Maxmudov Ulugbek Marifdjonovning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bariatrik operatsiyalarning zamonaviy tamoyillari, semizlikni davolash natijalarini ko‘p omilli baxolash», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/Tib348.
Ilmiy maslaxatchi: Nazirov Feruz Gafurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Muslimov Gurbanxan Fatali ogli, tibbiyot fanlari doktori, professor; Teshaev Oktyabr` Ruxullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ismailov Uktam Safaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Astana tibbiyot universiteti (Kozog‘iston Respublikasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bariatrik jarroxlik amaliyotlari natijalarini yaxshilash va ularning samaradorligini ko‘p omilli baholashdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
morbid semizlik barcha holatlarda metabolik jihatdan nosog‘lom fenotip bilan ajralib turishi, shu bilan birga bemorlarning aksariyati Cardiometabolic Disease Staging shkalasi bo‘yicha o‘rtacha va yuqori kardiometabolik xavfga ega ekanligi aniqlangan;
me’daning laparoskopik engli rezeksiyasidan keyin diskotsitlar va eritrotsitlarning patologik shakllari xolatining morfologik xususiyatlari va fundal bezlarning parietal xujayralari massasining kupayishi va Kasl omilining kompensator tiklanishi natijasida ularning nisbatlarini barqarorlashishga moyilligi aniqlangan;
xirurgik amaliyotning xavfsiz bajarilishini ta’minlovchi, oshqozonning kichik egriligini intraoperativ nur bilan belgilash uchun ishlab chiqilgan bariatrik zonddan foydalanib me’daning laparoskopik engli rezeksiyasi uslubi mukammallashtirilgan;
bo‘shliq ichi bosimining oshishiga yo‘l qo‘ymaslik va stepler choklarining proksimal etishmovchiligini oldini olish uchun rezeksiya chizig‘ini oshqozon burchagiga (incisura angularis) bog‘liq holda hosil qilish orqali bir tekis-bo‘shliqli oshqozon naychasini shakllantirish usuli mukammaltirilgan;
me’da ichiga ballon o‘rnatish yordamida davolashdan keyin ortiqcha tana vaznining pasayishi morbid semizlik bilan og‘rigan bemorlarda kardiometabolik xavfni kamaytirishga yordam berishi va undan tana vazni o‘ta yuqori bo‘lgan shaxslarda jarrohlik amaliyotidan oldingi tayyorgarlik sifatida samarali foydalanish mumkinligi aniqlangan;
me’daning laparoskopik engli rezeksiyasidan keyin spirometrik va yurakning hajmiy-chiziqli ko‘rsatkichlarining o‘zgarish qonuniyatlari va ularning kardiometabolik xavf dinamikasi bilan aloqasi aniqlangan;
bariatrik aralashuvni amalga oshirishda S-reaktiv oqsilning ortishi, visseral yog‘ maydoni, tana yuzasiga nisbatan xisoblangan yakuniy-sistolik va yakuniy-diastolik hajm ko‘rsatkichlari kardiometabolik xavfni baholashning o‘ziga xos omillari ekanligi aniqlangan;
me’daning laparoskopik engli rezeksiyasidan keyin tana vaznining takroriy ortishi profilaktikasi o‘z ichiga hayot sifatini baholashni, shuningdek lipidemiya va yallig‘lanishga moyillik xolati ko‘rsatkichlarining laborator monitoringini olishi lozimligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Morbid semizlik bilan kasallangan bemorlarga yuqori texnologik yordam ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra:
«Me’daning laparoskopik «engli» rezeksiyasi texnikasini takomllashtirish va jarroxlik amaliyotidan keyingi asoratlarning oldini olish yo‘llari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 30 oktyabrdagi 8n-z/132-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan tavsiyalar morbid semizlik bilan kasallangan bemorlarni jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalarini yaxshilashga va jarrohlik amaliyotidan keyingi o‘ziga xos asoratlarni rivojlanish ehtimolini kamaytirishga imkon bergan;
«Morbid semizlik bilan kasallangan bemorlarning metabolik sog‘lig‘ini aniqlash va bariatrik aralashuvlar samaradorligini kompleks baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 30 oktyabrdagi 8n-z/132-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar kardiometabolik xavf omillari dinamikasini, yurakning hajmiy-chiziqli exokardiografik parametrlarini, tashqi nafas olish funksiyalarini, shuningdek, bariatrik jarrohlikdan oldin va keyin dislipidemiya laboratoriya markerlarini hisobga olgan holda morbid semizlik bilan kasallangan bemorlarda somatik salomatlikni kompleks baholash sifatini oshirishga imkon bergan;
«Me’daning laparoskopik «engli» rezeksiyasida oshqozon kichik egriligini intraoperatsion ichki yorug‘lik bilan belgilash uchun kalibrovkali bariatrik zond» (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 30 oktyabrdagi 8n-z/132-son ma’lumotnomasi) takomillashtirildi. Me’daning kichik egriligini intraoperatsion ichki yorug‘lik bilan belgilab olishning takomillashtirilgan usuli me’dada xavfsiz engli rezeksiya amaliyotini o‘tkazishga yordam beradi, bu esa ushbu bariatrik jarrohlik amaliyotidan keyingi o‘ziga xos asoratlarni rivojlanish xavfini kamaytirgan;
morbid semizlik bilan kasallangan bemorlarga ko‘rsatilayotgan jarrohlik yordami sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, xususan, «Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» Davlat muassasasining endovizual jarrohlik bo‘limi, Ibn Sino nomidagi 1-son shaxar klinik shifoxonasining jarrohlik bo‘limi (Toshkent), shuningdek, “Vitamed Medical” MChJ XK ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining jarrohlik bo‘limi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 30 oktyabrdagi 8n-z/132-son ma’lumotnomasi). Somatik holatni baholash uchun kompleks yondashuv va morbid semizlik bilan kasallangan bemorlarda me’daning laparoskopik engli rezeksiyasining takomillashtirilgan texnikasi ortiqcha vazn yo‘qotilishini 93% gacha etkazish, shuningdek, aralashuvdan keyin 12 oy o‘tgach, o‘rtacha va yuqori kardiometabolik xavfga ega bemorlar sonini 1,9 baravar kamaytirish imkonini bergan.