Bahriddinova Bashorat Madievnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda o‘quv lug‘atchiligi: lingvistik asoslari, tarixi va istiqbollari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/Fil120.
Ilmiy rahbar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Karimov Suyun Amirovich, filologiya fanlari doktori, professor; Sobirov Abdulhay Shukurovich, filologiya fanlari doktori, professor; Bakirov Poyon Uralovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek o‘quv lug‘atchiligining nazariy va amaliy masalalarini yoritish hamda istiqboldagi vazifalarini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quv lug‘atlarining ona tilidan amaliy foydalanish samaradorligini oshirish hamda xorijiy tillarni tezkor o‘rgatish, shuningdek, yosh avlodni milliy va umummadaniy qadriyatlarga sodiq qilib tarbiyalashning muhim vositasi ekani asoslangan;
o‘quv lug‘atlarining tavsifiy xususiyatlari, uni yaratishning asosiy mezonlari, vazifalari, zamonaviy va an’anaviy tiplari, tarkibiy tuzilmasi bilan bog‘liq nazariy masalalar yoritilgan;
ilk lingvistik manbalar lug‘at shaklida yuzaga kelgani, o‘z davrining ijtimoiy, siyosiy, madaniy ehtiyojini qondirish hamda hukumat buyurtmasiga ko‘ra yaratilgani, sof o‘quv xarakteriga ega bo‘lgani dalillangan;
o‘zbek o‘quv lug‘atchiligi davrlashtirilgan va har bir davrda yaratilgan o‘quv lug‘atlari kompleks tahlil qilinib, ularning til o‘rgatish, tillararo va madaniyatlararo aloqani ta’minlash, ona tili imkoniyatlaridan to‘g‘ri va samarali foydalanish ko‘nikmasini oshirish, notiqlikka o‘rgatish, adabiy til me’yorlarini o‘zlashtirishdagi xizmati asoslangan;
o‘zbek tilida yaratilayotgan yangi avlod o‘quv lug‘atlarining mazmuni (kontent) va saviyasini oshirish, korpusini takomillashtirish, lug‘at so‘zligini tanlash va semantizatsiyada zamonaviy leksikografik tamoyillar, jahon o‘quv lug‘atchiligi tajribalarini uyg‘unlashtirish lozimligi ko‘rsatilgan;
o‘zbek o‘quv lug‘atchiligining lug‘atlar qamrovini kengaytirish, uzluksiz ta’limning barcha bo‘g‘inlariga mo‘ljallangan lug‘atlarni tuzish, ularni elektronlashtirish, foydalanuvchilarda leksikografik kompetentlikni oshirish bilan bog‘liq zamonaviy rivojlanish mezonlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jahon va o‘zbek o‘quv lug‘atchiligini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
morfologik xarakterdagi yangi avlod o‘quv lug‘atlari mazmuni va saviyasini oshirish, korpusini takomillashtirish, lug‘at so‘zligini tanlash va morfologik tarkibini ajratish bilan bog‘liq nazariy asoslardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan FA-F1-GOO3 raqamli, “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2020 yil 31 martdagi 60-1-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida loyiha materiallari hozirgi o‘zbek tilida so‘z yasashning ustuvor qoliplari, imlosi bilan bog‘liq me’yoriy o‘quv lug‘atlarini yaratishga oid yangi ilmiy manba va ma’lumotlar bilan boyigan;
o‘quv lug‘atlarining o‘z davrining ijtimoiy, siyosiy, madaniy ehtiyojini qondirish hamda hukumat buyurtmasiga ko‘ra yaratilgani, til vositasida milliy madaniyat, ma’naviyatning inson ongiga singdirilishidagi o‘rni xususidagi nazariy ma’lumotlardan Qarshi davlat universitetida 2007-2011 yillarda bajarilgan OT-F8-002 – “Hozirgi zamon sivilizatsiyasining inson ijtimoiy qiyofasiga ta’siri” mavzusidagi fundamental ilmiy tadqiqot loyihasini bajarishda (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 11 iyundagi 89-03-2001-sonli ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Natijada loyiha doirasida ikki tilli lug‘atlarni yaratishda til, madaniyat va ma’naviyat mushtarakligini ta’minlash tamoyillarining mukammal darajada ishlab chiqilishiga erishilgan;
o‘quv lug‘atlarining ona tilidan amaliy foydalanish samaradorligini oshirish, xorijiy tillarni tezkor o‘rgatish, shuningdek, yosh avlodni milliy va umummadaniy qadriyatlarga sodiq qilib tarbiyalash, o‘quv terminologik lug‘atlarning tarixiy taraqqiyot bosqichlaridagi tadrijiy takomilini yoritishda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2018 yillarda bajarilgan OT-A1-018-raqamli “O‘zbek tili va uning tarjimasi bilan bog‘liq elektron va bank-moliya terminlarining ko‘p tilli lug‘atlarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 11 iyundagi 89-03-2001-sonli ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Natijada loyiha doirasida bank-moliya terminlarining ko‘p tilli lug‘atlarini yaratishda leksikografik semantizatsiya, lug‘at korpusining tuzilishiga doir yangi ilmiy manba va ma’lumotlar bilan boyigan;
o‘quv lug‘atlarining tavsifiy xususiyatlari (spesifikasi), uni yaratishning asosiy mezonlari, vazifalari, zamonaviy va an’anaviy tiplari, tarkibiy tuzilmasi, o‘zbek o‘quv lug‘atchiligining zamonaviy rivojlanish mezonlariga oid nazariy fikrlardan 5220100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan “Hozirgi o‘zbek tili” darsligining “Leksika, leksik-semantik sath, leksikologiya va leksikografiya” deb nomlangan qismini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 11 iyundagi 89-03-2001-sonli ma’lumotnomasi). Natijada darslikdagi o‘quv lug‘atchiligi talqiniga oid ma’lumotlar nazariy va amaliy jihatdan boyigan;
o‘quv lug‘atlarining til o‘rgatish, tillararo va madaniyatlararo aloqani ta’minlash, ona tili imkoniyatlaridan to‘g‘ri va samarali foydalanish ko‘nikmasini oshirish, notiqlikka o‘rgatish, adabiy til me’yorlarini o‘zlashtirishga doir nazariy va amaliy xulosalar asosida Qashqadaryo televideniesining Oltin voha dasturidagi “Til − millat ko‘zgusi”, “Ma’naviyatimiz sarchashmasi”, “Dolzarb mavzu” ko‘rsatuvlarining ssenariylarini tayyorlashda (Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2020 yil 16 maydagi 12-15/95-sonli ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Natijada mazkur teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan.