Aslanova Hafiza Abduraximovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gadoiy she’riyatida badiiy mahorat va uslub masalalarining tadqiqi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/519.
Ilmiy rahbar: Muhiddinov Muslihiddin Qutbiddinovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Erkinov Aftondil Sadirxanovich, filologiya fanlari doktori; Sulaymonov Mo‘minjon Yusubjonovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Gadoiy ijodining turkiy-o‘zbek mumtoz  adabiyoti taraqqiyotida tutgan o‘rnini belgilash, shoirning turkiy adabiyot lirik janrlari taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini aniqlash, Gadoiy lirik devonining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarini yangicha tahlil metodlari asosida o‘rganish, shoir she’riyati poetik olamini badiiy mahorat va uslub jihatdan ilmiy tadqiq etib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Alisher Navoiygacha bo‘lgan davr turkiy-o‘zbek adabiyoti taraqqiyoti va janrlar takomilida Mavlono Gadoiy ijodining o‘rni ochib berilgan; 
jahon va o‘zbek adabiyotshunosligida Gadoiy hayoti va ijodiga doir  faktik ma’lumotlar tahlili orqali shoir badiiy mahorati, unda mumtoz an’analarning yangicha talqini, davr adabiy jarayoni bilan mushtarakligi va uslub poetikasi asoslangan;
davr she’riyatida devon tartib berish an’anasi va unda shoir devonining o‘rni, Mavlono Gadoiy lirik devonining kompozision, janriy va g‘oyaviy-badiiy jihatlari aniqlangan;
Mavlono Gadoiy ijodida irfoniy-falsafiy qarashlar va badiiy-estetik talqinlar yosh avlodning ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishi asarlari tahlili jarayonida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mavlono Gadoiy hayoti va adabiy merosini ilmiy tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Dissertatsiya manbalari, matnlari, qo‘lyozma nusxalari tadqiqotlarini amalga oshirish tajribalaridan F1-FA-055746 raqamli «Markaziy Osiyo xalqlari qo‘zyozma yodgorliklarini tadqiq etish. O‘zbekiston shoir va yozuvchilari arxivini ilmiy tavsifi va nashr qilish» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 11 avgustdagi 89-03-2808-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning Mavlono Gadoiy ijodi bo‘yicha bilimlari takomillashishiga xizmat qilgan; 
XV asr birinchi yarmidagi o‘zbek she’riyatining poetik xususiyatlari, Gadoiyning   891 inventar` raqamli qo‘lyozma devoni janrlar poetikasi, shuningdek, shoirning obraz yaratish mahoratiga oid xulosalardan OF-F8-027 raqamli «Qo‘lyozma manbalarning milliy ma’naviy va adabiy meros targ‘ibotidagi ahamiyati» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 7 noyabrdagi 89-03-4327-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek adabiyotshunosligida Gadoiy hayoti va ijodiga doir ma’lumotlarga niqlik kiritilgan; 
Gadoiy she’riyatida vazn va qofiya poetikasi hamda umuman shoir lirik merosining mavzu ko‘lamini tadqiq etish borasida olingan ilmiy natijalardan 5.1.17 raqamli «Sharq mumtoz adabiyotida komil inson konsepsiyasi» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 7 noyabrdagi 89-03-4327-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar Gadoiy merosining amaliy ahamiyati va poetikasining asosiy badiiy-estetik xususiyatlarini ta’riflab berishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limida tashkil etilgan «Sadoqat» ijodiy to‘garagi va adabiy kechalarda ushbu tadqiqotning XV asr turkiy she’riyatining o‘ziga xosliklari, Gadoiy ijodiy merosi va g‘azal janri, shoirning individual uslubini ko‘rsatib berish bo‘yicha xulosalaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 01-03-11/991-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi yosh shoir va shoiralarga mumtoz adabiyot namoyandalarining hayoti va merosini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etgan;
XV asr turkiy she’riyat poetikasi va Gadoiy ijodining o‘ziga xos jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanali «Bedorlik», «Ijod zavqi», «Ta’lim va taraqqiyot» eshittirishlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanalining 2018 yil 10 oktyabrdagi O’z/k-s-168-son ma’lumotnomasi). Ushbu eshittirishlarni tayyorlashda 2016-2018 yillarda  Gadoiy merosining 237 g‘azal, tuyuq, mustahzod va qasidalarining g‘oyaviy-badiiy olami ommalashtirishda foydalanilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish