Matchanov Alimjon Davlatboevichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Labdan diterpenoidlari hosilalari sintez, glisirrizin kislotasi va samarali gemostatik vositalarini yaratish», 02.00.10–Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /kimyo fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.K74.

Ilmiy maslahatchi: Dalimov Davranbek Nigmanovich, kimyo fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, 14.07.2016.K/V/T.13.01.

Rasmiy opponentlar: Abdulladjanova Nodira Gulomjanovna, kimyo fanlari doktori; Dusmatov Aziz Fayzamatovich, farmatsevtika fanlari doktori, dotsent; Abdugafurov Ibragimdjan Azizovich, kimyo fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: labdan diterpenoidlari sintezi, glisirrizin kislotasi va uning tuzlari, kichik molekulali polimer asosida supramolekulyar kompleks birikmalarni olish, fizik-kimyoviy xususiyatlarini aniqlash hamda yangi gemostatik vositalarni ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

glisirrizin kislotasi va uning monoammoniyli tuzi bilan lagoxilinning kompleks birikmalari olingan;

glisirrizin kislotasi va uning monoammoniyli tuzi bilan lagoxilinning kompleks birikmalari suvli eritmalari termodinamik xususiyatlari bilan ularning turg‘unliklari kompleks hosil qiluvchi komponentlar nisbatiga va mehmon molekulasining kimyoviy tuzilishiga bog‘liqligi isbotlangan;

komplekslarning reologik xususiyatlarini tahlil qilingan va dori preparati (mehmon molekula-lagoxilin) misella ichiga kirish jarayoni kompleks hosil bo‘lish entalpiyasi yutug‘i bilan borishi isbotlangan;

sistema entropiyasi mehmon molekulaning tuzilishi va funksional xususiyatlariga bog‘liqligi, glisirrizin kislotasi molekulalaridan iborat misellalar hosil bo‘lish jarayoniga muvofiqlashtiruvchi sifatida ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan;

glisirrizin kislotasi va uning monoammoniyli tuzi gel hosil qilish konsentratsiyasiga yaqin turli xil ko‘rinishdagi murakkab tuzilishli misellalar, sterjenga o‘xshash, silindr shakldagi yoki ko‘p qatlamli 70–300 molekulalardan iborat assotsiatlar hosil qilishi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Biologik faol terpenoidlarni o‘simliklardan ajratib olish, ularning tuzilishlari va faolliklarini aniqlash hamda ular asosida yangi samarali gemostatiklar ishlab chiqishda olingan ilmiy natijalar asosida:

vena qon tomiri ichiga qo‘llaniladigan gemostatik «Lagovin»  dori vositasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti (04.12.2013 y., №IAP 04806) olingan. Ilmiy tadqiqot natijasida olingan gemostatik vosita parenximatoz qon ketishni to‘xtatish imkonini bergan;

«Glilagin» substansiyasi asosida qon to‘xtatuvchi gemostatik plenka uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti (13.10.2015 y., №IAP 05109) olingan. Ilmiy tadqiqot natijasida gemostatik plenka ishlab chiqilgan va u turli xil kapillyar tomirlardan qon ketishini to‘xtatish imkonini bergan;

yallig‘lanishga qarshi ishlatiladigan Gliseram preparati uchun «Gliseram – 0,05g tabletkalari» (18.10.2013 y., Vaqtinchalik Farmakopeya maqolasi 42 Uz2369-2013) ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Ilmiy tadqiqot natijasida olingan dori vositasi respublikaga olib kiriladigan, shu turdagi dori vositalarining o‘rnini bosadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish