Xashimova Nigora Rustamovnaning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «G‘o‘zaning fitopatogenlarga qarshi chidamlilik mexanizmining shakllanishi va uni tabiiy birikmalar asosida boshqarish», 02.00.10–Bioorganik kimyo (biologiya fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /biologiya fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: : 30.09.2014/B2014.3-4.V3.
Ilmiy maslahatchi: Axunov Ali Axunovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, 14.07.2016.K/V/T.13.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Tilyabaev Zaitjon, biologiya fanlari doktori, professor; Turdikulova Shaxloxon Utkurovna, biologiya fanlari doktori, dotsent; Seomashko Natal`ya Evgen`evna, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Mikrobiologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: g‘o‘zada himoya jarayonlari shakllanishining biokimyoviy mexanizmlarini aniqlash, seleksiya materialining fitopatogenlarga nisbatan chidamliligini baholovchi test-tizimini yaratish, glisirrizin kislotasi preparatlari asosida muhitning biotik omillariga nisbatan g‘o‘zaning chidamliligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
V.dahliae, F.oxysporum zamburug‘lari ta’siri ostida chidamli va chidamsiz g‘o‘za navlarining fitopatogenlar bilan zararlangan joylarida kislorodning faol shakllari va oksidlovchi stressning lokal zonasini yuzaga keltiruvchi anion peroksidaza, polifenoloksidaza va fenilalanin ammiak-liaza ishtirokidagi birlamchi himoya reaksiyalarining shakllanish mexanizmi asoslab berilgan;
ilk bor g‘o‘zaning rezistentlik darajasini prognozlashga imkon beruvchi immun-fermentli tahlil asosida g‘o‘zaning zamburug‘li kasalliklarga chidamliligini baholash test-tizimi ishlab chiqilgan;
g‘o‘za etishtirish amaliyotida muhitning biotik va abiotik omillariga chidamlilikni oshiruvchi DAG-1 va DAG-2 preparatlarini qo‘llash asosida tabiiy asosga ega preparatlardan nospesifik chidamlilik induktorlari sifatida foydalanishning mutlaqo yangi konsepsiyasi ishlab chiqilgan;
DAG-1 preparati tarkibidagi salisil kislotaning g‘o‘zada fitopatogenlarga nisbatan chidamliligini boshqaruvchi asosiy xususiyati aniqlangan, g‘o‘zada indusirlangan sistemik chidamlilik shakllanishida salisil kislotaning signal molekulasi sifatida ishtirok etishi isbotlangan;
preparatlarning tabiiy fitogormonlar ta’siriga mos keluvchi kichik 10-7 M konsentratsiyada ekish oldidan chigitlarga ishlov berish g‘o‘za o‘simligini o‘sish va rivojlanishini stimullovchi va himoyani prolongirlovchi ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
G‘o‘zaning turli navlarida fitoimmunitet fermentlarini fizik-kimyoviy, biologik xossalarini o‘rganish hamda fitopatogenlarga qarshi chidamlilikni indusirlovchi glisirrizinatlarning ta’sir mexanizmini aniqlash asosida:
g‘o‘zaning xitin-maxsus peroksidazalari gomogen holda ajratib olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti (31.12.2012 y., №IAP 04619) olingan. Ilmiy tadqiqot natijasida immunofement tahlil usuli bilan g‘o‘zaning viltga chidamliligini baholash test-tizimi yaratilgan;
g‘o‘za navlarining viltga chidamliligini baholash test-tizimiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti (27.02.2015, №IAP 05005) olingan. Ilmiy tadqiqot natijasida olingan test-tizimi aprobatsiyadan o‘tkazilgan va g‘o‘zaning turli navlari va tizmalarini viltga chidamliligini aniqlash imkonini bergan;
mahalliy xomashyodan olingan glisirrizin kislotaning salisil kislotasi bilan supramolekulyar kompleksi va glisirrizin kislotaning monoammoniyli tuzining induktorlar sifatida qo‘llanilish texnologiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti (30.10.2015 y., №IAP 05090) olingan. Ilmiy tadqiqot natijasida DAG-1 i DAG-2 preparatlarining past konsentratsiyasi (10-7 M) g‘o‘zani fiotopatogenlarga nisbatan chidamliligini oshiruvchi va fitoimmunitetning asosiy fermentlariga prolongirlovchi xususiyatining ta’sir mexanizmini isbotlashga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi o‘simliklarni muhofaza qilish va kimyolashtirish vositalari bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan DAG-1 va DAG-2 preparatlari ro‘yxatga olingan va guvohnomalar olingan (23.01.2015 y., №1A 946 va 09.02.2016 y., №1A 1156). Ilmiy tadqiqot natijasida DAG-1 va DAG-2 preparatlarini chigitlarga ekish oldidan ishlov berishda foydalanilgan.