MatyakubovaSalomat Aleksandrovnaning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Gestatsion gipertenziya kuzatilgan homiladorlarda prenatal asoratlar profilaktikasi va istiqbolini belgilash», 14.00.01–Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /katta ilmiy xodim-izlanuvchi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 31.03.2016/B2016.1.Tib9.
Ilmiy maslahatchi: Ayupova Farida Mirzaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, 14.07.2016.Tib.18.01.
Rasmiy opponentlar: Zamaleeva Roza Semyonovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kattaxodjaeva Maxmuda Xamdamovna, tibbiyot fanlari doktori; Karimova Feruza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gestatsion gipertenziyali homilador ayollarda kuzatilgan prenatal asoratlarda autoimmun antitanalar miqdori va angiogenezini istiqbolni belgilovchi ko‘rsatkichlar darajasini aniqlash va uning profilaktik chora-tadbirlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gestatsion gipertenziyasi istiqbolini homiladorlikning ilk davridagi angiogenez va endoteliy funksiyasini aniqlovchi ko‘rsatkichlar asosida belgilash usuli ishlab chiqilgan;
homiladorlikning I trimestrida angiogenezning past ko‘rsatkichlari va autoimmun jarayonlar disbalansi gestatsiyaning 20 haftasidan keyin HIG shakllanishi xavfi ekanligi isbotlangan;
ilk bor gestatsion gipertenziyaning klinikagacha bo‘lgan bosqichida endoteliy disfunksiyasi shakllanishi ko‘rsatilgan va istiqbolni belgilovchi mezonlari ishlab chiqilgan;
birinchi marta endotelial disfunksiya, gestatsion gipertenziyaning klinikagacha bo‘lgan bosqichi shakllanishida davriy LTAning ta’siri isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Gestatsion gipertenziyaning istiqbolini belgilash va asoratlarining oldini olish buyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Homiladorlik bilan indusirlangan gipertenziyani prognozlash usuli» bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining ixtiro patenti olingan (№IAP 05235). Ushbu usul gestatsion gipertenziyasini oldindan aniqlash va asoratlarini oldini olish sifatini oshirishga imkon bergan;
«Gestatsion gipertenziyali ayollarda asoratlar profilaktikasi samaradorligini oshirish usuli» nomli uslubiy tavsiyalar tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 06.10.2015 yildagi 8n-d/55-son ma’lumotnomasi). Kompleks dinamik nazorat va patogenetik davo choralariga L-arginin preparatini qo‘shimcha sifatida qo‘llanilishi endoteliy funksiyasining ko‘rsatkichlarini samarali tiklagan hamda endoteliy funksiyasining me’yorlashuvi hisobiga ko‘pchilik homilador ayollarda (87,2%) homiladorlik yaxshi yakun topgan va perinatal o‘limni besh marotaba pasaytirish imkonini bergan;
gestatsion gipertenziyali ayollarda asoratlar profilaktikasi samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Toshkent shahar Uchtepa tumani 9-son akusherlik majmuasi, Buxoro viloyati Jondor tumani akusherlik majmuasi va Toshkent shahar Mirobod tumani 4-son akusherlik majmuasining amaliyotiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 27.04.2016 yildagi 8d-3/57-son ma’lumotnomasi).