Abdullaev Begzodbek Xoldaralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek reklama lingvistikasi: nazariya va amaliyot», 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.I.PhD/Fil.446.
Ilmiy rahbar: Shahobiddinova Shohida Hoshimovna filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Mirzohidova Muyassar Inamjanovna, filologiya fanlari doktori, professor; Zuxra Akbarova, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: o‘zbek tili reklama matni va reklama diskursi jozibadorligi va ta’sirchanligini, adresat ongida bevosita va bilvosita sintezlashuvini ta’minlovchi til birliklarining kommunikativ va lingvopragmatik xususiyatlarini tadqiq etishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XXI asrda yuzaga kelgan ijtimoiy voqelik ta’sirida shakllangan o‘zbek tilidagi reklamalarning tasniflanishi va turlarga ajratish nazariyasi tahlil qilingan, reklama turlari birinchi marta tasniflangan; reklama matni institutsional diskursning bir turi sifatida talqin qilindi va reklama diskursining asosiy xususiyatlari tavsiflangan;
reklama va e’lonlarning farqlanishi, reklamaga “ommaviy madaniyat”ning ta’siri masalasi tadqiq etilgan va reklama lisoniy matnining tarkibiy qismlari (sarlavha, slogan, ktematonim) tavsiflangan;
o‘zbek tili reklama matnidagi turli xil – fonetik (alliteratsiya, assonans), leksik (neologizm, metafora, metonimiya, sinekdoxa, personifikatsiya), sintaktik (konversiya, sintaktik adektivatsiya) vositalarning reklama ta’sirchanligi, o‘ziga xosligini ta’minlashdagi o‘rni yorqinlashtirilgan;
gapning ifoda maqsadiga va tuzilishiga ko‘ra turlarining reklama matnidagi uslubiy imkoniyatlari va reklama matnining asosiy va ikkilamchi kommunikativ funksiyalari tahlil qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek reklama lingvistikasining nazariy va amaliy jihatlari tadqiqi natijalari asosida:
mazkur dissertatsiya materiallari va natijalaridan Andijon davlat universitetida bajarilgan 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan “OT-F1-18 Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlari va metodologiyasini ishlab chiqish” davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi fundamental loyihada tatbiqiy tilshunoslikning o‘ta dolzarb va kam tadqiq etilgan sohasi reklama lingvistikasi borasidagi dunyodagi tajribalarni jamlashda, reklama turlari va xususiyatlari, reklamaga yondosh hodisalar tadqiqida, turli sotsiologik guruhlarning reklama qabullovidagi o‘ziga xosliklarni aniqlashda foydalanilgan(O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’limi vazirligining 2020 yil 30 oktyabrdagi 89-03-4310 sonli ma’lumotnomasi). Natijada reklama komponentlari va psixolingvistik xususiyatlarini o‘rganishga xizmat qiluvchi qonuniyatlar dalillangan;
tadqiqotdagi reklama matnining kommunikativ-pragmatik xususiyatlari, reklama diskursining asosiy xususiyatlari, reklama matnlarini kommunikativ-pragmatik yo‘naltirishda til vositalarining roli, reklama matnida til hodisalari va ekspressiv uslublarning shakllanishi haqidagi nazariy qarashlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” telekanalida namoyish qilingan “Global medical sentr” klinikasi va “BIO-SUT” sut mahsulotlarining reklama mahsulotlarini tayyorlashda foydalanildi(O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” telekanalining 2020 yil 1 iyuldagi 02.10.316-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu reklama mahsulotlarining lisoniy ta’sirchanligi oshirilgan;
tadqiqotning reklama matnlarida badiiy tasvir vositalarning qo‘llanilishi bilan bog‘liq masalalar borasi natijalaridan O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining a’zolari – “Idrok” MChJ, “Sabina savdo elit” MChJ, “Oydin Yo’l durdonasi” MChJ, “Oltinko’l naslli parranda” MChJning reklama mahsulotini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi 2020 yil 1 iyundagi 164-0620-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek reklamasiga ilmiy yondashish ta’minlangan va ta’sir kuchi oshirilgan.