Ro‘ziboev Nuraddin Raximovichning
doktorlik dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qizil cho‘l va angler zotlari genotipidagi sigirlarning seleksiya belgilarini tirik vazni va tashqi muhit omillaridan foydalanib takomillashtirish», 06.02.01–Qishloq xo‘jalik hayvonlarini urchitish, ko‘paytirish, seleksiyasi va genetikasi. Ipakchilik, Qorako‘lchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /LA 0000587/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.Qx142.
Ilmiy maslahatchi: Ashirov Murod Eshonqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti va Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti, 14.07.2016.Qx/V.25.01.
Rasmiy opponentlar: Qaxarov Abdusattor, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Yakubov Axmatjon Bakievich, biologiya fanlari doktori; Shakirov Qaxramon Jo‘raboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qizil cho‘l zotli qoramollarni angler zoti bilan takomillashtirishda sigirlarning tirik vaznining va tashqi muhit omillarining mahsuldorlik xususiyatlariga ta’sirini aniqlash va zotni ushbu omillarni hisobga olgan holda takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor qizil cho‘l zotli sigirlarni angler zotli buqalar bilan chatishtirishdan olingan sigirlarning seleksiya belgilarini takomillashtirishda maqbul tirik vazn va tashqi muhit omillariga bog‘liqligi aniqlangan;
sigirlarning ekster`er, mahsuldorlik, biologik, pushtdorlik, ozuqani sut bilan qoplash xususiyatlari turli omillarga bog‘liqligi aniqlangan;
sigirlar sut mahsuldorligining pushtdorlik xususiyatlariga va nasldor buqalar genotipiga bog‘liqligi aniqlangan;
turli nasldor buqalar avlodlarining xo‘jalikda foydalanish muddatlari davomiyligini oshirish va sigirlar sut mahsuldorligi ko‘rsatkichlarini takomillashtirish asoslari ishlab chiqilgan;
qizil cho‘l va angler zotlari genotipiga mansub sigirlarning sut mahsuldorligini takomillashtirishda seleksion-genetik ko‘rsatkichlardan naslchilik ishlarida foydalanish jarayonlari takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Qizil cho‘l va angler zotlari genotipiga ega sigirlarning seleksiya belgilarini tirik vazni va tashqi muhit omillaridan foydalanib, takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan natijalar asosida:
qizil cho‘l va angler zotlari genotipiga ega sigirlarning seleksiya belgilarini tirik vazni va tashqi muhit omillaridan foydalanib, takomillashtirish bo‘yicha ishlanmalar 2010–2014 yillarda Xorazm viloyati Urganch tumanidagi Q.Sapaev nomli hamda Xonqa tumanidagi «Islom-Komil» naslchilik fermer xo‘jaliklarining qoramolchilik fermalarida joriy etilgan.(O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 08.11.2016 y., 02/12-1246-son ma’lumotnomasi). Bunda Q.Sapaev nomli naslchilik fermer xo‘jaligida sigirlarning seleksiya belgilari takomillashtirilgan, mahsuldorlik xususiyatlari yaxshilangan, yuqori mahsuldor podalar yaratish imkoniyatlari kengaygan hamda iqtisodiy samara har bir bosh sigirdan o‘rtacha 546 005 so‘mni tashkil etgan. «Islom-Komil» naslchilik fermer xo‘jaligida aralashma oziqlantirish tipini joriy etish natijasida o‘rtacha bir bosh sermahsul sigirlarning sut miqdori etuk yoshdagi qizil cho‘l zotining andoza talablaridan o‘rtacha 414 kg yoki 13,35 foiz, sut yog‘i chiqimi esa 17,0 kg yoki 14,82 foiz yuqori bo‘lgan hamda iqtisodiy samara har bir bosh sigirdan yil davomida o‘rtacha 477 030 so‘mni tashkil etgan.