Rayimbaev Djavlanbek Radjapbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Aylanuvchi neytron yulduzlarning energetik xususiyatlari», 01.03.01 – Astronomiya (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/FM156.
Ilmiy rahbar: Ahmedov Bobomurat Juraevich, fizika-matematika fanlari doktori,
professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Astronomiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Astronomiya instituti, DSc.02/30.12.2019.FM.15.01.
Rasmiy opponetlar: Abdujabbarov Axmadjon Adiljanovich, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Mujdabaev Ismet Shevketovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi magnitlangan neytron yulduzlar atrofidagi vakuum va plazma magnitosferasida sodir bo‘ladigan energetik jarayonlarining modellarini turli gravitatsiya nazariyalari doirasida rivojlantirish va ularni kuzatuvdagi astrofizik ob’ektlarga qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor fazo-vaqt deformatsiyasini inobatga olgan holda aylanuvchi magnitlangan neytron yulduz elektr va magnit maydonlari uchun Maksvell tenglamalarining aniq analitik echimlari olingan va musbat deformatsiya yulduz sirtidagi magnit maydonini kuchaytirishi ko‘rsatilgan;
musbat deformatsiyalangan kuchli magnitlangan neytron yulduzlar qutb shapkasi sohasi o‘lchami deformatsiya natijasida kamayishi va kuzatuv natijalari bilan mos ravishda neytron yulduzlarning qutbidagi jet ingichkalashishi ko‘rsatilgan;
deformatsiya parametri radio pul`sarlarning nurlanish quvvatini 109 martagacha oshirishi ko‘rsatilgan va olingan natija tez radio chaqnashlari manbai fizikasini izohlovchi model` sifatida taklif etilgan;
ilk bor neytron yulduzlar atrofidagi fazo-vaqtining musbat va manfiy deformatsiyalangan holatlarida radio pul`sarlar o‘chish chizig‘i mos holda yuqoriga va pastga siljishi ko‘rsatilgan va olingan natija qisman nurlanuvchi pul`sarlar tabiatini nazariy tushuntiruvchi fizik model` sifatida taklif etilgan;
ilk bor yakkalangan neytron yulduzlarning yuqori aniqlikdagi kuzatuv ma’lumotlari asosida turli gravitatsiya modellari parametrlariga chegaraviy qiymatlar olishning yangi uslubi ishlab chiqilgan va efirdagi Eynshteyn gravitatsiya nazariyasiga tadbiq qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Magnitlangan neytron yulduzlar atrofidagi vakuum va plazma magnitosferasida sodir bo‘ladigan energetik jarayonlarining modellarini turli gravitatsiya nazariyalari doirasida rivojlantirish va ularni kuzatuvdagi astrofizik ob’ektlarga qo‘llash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
magnitlangan aylanuvchi neytron yulduzlarning plazma magnitosferasidagi enegetik jarayonlarga deformatsiyaning ta’siriga oid olingan natijalarda taklif etilgan tez radio chaqnashlari manbai fizikasini izlohlovchi model` Kaliforniya davlat universitetida tadbiq etilgan (Kaliforniya davlat universitetining (AQSh) 2020 yil 27 iyuldagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar qo‘llanilishi pul`sarlar kuzatuv ma’lumotlari asosida o‘zgartirilgan gravitatsiya nazariyalari parametrlariga chegaraviy qiymatlar olish imkonini bergan;
qisman nurlanuvchi pul`sarlar tabiatini nazariy tushuntiruvchi fizik modellariga Opavadagi Sileziya universiteti, Chexiya Fanlar jamg‘armasining Al`bert Eynshteyn gravitatsiya va astrofizika markazi tadqiqotchilari tomonidan neytron yulduzlar atrofida dinamik jarayonlarga qo‘llanilgan (Opavadagi Sileziya universiteti 2020 yil 29 iyundagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar qo‘llanilishi muqobil gravitatsiya nazariyalarini tekshirish imkonini bergan;
deformatsiyalangan neytron yulduzlar elektromagnit maydonlari va ular atrofidagi plazma magnitosferasidagi energetik jarayonlar bir qator mualliflar tomonidan astrofizik xodisalariga joriy etilgan (Journal of Plasma Physics (Vol.82,635820502,2016), Astrophysics and Space Science (Vol. 361, 112, 2016), Physical Review D (Vol. 98, 024022, 2018; Vol. 97, 124005, 2018; Vol. 99, 104009, 2019), Progress of Physics (Vol.67, 1900077, 2019)). Olingan natijalar neytron yulduzlarning plazma magnitosferasidagi kuchli gravitatsiya rejimida astrofizik jarayonlarni tahlil qilish imkonini bergan.