Qodirov Ulug‘bek Hamroqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Urgut botanik-geografik rayoni florasi», 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/B305.
Ilmiy rahbar: Tojibaev Komiljon Sharobitdinovich, biologiya fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Botanika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Botanika instituti, DSc.02/30.12.2019.V.39.01.
Rasmiy opponentlar: Raximova Tashxanim, biologiya fanlari doktori, professor; Tog‘aev Ibroxim Usanovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Urgut botanik-geografik rayoni florasini inventarizatsiyalash va turlarning tarqalishini aks ettiruvchi to‘r tizimli xaritasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Urgut botanik-geografik rayoni florasining 89 oila va 475 turkumga mansub 1281 turni o‘z ichiga oluvchi zamonaviy tarkibi aniqlangan; 
ilk bor O‘zbekiston florasi uchun 5 tur, Pomir-Oloy florasi uchun 4 tur, Zarafshon tizmasi florasi uchun 13 tur keltirilgan;
flora tarkibidagi Iris svetlanae (Vved.) T.Hall & Seisums, Komarovia angiosperma Korovin, Iris magnifica Vved., Lepidium uzbekistanicum Al-Shehbaz kamyob va endem turlarining yangi populyasiyalari aniqlangan hamda ularning holati baholangan; 
Urgut botanik-geografik rayoni florasidagi 1281 turning tarqalishini aks ettiruvchi to‘r tizimli xaritasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Urgut botanik-geografik rayoni florasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Urgut botanik-geografik rayoni florasining 89 oila, 475 turkumga mansub 1281 tur yuksak o‘simliklari ro‘yxati va to‘r tizimli xaritalari Kitob davlat o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2020 yil 8 iyuldagi 05/21-1943-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rmon xo‘jaliklari erlaridagi 234 tur dorivor, 123 tur asal-shirali, 81 tur efir moyli, 39 tur bo‘yoqbop turlar tarqalgan hududlarni aniqlash va resurslari holatini baholash imkonini bergan; 
Urgut botanik-geografik rayoni florasidagi “Qizil kitob”ga kiritilgan turlar populyasiyalarining holati va ularning tarqalishini aks ettiruvchi GAT xaritalari Kitob davlat geologik qo‘riqxonasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 5 iyuldagi 03-01/12-4560-son ma’lumotnomasi). Natijada, 18 ta kamyob va yo‘qolib borayotgan turlar populyasiyalari holatini baholash hamda davlat kadastrini yuritish imkonini bergan;
Urgut botanik-geografik rayoni florasidan 1199 turning 3105 ta gerbariy namunalari Botanika instituti O‘zbekiston Milliy gerbariysi (TASH) respublika noyob ilmiy ob’ekti fondiga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 1 iyuldagi 4/1255-1366-son ma’lumotnomasi). Natijada, gerbariy namunalar noyob ob’ektning O‘rta Osiyo bo‘limi va Ko‘histon botanik-geografik okrugi o‘simliklari kolleksiyasini boyitish va FLORUZ.UZ ma’lumotlar elektron bazasini shakllantirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish