Djabborov Rustamjon Madievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alisher Navoiy “Oqqo‘yunli muxlislar devoni va uning davr adabiy muhitida tutgan o‘rni”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil.1102.
Ilmiy rahbar: Erkinov Aftondil Sadirxanovich, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: G‘afforov Nodir Nasrievich, filologiya fanlari doktori; Yusupova Dilnavoz Farmonovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Alisher Navoiy ijodiga qiziqishning hududiy kengligi, shoir ijodining o‘z davrida davlatlararo siyosiy-ijtimoiy munosabatlardagi o‘rni va ahamiyatini yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Oqqo‘yunli muxlislar devoni” tarkibi, janrlar, g‘azallar xronologiyasi, boshqa devonlardagi o‘rni, mazmuni tasnif va tahlil qilindi, ayrim g‘azallarining yoshi, yaratilish vaqti aniqlangan;
“Oqqo‘yunli muxlislar devoni” matnini to‘liq tahlil qilish va til xususiyatlari qiyosiy tekshirish natijasida devonning yaratilish tarixi bilan bevosita aloqador shaxslar biografiyasi asoslangan;
devonni boshqa devonlar matni bilan qiyoslash natijasida ko‘plab yangi baytlar topilgan va bitta yangi g‘azali aniqlangan;
Oqqo‘yunlilar saroyidagi adabiy muhitning rivojida Hirotning adabiy markaz sifatidagi mavqei yoritish orqali Navoiyning oqqo‘yunlilar davri adabiyotiga ta’siriga doir yangicha qarashlar dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Alisher Navoiy “Oqqo‘yunli muxlislar devoni va uning davr adabiy muhitida tutgan o‘rni bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
Alisher Navoiy lirikasi va davr adabiy muhitini o‘rganishga doir ilmiy-nazariy natijalaridan OT-F8-027 raqamli “Qo‘lyozma manbalarning milliy ma’naviy va adabiy meros targ‘ibotidagi ahamiyati” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 1 fevraldagi 89-03-419-son ma’lumotnomasi). Natijada talaba-yoshlar Alisher Navoiyning oqqo‘yunlilar davri adabiyotiga ta’siriga doir yangi ma’lumotlarga ega bo‘lishgan;
Oqqo‘yunlilar saroyidagi adabiy muhitga doir xulosalardan 5.1.17 raqamli “Sharq mumtoz adabiyotida komil inson konsepsiyasi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 1 fevraldagi 89-03-419-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijasida Alisher Navoiy ijodining o‘z davrida davlatlararo siyosiy-ijtimoiy munosabatlardagi o‘rni va ahamiyatiga doir ma’lumotlar takomilshtirilgan;
Alisher Navoiy hayoti va ijodi, asarlarining xorijdagi manbalari kabi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” va “UzReport-TV” kanalining “Bitmas xazina” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DUKning 2019 yil 19 oktyabrdagi 02-40-2396 raqamli va “UzReport” axborot agentligining 2020 yil 7 fevraldagi 30-sonli ma’lumotnomalari) Tadqiqotdagi Alisher Navoiy hayoti va ijodiga doir ma’lumotlar ko‘rsatuvlar mazmun-mohiyatini boyitishga xizmat qilgan;
Tadqiqotda keltirilgan xulosalardan “Darakchi” gazetasining “Moziy” ruknidagi maqolalarda foydalanilgan (“Darakchi Inform Servis” MChJning 2020 yil 2 sentyabrdagi №D-157-con ma’lumotnomasi). “O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida” turkumidan chop etilayotgan kitob-al`bomlar, xususan, 2017 yilda nashrdan chiqqan “O‘zbekiston madaniy merosi: Rossiya Fanlar akademiyasi Sharq qo‘lyozmalari instituti to‘plami” jildida mazkur tadqiqot ilmiy natijalaridan foydalanilgan (“Zamon-Press-Info nashriyot uyi” MChJning 2020 yil 16-sentyabrdagi 18-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu manbalar muhim ma’lumot bilan boyitilgan.