Ro‘zmetova Dildora To‘libaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Distillyasiyalangan  yog‘ kislotasini mahalliy gilmoyali adsorbentlar yordamida oqlash  texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.11–Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T583. 
Ilmiy rahbar: Salixanova Dilnoza Saidakbarovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Ismoilov Ravshan Isroilovich, kimyo fanlari doktori, professor; Erkabaev Furqat Ilyasovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: distillyasiyalangan yog‘ kislotalarini mahalliy gilmoyali adsorbentlar yordamida oqlash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta soapstogi yog‘ kislotalarini va ularning alohida fraksiyalarini tozalash va oqlash uchun yuqori faollashtirilgan kaolinli adsorbent olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
kaolinli adsorbentlarni termik faollashda O‘YuCh-nurlanish an’anaviy konvektiv usulga qaraganda samaraliroq ekanligi aniqlangan;
distillangan yog‘ kislotalarida, ularni ishlab chiqilgan kaolinli adsorbentlarda adsorbsion tozalashni murakkablashtiruvchi gossipol hosilalari erkin gossipolga qaraganda ko‘pligi aniqlangan;
paxta soapstoki tarkibidagi distillangan yog‘ kislotalarining to‘yingan (qattiq) fraksiyasi to‘yinmagan (suyuq) fraksiyaga qaraganda ochroq rangli ekanligi va shu sababli ularni alohida adsorbsiyali tozalash va oqlash differensial sharoitlarda amalga oshirilishi kerakligi aniqlangan;
paxta soapstogi distillangan yog‘ kislotalari va ularning alohida fraksiyalarini ishlab chiqilgan gilmoyali adsorbentlar bilan tozalash va oqlash texnologiyasi yaratilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Distillangan yog‘ kislotalarini mahalliy gilmoyali adsorbentlar bilan oqlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘ta yuqori chastotali nurlanish yordamida termik faollashtirilgan kaolin adsorbentlarini olish texnologiyasi «Urganch yog‘-moy»AJda «2021-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Uzyog‘moysanoat» uyushmasining 2020 yil 26 oktyabrdagi AA/5-1145-son ma’lumotnomasi). Natijada, import qilinadigan qimmat adsorbentni arzon mahalliy analog bilan almashtirish va olinadigan mahsulotlarning tannarxini 35–50% ga kamaytirish imkonini bergan; 
paxta soapstogi distillyasiyalangan yog‘ kislotalarini ishlab chiqilgan faollashtirilgan kaolinli adsorbentlarda tozalash va oqlash texnologiyasi «Urganch yog‘-moy»AJda «2021-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Uzyog‘moysanoat» uyushmasining 2020 yil 26 oktyabrdagi AA/5-1145-son ma’lumotnomasi). Natijada olinadigan mahsulotlarning rangini 40–60% ga kamaytirish imkonini berdi; 
paxta soapstogi yog‘ kislotasi to‘yingan (qattiq) va to‘yinmagan (suyuq) fraksiyalarini ishlab chiqilgan kaolinli adsorbentlarda tozalash va oqlash texnologiyasi «Urganch yog‘-moy»AJda «2021-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Uzyog‘moysanoat» uyushmasining 2020 yil 26 oktyabrdagi AA/5-1145-son ma’lumotnomasi). Natijada, olinadigan mahsulotlarning foydalanish sohalari ko‘lamini kengaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish