Yuldasheva Xavasxon Tojidinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Farg‘ona vodiysi sharoitida zaytun navlarining biologik xususiyatlari, qimmatli-ho‘jalik belgilari va ko‘paytirish usullarini ishlab chiqish”, 06.01.07–Mevachilik va uzumchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Qx100.
Ilmiy rahbar: Yormatova Dilorom Yormatovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/28.08.2020.Qx.13.03.
Rasmiy opponentlar: Islamov Soxib Yaxshibekovich, Toshkent davlat agrar universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Juraev Erkin Baxtiyorovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Akademik M.Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona vodiysi sharoitida zaytunzorlar yaratish maqsadida, introduksiya qilingan zaytunni nav namunalarini morfo-biologik va qimmatli-xo‘jalik belgilarini baholash, yangi, istiqbolli navlarni iqlimlashtirish va etishtirish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor zaytunni iqlimlashtirilgan nav namunalarining morfo-biologik va qimmatli-xo‘jalik belgilari yuqori bo‘lgan istiqbolli navlari ajratilgan;
zaytun navlarining tanlov sinovi tashkil etilgan va ularning istiqbollilari Davlat nav sinoviga topshirilgan;
zaytunning iqlimlashtirilgan «Izumrud» va «Qorako‘z» navlarining sovuqqa chidamliligi aniqlangan;
Farg‘ona vodiysi sharoitida zaytunning iqlimlashtirilgan «Izumrud» va «Qorako‘z» navlarini ko‘paytirish texnologiyasining samarali usuli ishlab chiqilgan;
zaytunning iqlimlashtirilgan «Izumrud» va «Qorako‘z» navlarini etishtirishning agrotexnik tadbirlar majmui ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farg‘ona vodiysi sharoitida zaytunzorlar yaratish maqsadida introduksiya qilingan zaytunni nav namunalarini morfo-biologik va qimmatli-xo‘jalik belgilarini baholash, yangi, istiqbolli navlarni iqlimlashtirish va etishtirish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida: 
bog‘dorchilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklari uchun «Zaytun etishtirish usullari», «O‘zbekiston zaytuni» nomli monografiyalar, «Zaytun agrotexnikasi va samaradorligi» va «Iqlimlashtirilgan zaytun navlarini etishtirish bo‘yicha agrotexnik tadbirlar sxemasi» nomli tavsiyanomalar tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 18 fevraldagi 02/030-99-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ishlanmalar bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida zaytun ekinlarini va ko‘chatlarini etishtirishda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda; 
zaytun qalamchalariga turli stumulyatorlar qo‘llash orqali ko‘chatlarni ildiz otish sifati, o‘sishi, rivojlanishiga ta’siri bo‘yicha ishlanmasi Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani «Mehrigiyo» xususiy korxonasining dala maydonchasida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 18 fevraldagi, 02/030-99-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida 0,1 gektar maydonda 63258 dona yuqori sifatli ko‘chat etishtirilib, iqtisodiy samaradorligi o‘rtacha 177,1 mln. so‘mni tashkil etgan. 
zaytun qalamchalariga ekishdan oldin o‘sishni boshqaruvchi modda (IMK) bilan ishlov berishning ko‘chatlarni ildiz otish sifati, o‘sishi va rivojlanishiga ta’siri bo‘yicha ishlanmasi Andijon viloyatidagi Xalqaro Bobur Xayriya fondi qoshida «Subtropik ekinlar Ilmiy markazida» 0,1 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 18 fevraldagi, 02/030-99-son ma’lumotnomasi). Natijada 58631 donagacha yuqori sifatli ko‘chat etishtirishga erishilgan va iqtisodiy samaradorlik o‘rtacha 164,1 mln. so‘mni tashkil etgan;
zaytunning «Izumrud» va «Qorako‘z» navlari yaratilib, Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash Markaziga topshirilgan (Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash Davlat komissiyasining 2015 yil 6-sentyabrdagi 53/4-403-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur navlar Andijon viloyatining nav sinash stansiyalarida Davlat nav sinovidan o‘tkazilib, 2015 yildan O‘zbekiston hududida ekishga tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari Davlat reestriga kiritilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish