksikatsiyasi bilan kechuvchi turli xil patologik holatlarni davolash imkonini beradi;
«Zerotoks» ligninli enterosorbent substansiyasini O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy tadqiqot instituti tajriba-sanoat uchastkasi bazasida seriyali ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan (FM 42 O‘z-2061-2015). Substansiya ishlab chiqarishni tashkil etish va qo‘llash uchun qulay bo‘lgan zamonaviy dori shakllarini olish imkonini beradi;
quyidagi preparatlar: «Zerotoks» enterosorbenti (FM 42 O‘z-2061-2015, 12/135/17-sonli ro‘yxatga olish guvohnomasi), «Zerotoks Neo» enterosorbent kapsulalari (KFM 42 O‘z-22175941-2820-2015, 00550/12/15-sonli ro‘yxatga olish guvohnomasi), sashe-paketlardagi «Zerotoks Neo» enterosorbent kukuni
(KFM 42 O‘z-22175941-2821-2015, 00551/12/15-sonli ro‘yxatga olish guvohnomasi) uchun Farmakopeya maqolalari ishlab chiqilgan va Sog‘liqni saqlash vazirligining Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan. Ushbu preparatlarning sanoat miqiyosida ishlab chiqarilishi import hajmini qisqartirib, bir qator tibbiy, ijtimoiy va ekologik muammolarni hal qilish imkonini beradi.