Umurqulov Zafar Bekpo‘latovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Badiiy matnda qiyos va uning lingvopoetik qimmati», 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Fil948. 
Ilmiy rahbar: Mahmudov Nizomitdin Mamadalievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Xudoyberganova Durdona Sidikovna, filologiya fanlari doktori; Shukurov Otabek Ulashevich, filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbek tilshunosligida qiyosning ifodalanish usullari, qiyos hosil qiluvchi vositalar, qiyosning nutqiy qimmati – lingvopoetik mohiyatini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
qiyosning olamni bilish jarayonida yuzaga keladigan mantiqiy (mental) strukturalarning lisoniy ifoda o‘rni  izohlangan;
sof qiyosda sub’ekt va etalon belgisining ortiq yoki kamligi, qiyos-o‘xshatishda esa predmetlar o‘rtasidagi belgining bir xilligi ifodalanishi asoslangan;
qiyosiy ifodalarni vujudga kelishida lug‘aviy va grammatik vositalarningme’yor darajasida qo‘llanilishi, funksional-stilistik imkoniyatlari ochib berilgan;
badiiy matnda sof qiyosning badiiy bo‘yoqdorlik kasb etishiga xos lingvopoetik xususiyati ochib berilgan 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qiyos va uning badiiy matndagi lingvopoetik mohiyatinining ilmiy-nazariy asoslari tadqiqi natijalari asosida:
qiyosiy ifodalarni vujudga kelishida lug‘aviy va grammatik vositalarning me’yor darajasida qo‘llanilishi, funksional-stilistik imkoniyatlari haqidagi xulosalardan FAF1– G003 raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida (2012-2016) foydalanilgan. (O‘zRFAQB Qoraqolpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2020 yil 25 iyundagi 98/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada so‘z yasalishi asoslarini tahlil qilishda qiyosdan foydalanilgan holda loyiha ishida nazariy umumlashmalar chiqarishga erishilgan;
qiyosning olamni bilish jarayonida yuzaga keladigan mantiqiy (mental) strukturalarning lisoniy ifoda o‘rni  haqidagi ilmiy-nazariy xulosalaridan A-1-126 raqamli “Usluksiz ta’limda o‘quvchilar til kompetentligini oshirishning zamonaviy usullari”  mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 89-03-2336-sonli ma’lumotnomasi). Natijada uzluksiz ta’limda til kompetentligini oshirishda qiyoslashdan foydalanish asosida loyiha ishida mukammallikka erishilgan;
badiiy matnda sof qiyosning badiiy bo‘yoqdorlik kasb etishiga xos lingvopoetik xususiyatiga doir xulosasidan Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasining ko‘rsatuvlarida adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy dasturlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2020 yil 22 maydagi 01-01/498-sonli ma’lumotnomasi).  Natijada “Til millat ko‘zgusi”, “Munosabat” teleko‘rsatuv va eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish