Mirzasoliev Mirzaosimjon Mirzasoypovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Piyozni (Allium cepa L.) ko‘chatidan takroriy ekin sifatida etishtirish texnologiyasi elementlarini ishlab chiqish”, 06.01.06 – Sabzavotchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Qx229.
Ilmiy rahbar: Asatov Shuxrat Ismatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/28.08.2020.Qx.13.03.
Rasmiy opponentlar: Ostanaqulov Toshtemir Eshimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Raxmatov Anvar Mamatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi takroriy ekin sifatida piyozni ko‘chatidan etishtirishga mos yuqori hosilli nav va duragaylarni ajratish, shuningdek ko‘chat yoshi, ekish muddati, sxemasi va oziqlanish maydonini, ko‘chat ildiz tizimi hamda bargini uchdan bir qismini chilpib ekishning maqsadga muvofiqligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekiston iqlim sharoitida piyozni ko‘chatidan takroriy ekin sifatida etishtirishga yaroqli bo‘lgan 10 ta nav va duragaylari biologik va xo‘jalik belgilari bo‘yicha ajratilgan;
piyozning “Istiqbol” tipidagi nav va duragaylari uchun eng samarali uch qatorli lentasimon ekish sxemasi aniqlangan;
takroriy ekinda piyoz niholi bargining qismini chilpib ekish ko‘chatni yashovchanligi va hosildorligi o‘rtasidagi ijobiy korrelyasion bog‘liqlikni oshirishi aniqlangan;
piyozni ko‘chatidan takroriy ekin sifatida etishtirishga maqbul ekish muddati va ko‘chat yoshi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
takroriy ekinda piyozni ko‘chatidan etishtirish texnologiyasining asosiy elementlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun «Piyozni takroriy ekin sifatida ko‘chatidan etishtirish texnologiyasi» nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 11 dekabrdagi 02/030-4165 son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma fermer xo‘jaliklarida piyozni ko‘chatidan takroriy ekin sifatida etishtirishda amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
piyozni takroriy ekin sifatida ko‘chatidan etishtirishga mos navlarni ajratish ishlanmasi Toshkent viloyati Toshkent tumani «Abdiraxim xoji» fermer xo‘jaligida 2,3 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 11 dekabrdagi 02/030-4165 son ma’lumotnomasi). Buning natijasida an’anaviy navlarga nisbatan Daytona F1, Banko F1 duragaylari hamda “Istiqbol” navida 14% ko‘proq hosil olishga erishilib, iqtisodiy samaradorlik 195 foizni tashkil etgan;
piyozni takroriy ekin sifatida ko‘chatidan etishtirishda maqbul ekish sxemasini aniqlash ishlanmasi Andijon viloyati Buloqboshi tumani «Mirzasoip Mirzasoli» fermer xo‘jaligida 3,5 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 11 dekabrdagi 02/030-4165 son ma’lumotnomasi). Buning natijasida an’anaviy ekish sxeamsiga nisbatan uch qatorli sm lentasimon ekish sxemasida hosildorlik 13% foizga ortib, iqtisodiy samaradorlik 261 foizni tashkil etgan;
piyozni takroriy ekin sifatida ko‘chatidan etishtirishda 45 kunlik ko‘chat bargining qismini kesib ekishning hosildorlikka ta’siri ishlanmasi Andijon viloyati Asaka tumani «Sabzavotlar elitasi» fermer xo‘jaligida 16 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 11 dekabrdagi 02/030-4165-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida oddiy usulda ekishga nisbatan hosildorlik 11% ortib, iqtisodiy samaradorlik 188 foizni tashkil etgan;
piyozni takroriy ekin sifatida ko‘chatidan etishtirishning maqbul muddati va ko‘chat yoshini belgilash ishlanmasi Samarqand viloyati Urgut tumani «Karimov Rahmon diyori» fermer xo‘jaligida 4 gektar, Tayloq tumani «Elbek-Shukrona» fermer xo‘jaligida 22 gektar, Toshkent viloyati Qibray tumani «Zafarobod agro produkt» fermer xo‘jaligida 3 gektar, jami 29 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 11 dekabrdagi 02/030-4165-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida an’anaviy muddatda etishtirishga nisbatan hosildorlik 12–13% ortib, iqtisodiy samaradorlik 241% foizni tashkil etgan.