Ashirov Baxtiyor Muradilloevichning
doktorlik dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qizil cho‘l va angler zotlarining genotipiga ega sigirlarning konstitusiya tiplari va paratipik omillarga bog‘liqlikda mahsuldorligini oshirish», 06.02.01–Qishloq xo‘jalik hayvonlarini urchitish, ko‘paytirish, seleksiyasi va genetikasi. Ipakchilik, Qorako‘lchilik. (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /LA 0000633/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.Qx141.
Ilmiy maslahatchi: Maqsudov Ilhom Maqsudovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti va Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti, 14.07.2016.Qx/V.25.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupov Suratbek Yunusovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Azimov Sayfitdin Gulomovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Umarov Shavkat Ramozonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qizil cho‘l zotli qoramollarni angler zoti bilan juftlashdan olingan sigirlarning konstitusiya tiplarining va genotipining hamda paratipik omillarning asosiy seleksiya belgilariga va seleksiya-genetik ko‘rsatkichlariga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qizil cho‘l zotli sigirlarni bu zotga qarindosh angler zotli nasldor buqalar bilan chatishtirishdan olingan sigirlarning sut mahsuldorligining, ekster`er, pushtdorlik, elinining texnologik xususiyatlari hamda ularning konstitusiya tiplariga bog‘liqligi va bu xususiyatlari bo‘yicha mustahkam konstitusiyaga ega sigirlar nozik-zich konstitusiyadagi sigirlarga nisbatan yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lganligi aniqlangan;
qizil cho‘l zotli qoramollar podasida chatishtirishda angler zotli nasldor buqalardan foydalanishdan olingan ½ va ¾ genotiplardagi sigirlarning sut mahsuldorligini takomillashtirish hamda ular mutanosib rivojlangan tana tuzilishiga va ko‘krak qafasiga ega bo‘lishi isbotlangan;
sigirlarning mahsuldorlik xususiyatlari paratipik omillarga bog‘liqligi aniqlangan;
sigilarning tug‘ishini qish fasliga, servis-davrini 80 kungacha, birinchi tug‘ishdagi yoshini 27-28 oyga, sutdan chiqqandan tug‘ishgacha bo‘lgan davrni 51–70 kunga rejalashtirib borish sermahsul podalar yaratish maqsadga muvofiqligi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Qizil cho‘l va angler zotlari genotipiga ega sigirlarning konstitusiya tiplari va paratipik omillarga bog‘liqligi bo‘yicha tadqiqotlar asosida:
angler zoti bo‘yicha ½ va ¾ genotipga ega 129 bosh sigir sutbop podada Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi «Yurt rizqi-naslchilik» mas’uliyati cheklangan jamiyatining qoramolchilik naslchilik xo‘jaligida joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 08.11.2016 y., 02/12-1245-son ma’lumotnomasi). Bunda qizil cho‘l zotli qoramollar podasida chatishtirishda angler zotli nasldor buqalardan foydalanishdan olingan sigirlarning III va undan yuqori laktatsiyalarda sut miqdorini 3544,5 va 3618,5 kilogrammga ta’minlashi va bu ko‘rsatkichlar sof qizil cho‘l zotli tengqurlarnikidan 242,6 va 304,7 kg yuqori bo‘lishini hamda ularning ekster`er, elin, pushtdorlik, ozuqani sut bilan qoplash xususiyatlari yaxshilangan hamda iqtisodiy samara 238 735 va 309 035 so‘mni tashkil etgan.