Abdikarimova Sayyora Sapaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zamonaviy o‘zbek oilasi etnoan’analarida transformatsiya jarayonlari», 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fal312.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02. 
Ilmiy rahbar: Xajieva Maksuda Sultanovna, falsafa fanlari doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar: Husainova Abira Amanovna falsafa fanlari doktori, professor, G‘aybullaev Otabek Muhammadievich falsafa fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy o‘zbek oilasi etnoan’analarining funksional xususiyatlarini, oilaviy munosabatlarni mustahkamlashdagi o‘rni va transformatsiya jarayonlarini o‘rganishdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
etnoan’analarning oila institutining shakllanishi, tuzilishi, sinxron (qarindoshlar yaqinligi) va diaxron (ikki va va undan ko‘p avlodlar o‘rtasidagi) aloqalarga ta’siri aniq sotsiologik kuzatuvlar bilan asoslangan;
o‘zbek oilalarida etnoan’analarga tayanishning milliy xususiyatlari ularning oiladagi o‘zaro hurmat, ahillilik va insonparvarlik kabi qadriyatlarlarga integrativ, kognitiv, funksional va regulyativ ta’siri ko‘rsatilgan;
o‘zbek oilasidagi etnoan’analariga axloqiy imperativlik, boshqaruvchanlik, kreativlik va didaktiv ta’sir xosligi, ularning oilaviy munosabatlarda alohida o‘rin tutishi ochib berilgan;
zamonaviy o‘zbek oilasi etnoan’nalarida, turmush tarzi, diaxron va sinxron aloqalari, ijtimoiy-tarbiyaviy funksiyalarida kechayotgan transformatsion o‘zgarishlarning mohiyati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Zamonaviy o‘zbek  oilasi  etnoan’analarida transformatsiya jarayonlariga oid ilmiy natijalar asosida:
etnoan’analarning oila institutining shakllanishi, tuzilishi, sinxron (qarindoshlar yaqinligi) va diaxron (ikki va va undan ko‘p avlodlar o‘rtasidagi) aloqalarga ta’siriga doir taklif va tavsiyalaridan Xorazm viloyati xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlovchi “Hamdard” ayollar markazining 2017-2019 yillarga mo‘ljallangan “Xorazm viloyati Urganch shahridagi band bo‘lmagan yoshlar o‘rtasida SPID epidemiyasiga  va narkomaniyaga qarshi kurashni qo‘llab-quvvatlash, uni ijtimoiy hayotga integratsiya qilishda ijtimoiy sheriklik” nomli 52-02/318-son grant loyihasining ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining  2019 yil 19 oktyabrdagi 18/1-806-son ma’lumotnomasi). Natijada Urganch shahridagi uyushmagan yoshlar va ularning oila a’zolari o‘rtasida  ijtimoiy muhitni yaxshilashga, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga, yoshlar o‘rtasida giyohvandlik, ichkilikbozlikni oldini olishga, OITS epidemiyasini  kamaytirishga xizmat qilgan;
o‘zbek oilalarida etnoan’analarga tayanishning milliy xususiyatlari ularning oiladagi o‘zaro hurmat, ahillilik va insonparvarlik kabi qadriyatlarlarga integrativ, kognitiv, funksional va regulyativ ta’siriga oid xulosa va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari Qo‘mitasining “Xotin qizlar va erkak  uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 6-bobi, “Oilaviy munosabatlar hamda bolalar tarbiyasi sohasidagi xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi 24-moddasi, “Uy mehnatini bajarishda teng  munosabatlar kafolatlari” to‘g‘risidagi 25-moddasi, shuningdek “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining “O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari to‘g‘risida”gi 12-moddalarini ishlab chiqishda samarali foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari Qo‘mitasining  2019 yil 22 maydagi 09-14/934/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, Respublikamizda oilaviy munosabatlarni tartibga solib turuvchi normativ-huquqiy hujjatlarning va qabul qilinayotgan  qonunlarning amaliy ahamiyatini yanada samarali bo‘lishiga xizmat qilgan;
o‘zbek oilasidagi etnoan’analariga axloqiy imperativlik, boshqaruvchanlik, kreativlik va didaktiv ta’sir xosligi, ularning oilaviy munosabatlarda alohida o‘rin tutishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari Qo‘mitasi qonun ijodkorligi faoliyatida, xususan “O‘zbekieton  Respublikasining ayrim Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qushimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasini hamda boshqa turli qaror va tavsiyalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari Qo‘mitasining 2019 yil 22 maydagi 09-14/934-son ma’lumotnomasi). Natijada, Parlament so‘rovi, ta’lim sohasi xodimlari bilan, talabalar hamda Mahalla fondi vakillari bilan bo‘layotgan uchrashuvlarda, ko‘plab fuqarolarning ariza va shikoyatlarini echish jarayonlariga xizmat qilgan; 
zamonaviy o‘zbek oilasi etnoan’nalarida, turmush tarzi, diaxron va sinxron aloqalari, ijtimoiy-tarbiyaviy funksiyalarida kechayotgan transformatsion o‘zgarishlarning mohiyatiga oid amaliy-nazariy taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan  2019 yil 10 oktyabr` kuni “Zamonaviy namunali oila modelini targ‘ib etish” yo‘nalishida o‘tkazilgan “Ibratli oila” tanlovi dasturi ssenariysini ishlab chiqishda va ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining 2019 yil 11 oktyabrdagi 01/2047-19 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, respublikamizdagi oilalarning ma’naviy-ruhiy mo‘tadilligini, muvozanatini ta’minlashga, oilaviy nizolarni oldini olish, muammolarni bartaraf etishga erishilgan va ularning echimini topishga samarali ta’sir qilgan hamda asosiy manba bo‘lib xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish