Amirov Xamidulla Suyunovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zarafshon vodiysi yangidan sug‘oriladigan erlarida qovun navlarini o‘stirish texnologiyasini takomillashtirish”, 06.01.06 − Sabzavotchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Qx518.
Ilmiy rahbar: Ostonaqulov Toshtemir Eshimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/28.08.2020.Qx.13.03.
Rasmiy opponentlar: Dusmuratova Saodat Ismailovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Xakimov Rafiqjon Abdunabievich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti qoshidagi Qovunchilik bo‘limi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Zarafshon vodiysining yangidan sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida qovunning tezpishar, o‘rtatezpishar hamda o‘rtapishar navlarining urug‘larini ekisholdi tayyorlash va turli muddatlarda o‘stirishning o‘simlik o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi hamda meva sifatiga ta’sirini aniqlash, yuqori sifatli va arzon hosilni ta’minlovchi takomillashgan texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Zarafshon vodiysining yangidan sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida qovunning tezpishar, o‘rtatezpishar hamda o‘rtapishar yozgi eti yumshoq va qattiq navlari urug‘larini ekisholdi tayyorlashning qulay usuli va maqbul muddatlarda o‘stirish orqali yuqori sifatli va arzon hosilni ta’minlovchi agrotexnologiyalari takomillashtirilgan;
qovunning yozgi navlari urug‘ini o‘stiruvchi va fiziologik faol moddalarda ekisholdi ishlashning dala unuvchanlik, o‘simlik o‘sishi, rivojlanishi, tupning shakllanishi, hosildorligi hamda hosil sifatiga ta’siri aniqlangan;
qovunning yozgi eti yumshoq va qattiq navlarini turli muddatlarda ekib, o‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi, er ustki va ostki qismlari hamda mahsuldorligi va hosildorligiga ta’siri aniqlangan;
qovun navlari urug‘larini o‘stiruvchi moddalarda ishlash va turli muddatlarda o‘stirib olingan hosilni oftobda quritish orqali mahsulot chiqimi, biokimyoviy tarkibi hamda degustatsion bahosi aniqlangan;
qovunning yozgi navlari urug‘ini ekisholdi o‘stiruvchi moddalarda ishlashning qulay usuli va maqbul muddatlarda o‘stirishning iqtisodiy samaradorligi hisoblangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qovun yozgi eti yumshoq va qattiq tezpishar, o‘rtatezpishar hamda o‘rtapishar navlarining urug‘ini turli ekisholdi tayyorlash usullari va ekish muddatlarida o‘rganib, yuqori, barqaror sifatli va arzon hosilni ta’minlovchi texnologiyasini yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Samarqand viloyati fermer xo‘jaliklari uchun «Qovun yozgi navlar agrotexnologiyasida urug‘ni ekisholdi maqbul o‘stiruvchi moddalarda ishlash va qulay ekish muddatlarini belgilashga oid tavsiyalar» nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 30 dekabrdagi №02/029-4517-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma bugungi kunda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari uchun yuqori hosil olishda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida qovun navlarining urug‘ini ekisholdi o‘stiruvchi stimulyator va mikroelementlar (10 litr suvga 0,2 g qahrabo kislotasi va 2,0 g mis kuporosi) eritmasida 12 soat davomida ishlanib, 10-20 aprelda belgilangan tartibda ekish ishlanmasi Nurobod tumanining «Ishonch» fermer xo‘jaligida – 9,6 ga, Kattaqo‘rg‘on tumanining «Farovon kuz» fermer xo‘jaligida – 6,0 ga, «Serhosil chanoq baraka» fermer xo‘jaligida – 8,0 ga, jami 23,6 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 30 dekabrdagi №02/029-4517-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida gektaridan 25,2-34,5 tonna tovar hosildorlik ta’minlanib, iqtisodiy samaradorlik 96,7% ni tashkil etgan;
qovun yozgi navlarining urug‘ini ekisholdi tayyorlashning qulay texnologiyasi va maqbul ekish muddatlari Nurobod tumanining «Ishonch» fermer xo‘jaligida – 9,6 ga, Kattaqo‘rg‘on tumanining «Farovon kuz» fermer xo‘jaligida – 6,0 ga, «Serhosil chanoq baraka» fermer xo‘jaligida – 8,0 ga, jami 23,6 gektar maydonda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 30 dekabrdagi №02/029-4517-son ma’lumotnomasi). Natijada har gektaridan 11,4-17,9 mln so‘mgacha sof daromad va 168,5-255,6% rentabellik darajasi yoki 5,1-7,2 mln. so‘m qo‘shimcha sof daromad hamda 80,8-94,2% rentabellikka erishilgan.