Abduxamidov Muxammadjon Abduxalim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qur’on va hadislarda ekstremizmga raddiyalar”, 24.00.02 – Qur’onshunoslik. Hadisshunoslik (islomshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Isl.3.
Ilmiy rahbar: Munavvarov Zoxidillo Inomxodjaevich, siyosiy fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Rajabova Mavjuda Abdullaevna, yuridik fanlar doktori, professor, Zakurlaev Abdumutal Karimovich tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yangi davr talablaridan kelib chiqib, ekstremizm mohiyati va g‘oyalariga qarshi Qur’on va hadislarda raddiyalarni ko‘rsatib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«Jihod» so‘zining evolyusiyasi natijasida bu atama «dushmanga qarshi jon-jahdi bilan jang qilish» degan ma’noni kasb etgani, bu ayniqsa radikal fikrlovchi ijtimoiy guruhlar orasida anchagina keng ommalashib, ayrimlar «jihod» deganda faqat qurolli kurashni tushuna boshlagani, aslida ushbu tushuncha lug‘atda faqat urush ma’nosini emas, balki inson tomonidan o‘zidagi bor imkoniyatni ishga solishni anglatishi, «urush» tushunchasi esa arab tilida «qitol», «harb», «g‘azot» kabi so‘zlar bilan ifoda etilishi ochib berilgan;
har bir masala yuzasidan kelgan dalil va naqllar jamlanib, umumlashtirilgach, undan keyingina hukm olinishi shariat talabi sanalishi, aksincha, ma’lum bir hadis yoki oyat asosida hukm chiqarish buzg‘unchi toifalarning maqsadi ekani, jumladan, «Odamlar «La ilaha illalloh» demagunlaricha urushishga buyurildim», deb boshlangan hadisning o‘zidan jihodning barchaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri farz qilingani haqida xulosa chiqarish o‘rinsiz va asossiz ekani 128 ta oyat hamda 151 ta hadis bilan dalillangan;
رهب rahaba so‘zi arab tilidan tarjima qilinganida «xavfsiramoq, cho‘chimoq, hayiqmoq» ma’nolarini anglatishi, so‘zning ikkinchi o‘zagiga tashdid qo‘yib, رهّب rahhaba deb o‘qilsa, «qo‘rqitmoq, kimnidir qo‘rqitdi, cho‘chitdi, dahshatga soldi» ma’nolarini berishi, ٲرهب arhaba deb o‘qilganda esa «qo‘rqitmoq, qo‘rqitib yubormoq, jabr o‘tkazmoq, jismoniy zo‘rlik qilmoq, terror qilmoq, o‘z hukmini qo‘rqitib o‘tkazmoq, qattiq qo‘rqmoq» kabi ma’nolarni ifodalashi, ترهب tarahhaba so‘zi esa «do‘q (po‘pisa) qilmoq, tahdid qilmoq, xavf tug‘dirmoq, qo‘rqitmoq, rohib bo‘lmoq» ma’nolarini ifodalashi hamda ular musulmon bo‘lmaganlar uchun qo‘llanishi asoslangan;
takfirchilarning ilk islom davridagi xorijiy va mu’taziliylarga taqlid qilgan holda davlat rahbarlari hamda islom arkonlarini to‘liq bajarmagan musulmonlarni kofirga chiqarish uchun «Moida» surasining 44-47-oyatlarini dalil qilishi e’tiqodiy nuqtai nazardan asossiz ekani, shuningdek, mazkur oyatlar musulmonlarga emas, balki nomusulmonlarga yo‘llangani va ularni ogohlantirish uchun nozil qilingani e’tiborli mufassirlarning yakdil fikri ekani isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Qur’on va hadislardagi ekstremizmga qarshi raddiyalarni o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
«Jihod» so‘zining evolyusiyasi natijasida bu atama «dushmanga qarshi jon-jahdi bilan jang qilish» degan ma’noni kasb etgani, bu ayniqsa radikal fikrlovchi ijtimoiy guruhlar orasida anchagina keng ommalashib, ayrimlar «jihod» deganda faqat qurolli kurashni tushuna boshlagani, aslida ushbu tushuncha lug‘atda faqat urush ma’nosini emas, balki inson tomonidan o‘zidagi bor imkoniyatni ishga solishni anglatishi, «urush» tushunchasi esa arab tilida «qitol», «harb», «g‘azot» kabi so‘zlar bilan ifoda etilishi ochib berilganiga oid ilmiy xulosalari O‘zbekiston musulmonlari idorasining qo‘llanma va kitobloari, «Hidoyat» jurnali hamda davriy nashrlari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2020 yil 8 iyundagi 1286-son ma’lumotnomasi). Natijada bu sohada yangicha qarashlar bayon qilish, xalqqa sof islom ma’rifatini etkazish, hamda jamiyat orasida diniy bag‘rikenglik muhitini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etgan;
har bir masala yuzasidan kelgan dalil va naqllar jamlanib, umumlashtirilgach, undan keyingina hukm olinishi shariat talabi sanalishi, aksincha, ma’lum bir hadis yoki oyat asosida hukm chiqarish buzg‘unchi toifalarning odatlari ekani, jumladan, «Odamlar «La ilaha illalloh» demagunlaricha urushishga buyurildim», deb boshlangan hadisning o‘zidan jihodning barchaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri farz qilingani haqida xulosa chiqarish o‘rinsiz va asossiz ekani 128 ta oyat hamda 153 ta hadis bilan dalillanganiga oid taklif va tavsiyalardan Farg‘ona davlat universitetida bajarilishi 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan OT-F-1-100 raqamli «Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy-madaniy faoliyatining badiiy-ijodiyot vositalari asosida nazariy va amaliy takomillashuvi» mavzusidagi loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 16 iyundagi 89-03-2087-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur tadqiqot ishi imkoniyati cheklangan yoshlarni yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishini oldini olishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
رهب rahaba so‘zi arab tilidan tarjima qilinganida «xavfsiramoq, cho‘chimoq, hayiqmoq» ma’nolarini anglatishi, so‘zning ikkinchi o‘zagiga tashdid qo‘yib, رهّب rahhaba deb o‘qilsa, «qo‘rqitmoq, kimnidir qo‘rqitdi, cho‘chitdi, dahshatga soldi» ma’nolarini berishi, ٲرهب arhaba deb o‘qilganda esa «qo‘rqitmoq, qo‘rqitib yubormoq, jabr o‘tkazmoq, jismoniy zo‘rlik qilmoq, terror qilmoq, o‘z hukmini qo‘rqitib o‘tkazmoq, qattiq qo‘rqmoq» kabi ma’nolarni ifodalashi, ترهب tarahhaba so‘zi esa «do‘q (po‘pisa) qilmoq, tahdid qilmoq, xavf tug‘dirmoq, qo‘rqitmoq, rohib bo‘lmoq» ma’nolarini ifodalashi hamda ular musulmon bo‘lmaganlar uchun qo‘llanishi asoslangani bo‘yicha yangiliklar mohiyati buyukrtma asosida “O‘zbekiston falsafasi tarixi” kitobiga singdirilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 17 iyundagi 02/07-569-son ma’lumotnomasi). Natijada aholi orasida fuqarolik pozisiyasini shakllantirishning g‘oyaviy-mafkuraviy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari natijadorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
takfirchilarning ilk islom davridagi xorijiy va mu’taziliylarga taqlid qilgan holda davlat rahbarlarini hamda islom arkonlarini to‘liq bajarmagan musulmonlarni kofirga chiqarish uchun «Moida» surasining 44-47-oyatlarini dalil qilishi e’tiqodiy nuqtai nazardan asossiz ekani, shuningdek, mazkur oyatlar musulmonlarga emas, balki nomusulmonlarga yo‘llangani va ularni ogohlantirish uchun nozil qilingani e’tiborli mufassirlarning yakdil fikri ekani isbotlanganiga oid natijalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O’zbekiston tarixi» telekanalining «Taqdimot» ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2019 yil 24 dekabrdagi 02-40-2706-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlar mazmun-mohiyatini yanada keng ochib berishda, xalqqa sof islom ma’rifatini etkazishda, jamiyat orasida diniy bag‘rikenglik muhitini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish