Bobaev Ulugbek Nasirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘pkaning videotorakoskopik aralashuvlarida gemo- va aerostaz texnologiyalarni takomillashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1280.
Ilmiy rahbar: Eshonxodjaev Otabek Djuraevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy xirurgiya tibbiyot markazi va Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Akbarov Mirshavkat Mirolimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Berkinov Ulugbek Bazarbaevich, tibbiyot fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: videotorakoskopik amaliyotlarni bajarishda turg‘un gemo- va aerostazga erishish uchun maxalliy biomoslashuvchan implantatlarning yangi shakllarini yaratish va klinik amaliyotga tadbiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk marta klinik-tajribaviy tadqiqotlarda o‘pka videotorakoskopik jarroxligida parenximatoz qon ketish va pnevmoreyani bartaraf etishxamda qaytalanishini oldini olish uchun gel` ko‘rinishidagi maxalliy biomoslashuvchan kompozision material qo‘llanilgan;
gelli kompozisiya biomoslashuvchan implantatlar uchun asosiy xususiyatlari va tibbiy-biologik talablari, xususan, texnik (adgeziya, mexanik mustaxkamlik, lizis) va klinik ko‘rsatkichlari (aero- va gemostatik samara sifati) bo‘yicha mavjud implantantdan qolishmasligi tajribada asoslangan;
morfologik tadqiqot natijalari asosida, gel` ko‘rinishidagi ushbu taklif etilgan implantatning ishlab chiqilgan shakli o‘pka to‘qimasi jaroxat yuzasiga germetik yopishishi va tajriba xayvonlarida toksik, qitiqlovchi va allergik nojo‘ya reaksiyalar kuzatilmasligi bilan qo‘llashda xavfsizligi aniqlangan;
gel` ko‘rinishidagi kompozision materialni maxalliy applikatsiyasi, tekis kompressiyasi va adgeziyasini ta’minlovchi etkazuvchi uskunadan foydalanishni taklif etish yo‘li bilan o‘pka to‘qimasi jaroxatlarida aero- va gemostaz buzilishlarini videotorakoskopik davolash usuli ishlab chiqilgan;
o‘pka to‘qimasi jaroxat defekti o‘lchamiga ko‘ra, xamda qo‘l yordamida yoki uskuna bilan tikishdan so‘ng to‘liq germetiklikka erishishni inobatga olgan xolda, klinik amaliyotda videotorakoskopik amaliyotlarni o‘tkazishda "Geprotsel" gelini qo‘llash imkoniyatlari ochilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Videotorakoskopik amaliyotlarda gemo- va aerostaz samaradorligini mukammallashtirish bo‘yicha bajarilgan ilmiy tadqiqot natijalariga asosida:
«O‘pkalardagi videotorakoskopik amaliyotlarda gemo- va aerostatik vositalarning applikatsiyasi usuli» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 27 oktyabrdagi 8n-z/128-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar tashrixdan keyingi asoratlar sonini, plevra bo‘shlig‘ini drenajlash va reabilitatsiya muddatining aniq qisqartirish imkonini bergan;
videotorakoskopik amaliyotlarda aero- va gemostaz buzilishlarni davolash uchun kompozision material applikatsiyasi uchun etkazuvchi uskuna tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 27 oktyabrdagi 8n-z/128-son ma’lumotnomasi). Ushbu uskunani qo‘llash o‘pka to‘qimasining shikastlangan yuzasida gel` ko‘rinishidagi kompozision material maxalliy applikatsiyasi, tekis kompressiyasi va adgeziyasini ta’minlagan;
videotorakoskopik amaliyotlardagi gemo- va aerostaz samaradorligini mukammallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, xususan, “Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi”, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Namangan filiali va Andijon davlat tibbiyot instituti Klinikasining amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 27 oktyabrdagi 8n-z/128-son ma’lumotnomasi). Gel` ko‘rinishidagi kompozision materialning maxalliy applikatsiyasi bilan birga taklif etilgan etkazuvchi uskuna vositasida o‘pka to‘qimasining jaroxatlarida yuzaga keladigan aero- va gemostaz buzilishlarni videotorakoskopik davolashning tadbiq etilgan usuli tashrixdan keyingi davrdagi aero- va gemostaz buzilishlar sonini 17,3% dan 3,0% ga, plevra bo‘shlig‘ini uzoq muddatli drenajlash muddatini 19,2% dan 6,1% ga qisqartirishga va shunga mos ravishda, asoratsiz bemorlar sonini 82,7% dan 97,0% ga oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish